Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Harajat – daromad – foyda grafigi



Download 6,65 Mb.
bet25/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Harajat – daromad – foyda grafigi

6. Mehnat muhofazasini boshqarish va ta’minlashga qaratilgan tadbirlar majmuasini texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik samaradorligi qanday baholanadi?


7. Mehnat muhofazasi bilan bog`liq iqtisodiy zararini asoslash usullarini izohlab bering.
Bob bo`yicha nazorat savollari
1. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni ayting?
2. Xavf nima uning turlarini ayting?
3. Faoliyat xafvsizligini ta’minlash tamoyillari ва uslublarini ayting?
4. Texnosferada xavfsizlikni ta’minlash vositalarini tushuntiring?
5. “Inson-muhit” tizimida inson omilining o`rni qanday?
6. Ergonomika nima?
7. Xavfsizlik psixologiyasiga nimalar kiradi?
8. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari qanday?
II BOB. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI.
2.1. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.

Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo`lishidan qat'i nazar, o`zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya'ni Konstitusiyasi bo`lishi zarur. Bu Konstitusiya avvalo inson huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O`zbekistonlik har bir fuqaro erkin holda mehnat qilish huquqiga ega. Mehnat qilish huquqi xalq xo`jaligini demokratik asosda tashkil qilish bilan ta’minlanadi. Fuqarolarga ularning millati, irqidan qat’i nazar mehnat qilish sohasida teng huquq beriladi. Konstitutsiyada O`zbekiston Respublikasida ayollarga mehnat qilish, mehnatga haq olish, ijtimoiy ta’minot borasida erkaklar bilan teng huquq berilgan. Bu Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 36-moddada «har bir shaxs qonunda ko`rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog`ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deb qo`yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo`lib xizmat qiladigan «barcha fuqarolar ish bilan ta'minlanadi» degan jumladan tubdan farq qilishi ko`rinib turibdi.
Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to`lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi», deyilgan jumla ham birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'minlash mana shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan.
38-Moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas» deyilgan.
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal qilingani bilan uning miqdori hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qo`shimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli miqdorda belgilanishi, albatta, keyingi nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini oshirish imkoniyatini beradi.
39-Moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan.
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi, deyilgan edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir belgilangan moddada tibbiyot xizmati bo`yicha hech bir cheklanishlar yo`q, bunda turli-tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o`z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo`lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(qisqacha Mehnat vazirligi) mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunchiligi mehnat sharoitlarining yuqori darajasini, ishchi va xizmatchilarning mehnat huquqlarini har tomonlama muhofaza qilishni belgilaydi.
Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha mehnat qonunchiligi - O`zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi Qonunida va Mehnat Kodeksida mujassamlashtirilgan huquqiy me’yorlar, hayot faoliyati xavfsizligi, ayollar mehnati, yoshlar mehnatini muhofaza qilish, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida nazorat qilishni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi Qonuni (1993 yil 6 may, 29 modda) yangi tahrirda 2016 yil 22 senryabrda qabul qilindi va 36 moddadan iborat qonunlar majmidir .
O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 1995 yilning 21 dekabr kuni tasdiqlanib, 1996 yilning 1 aprelidan boshlab amalda foydalanib kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarga nisbatan qo`llanilishi ko`rsatib o`tilgan.
Mehnat kodeksining 1-moddasi - «Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ (me’yoriy) hujjatlar» ga binoan:
O`zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu kodeks, O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o`z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir, deb ko`rsatiladi.
Kodeksning XIII bobi Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida bo`lib, bunda mehnatni muhofaza qilish talablari, mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi, tibbiy ko`rik, Hayot faoliyati xavfsizligiga ajratiladigan mablag`lar to`g`risida qonunlar kabilar ko`rsatilgan.
Agar xavfsiz, sog`lom mehnat sharoitlari ta’minlanmasa, birorta korxona, sex, butun ishlab chiqarish qabul qilinmaydi va foydalanishga topshirilmaydi.
Texnika va yong`in xavfsizligi borasidagi davlat siyosatida korxona va tashkilotlarning ma’muriyati barcha ish o`rinlarini kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlashi, bu o`rinlarda Hayot faoliyati xavfsizligining qoida va standartlariga mos keluvchi mehnat sharoitlarini yaratishi shart. Bunday qoida va standartlarni Respublika standartlashtirish idoralari, Vazirliklar, Davlat nazorat organlari, Markaziy Kasaba Uyushma qo`mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.



Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish