Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Ish joylari o`rtacha yillik sonini aniqlash va hisobga olish tartibi



Download 6,65 Mb.
bet23/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Ish joylari o`rtacha yillik sonini aniqlash va hisobga olish tartibi
Keltirilgan ish joylari haqidagi tushincha, ishlab chiqilgan klassifikatsiya belgilari va ish joylari borligini aniqlash usullari ularni brigada, uchastka, ishlab chiqarish korxonasi va birlashma yoki tashkilotlarda hisobga olish imkoniyatini yaratadi.
Ish joylarini hisobga olish bo`yicha mashinasozlik korxonalarida olib borilgan amaliy ishlarning ko`rsatishicha (mashinasozlik korxonalarida bu to`g`rida katta tajriba ko`rilgan), ish joylarini hisobga olish, odatda NOT laboratoriyasi xodimlari tomonidan yoki mehnat bo`limi xodimlari sex va uchastka ishni tashkil qilish va me`yorlash mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Bu ishni amalga oshirish javobgarligi mehnat bo`limi boshlig`i zimmasida bo`ladi. Ish joylarini hisobga olish ishlarini bajarish uchun buyruq chiqariladi, unda uning muddatlari, bajaruvchi mutasaddilar, korxona komissiyasi tarkibi va ishchi guruhlar belgilanadi.
Ish joylarini hisobga olishga tayyorgarlik jarayonida asosiy, me`yoriy va uslubiy materiallar o`rganiladi, har xil turdagi ish joylarini aniqlovchi tavsiyalar tayyorlanadi.
Sanoat korxonalarida ish joylarini hisobga olish uchun birlamchi hujjat maxsus hisobga olish kartasi yoki varaqa bo`lib, uning tuzilishi tarmoq talablariga mos bo`lib, mashinada ishlatish talablariga javob berishi kerak. Unga quyidagi birlamchi ko`rsatgichlar kiritiladi:
- ish joyining tartib nomeri;
- mutaxassislik bo`yicha ish joyining nomlanishi;
- shaxsiy ish joylarining soni;
- ish joyining jihozlar bilan ta`minlanganligi ko`rsatkichlari;
- ishchilar haqida ma`lumotlar (mutaxassisligi, toifasi, smenalar bo`yicha soni);
- ish joyini yil davomida foydalanish davri;
- kiritish vaqti va ish joyini attestatsiya natijasida umumiy bahosi.
- hisobga olish birlamchi hujjatlari amaldagi ish joylari uchun bir marta tuziladi, shuningdek yangi ish joylari tashkil qilinganda ular bilan bir vaqtda texnologik va tashkiliy hujjatlar talab qilinganda qaytadan tuzilishi mumkin.
Ish joylarini hisobga olishda ishda qatnashayotgan va qatnashmayotgan, ishchi kuchi bilan ta`minlangan va ta`minlanmagan ish joylari, shuningdek zaxira uchun qoldirilgan ish joylari, hamma kategoriyadagi ishchilarni o`qitish uchun mo`ljallangan ish joylari ham hisobga olinadi. Zaxira va o`qitish ish joylari ma`lumotnoma materiallari asosida olinadi. Chunki bu ish joylari hisobda bo`lsa ham, korxonada ish joylari bilan ishlayotgan ishchilarning mutanosiblik darajasini belgilashda qatnashmaydi.
Hisobga olish vaqtida va tahlil qilishda o`rnatilgan hamma qurilmalar (ta`mirlash natijasida vaqtincha ishlamayotgan, umuman buzilgan, modernizatsiya qilinayotgan, mukammallashtirish ishlari olib borilayotgan) hisobga olinadi.
quyidagilar ish joylari deb hisoblanmaydi:
- ishchilar biriktirilmagan umumiy foydalanish vositalari (harakatlantirilib yuritiladigan ko`chma teshish, silliqlash va boshqa stanoklar, harakatlanuvchi ko`tarish vositalari);
- montaj qilinayotgan yoki montaj qilib bo`linsa ham dalolatnoma bilan ishlatish uchun topshirilmagan qurilmalar;
- demontaj qilingan, demonstratsiya qilish va ko`rgazmaga qo`yilgan jihozlar nusxasi.
Ishchi zona va qurilmalarni ikki marta hisobga olishga yo`l qo`yilmasligi kerak. Bu albatta brigada bo`lib ishlaganda chegaralar belgilanganida yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan hisobga olishda bo`ladi.
Ish joylarini tugatish yoki yangi tashkil qilishda ham yillik hisobotlarda va o`rtacha yillik ish joylari sonini aniqlaganda ham ba`zi bir qoidalarga amal qilish kerak bo`ladi. Masalan ish joylari oyning 15-nchisigacha qabul qilingan bo`lsa, shu oy to`liq hisoblanadi, 15-nchisidan keyin bo`lsa, keyingi oydan boshlab hisob olib boriladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishchilar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish bilan jiddiy shug`ullanadi. Bunga ko`ra ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida ishchi xodimlar uchun maishiy xonalarning o`lchamlari quyidagicha bo`lishi belgilanadi:
• garderobxona 1 kishiga 0,82 m² (bu o`lchamlar ayrim o`quv adabiyotlarda m² (kishi deb ko`rsatilgan);
• dushxona 1 kishiga 0,2 m²;
• kiyim va poyabzallarni quritish uchun 1 kishiga 0,2 m² ;
• ayollarning shaxsiy gigiyenasi uchun 50 kishiga 1,76 m² ;
• erkaklar hojatxonasi 1 kishiga 0,09 m² (yoki 40 ishchiga bir unitaz hisobida);
• ayollar hojatxonasi 1 kishiga 0,14 m² ,
• ovqatlanadigan xona 1 o`tiriladigan joy 0,25 m² ;
• 1200 ishchiga mo`ljallangan sog`liqni saqlash punkti 70 kishiga mo’ljallangan ;
ish vaqtida dam olish, isinish, quyosh radiatsiyasi va issiqlikdan saqlanish uchun 1 kishiga 0,7 m² ;
• isinish uchun alohida xona 1 kishiga 0,1 m² .
Agar ayollarning umumiy soni korxonada 100 nafar va undan ko`p bo`lsa, ayollarning shaxsiy gigiyenasi xonasi bo`lishi ko`zda tutiladi. Ayollar soni bir smenada 15 kishidan ortiq bo`lsa, umumiy ayollar gigiyena xonalari bo’lishi shart.
Maishiy xizmat xonalari ko`chma vagonlardan iborat bo`lsa, ularni chang ajratadigan jihozlardan 50 m, qurilayotgan obyektdan esa kamida 24 m uzoqlikda o`rnatiladi. Agar vagonlar soni ko`p bo`lsa, yong`in xavfsizligi talablariga muvofiq holda ikki qator qilib, jamida 10 tadan ortmagan holda, har bir qator orasi 1 m, ikkinchi ikki qatorli orasi esa kamida 18 m oraliq masofa saqlangan holda o`rnatiladi.
Har qanday holda ham, ishchilar toza ichimlik suvlari bilan ta’minlanishi, bu ichimlik suvlarining harorati 20˚s dan past, 8˚s dan baland (me’riy harorat 13-18˚s) bo`lishi zarur. Issiq havoli mehnat sharoitlarida ishlovchilarni gazlangan ichimlik suvlari bilan ta’minlash kerak.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish