Ish joyida yo`riqnomadan o`tkazish
J U R N A L I
(uchastka, bo`lim, qurilish maydoni, brigadasi va hokazolar nomi)
Boshlandi «_____» ____________2019 y.
___________korxonasining ishchi xodimlari
R O` Y X A T I.
№
|
Familiyasi ismi
sharifi
|
Kasbi lavozimi
|
Yo`riqnoma qayd qilingan beti, tartib raqami
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
|
|
|
|
|
Familiyasi ismi sharifi ________________________________________
Kasbi (lavozimi) __________________________________________
Yo`riqnoma o`tkazish vaqti, uning turi va sababi.
|
Yo`riqnomani o`tkazish tematikasi (savollari).
|
Imzolar
|
Yo`riqnoma
o`tkazuvchi.
|
Yo`riqnoma oluvchi.
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
|
|
|
2.3. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong`in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Jarohatlanish uch turga bo`linadi.
1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish;
2. Ish bilan bog`liq lekin ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan jarohatlanish;
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog`liq bo`lmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog`ida ish joyida, sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig`iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo`lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o`g`irlash va boshqa shunga o`xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog`liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
Mazkur tartib:
• ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo`yicha jazoni o`tayotgan fuqarolarga;
• ish beruvchilarga;
• pudrat va topshiriqlarga ko`ra fuqarolik-huquqiy shartnomalarlar bo`yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
• tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga;
• agar maxsus davlatlararo bitimda o`zgacha hol ko`rsatilmagan bo`lsa yollanib ishlayotgan chet el fuqarolarga;
• qurilish, qishloq xo`jaligi va harbiy xizmatni o`tash bilan bog`liq bo`lmagan o`zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatchilarga;
• korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o`tayotgan talabalar va o`quvchilarga ham tadbiq etiladi.
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (shuningdek, xizmat safarlarida) yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho`kish, elektr toki va yashin urishi, o`ta issiq yoki o`ta sovuq harorat ta’siri, portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek, tabiiy ofatlar (yer qimirlashlar, o`pirilishlar, suv toshqini, to`fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari:
• ish beruvchi topshiriq bermagan bo`lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko`zlab qandaydir ishni amalga oshirilayotgandagi;
• avtomobil, temir yo`l, havo yo`llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo`l harakati hodisasi natijasidagi;
• korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma) ga muvofiq o`zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;
• ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo`lgandagi;
• mehnat faoliyati xizmat ko`rsatish obyektlari orasida yurish bilan bog`liq ish vaqtida jamoat transportida yoki piyoda ketayotgandagi;
• shanbalik (yakshanbalik) o`tkazilayotganida, qayerda o`tkazilishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq yordami ko`rsatilayotgandagi;
• ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan jarohati etkazilganda va h.k.
Ikki yoki undan ortiq ishchilar jabr ko`radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o`limga olib keluvchi yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida ta’kidlash zarur. Bunday hodisalar to`g`risida ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma’lum qilishi shart:
• O`zbekiston Respublikasi sub’ekti bo`yicha Davlat mehnat inspeksiyasi;
• Ijrochi hokimiyatning tegishli organlariga;
• Baxtsiz hodisa ro`y bergan joy bo`yicha prokuraturaga;
• O`zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi hoqimiyat organlariga;
• Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda yuz bergan bo`lsa);
• Tegishli kasaba uyushmalari organlariga.
Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi:
• Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha Davlat nazoratchisi;
• O`zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya hoqimiyat organlari vakili;
• Kasaba uyushmalari organi vakili.
Jarohatlanish va kasb kasalliklarini o`rganish usullari:
Do'stlaringiz bilan baham: |