41 variant
1. Moliyaviy bozor stavkalari.
2. Buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
3. “Turkiston” investitsiya loyihasi uchun 455,0 million so‘m investitsiya qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo‘yicha 70,0; 100,0; 190,0 va 230,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Loyiha davri davomida doimiy diskont stavkasi birinchi uchun - 9%, keying ikki yil uchun 13 % va oxirgi yil uchun 11 %. Investitsiya loyihasining sof joriy qiymatini toping.
Javoblar:
Foiz stavkalari - Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan (promised) daromadlik stavkasiga (yoki daromad stavkasi) foiz stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo‘yicha foiz stavkasi (mortgage rate) deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Bank tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi (commercial loan rate) deb ataladi. Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari hisob-kitob pul birligi (unit of account), to‘lov muddati (maturity) va kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski, yoki defolt riskidir (default risk). Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘ribchiqamiz.Hisob-kitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va
xizmatlarning standart «savati». Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi
Foiz stavkalari qimmatli qog‘ozlar egasi oldida emitentning shartno-maviy javobgarligi hisoblanib, belgilangan daromadli instrument (vosi-ta)lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Biroq, hamma aktivlarga ham ma’lum bir daromadlilik stavkasi xos emas. Misol uchun, agar Siz ko‘chmas mulkka, aksiyalar va san’at asarlariga kapitalni investitsiya qilayotgan bo‘lsangiz, kelajakda Sizga hech qanday to‘lovlar kafolatlanmaydi. Endi, keling, shu turdagi riskli aktivlar bo‘yicha daro-madlilik stavkasi qanday o‘lchanishini ko‘rib chiqaylik.
Foiz stavkalari qimmatli qog‘ozlar egasi oldida emitentning shartno-maviy javobgarligi hisoblanib, belgilangan daromadli instrument (vosi-ta)lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Biroq, hamma aktivlarga ham ma’lum bir daromadlilik stavkasi xos emas. Misol uchun, agar Siz ko‘chmas mulkka, aksiyalar va san’at asarlariga kapitalni investitsiya qilayotgan bo‘lsangiz, kelajakda Sizga hech qanday to‘lovlar kafolatlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |