2. Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablag‘larning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat.
Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat ko‘rinishida taʼriflab beradi. Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablag‘larning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meʼyoriy asos hisoblangan 1-BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” da buxgalteriya balansini taʼriflovchi maxsus band boʼlmasida 6.6-bandida buxgalteriya balansining maqsadi quyidagicha yoritiladi:
“Xoʼjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi
uning hisobot kunigacha boʼlgan moliyaviy holatini aks
ettirishi lozim, bu esa uning imkoniyatlari va moliyaviy
tuzilmasini tushunish imkoniyatini beradi”.
Balans passivining majburiyatlar va oʼz mablagʼlari aks ettirilib,
ular quyidagi moddalar boʼyicha guruhlangan:
1.
• ustav sarmoyasi;
• qoʼshilgan kapital;
2.
• zaxira sarmoya;
• taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar);
3.
• maqsadli tushumlar va fondlar;
• boʼlajak xarajatlar va toʼlovlar zaxiralari;
4.
• boʼlajak xarajatlar va toʼlovlar zaxiralari;
• boʼlajak davrlar daromadlari.
Moliyaviy natijalar- xoʼjalik yurituvchi subyektning
maʼlum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida
oʼziga qarashli mablagʼning oshishi yoki kamayishidir.
Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotda daromadlar olish bilan
bogʼliq xarajatlarni quyidagi guruhlar boʼyicha koʼrsatish
mumkin:
O’zgaruvchan xarajatlar;
O’zgarmas xarajatlar;
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
Favqulodda zararlar.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi bilan sof foydaning
tarkibi va shakllanish manba muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Korxona xoʼjalik faoliyati sof foydasini
shakllantirishda uning manba moliyaviy natijalarni
ifodalovchi koʼrsatkichlar tarkibiga bogʼliq boʼladi.
Oʼz navbatida moliyaviy natijalarni shakllantirish
manbasi korxona faoliyatida sodir etilgan xoʼjalik
jaryonlari va ularning moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Ushbu jarayonlarning umumiy hajmidan kelib
chiqqan holda, korxona xoʼjalik faoliyatining moliyaviy
natijalarini quyidagi qismlarga ajratgan holda aniqlash
maqsadga muvofiqdir: - asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari;
- moliyaviy faoliyatning natijalari;
- umumxoʼjalik faoliyatining moliyaviy natijalari;
- favqulodda foyda va zararlar;
- yakuniy moliyaviy natija koʼrastkichlari.