Hayot faoliyat xavfsizligi



Download 391,5 Kb.
bet1/14
Sana17.07.2022
Hajmi391,5 Kb.
#812920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
pechat




O‘ZBEKISTON OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


"TRANPO‘RT VA LAGISTIKA FAKULTETI"


"HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI" KAFEDRASI
Mutaxasislik: Mehnat muhofazasi ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi


Ishlab chiqarish jarayonlar xavfsizligi fanidan
KURS ISHI
Mavzu; Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini ishlatishda xavfsizlik tadbirlarini mukammallashtirish.


Bajardi. Mo‘minjonov. N
Ilmiy rahbar. Xojiyev. A
Topshirilgan sana:
Qabul qilingan sana:
Baho:
MUNDARIJA
Kirish ..................................................................................................................3
I.bob .XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR
1.1 Xavfli ishlab chiqarish obyektlari tasnifi…………………………………..4
1.2 Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi qonun ................................................................................8
1.3 Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibi ...........................................................................................................................16
II.bob. Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarini loyihalash bo'yicha mutaxassislarga qo'yiladigan talablar. Umumiy va shaxsiy himoya vositalarini xavfsizlik tadbirlarini mukammallashtirish
2.1 Xavfli ishlab chiqarish ob'ektini ishlatish uchun sanoat xavfsizligi talablari. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z tarkibiy bo‘linmalari haqida...............................................................23
2.2 Umumi himoya vositalarini Namangan IFODA AGRO KIMYO HIMOYA kompaniyasi misolida ishlab chiqish............................................................................31
Xulosa…………………………………………………………………...…….43
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………...….44
KIRISH
Hammamizga ma’lumki, har yili yurtimizda yangi zamonaviy, ilg‘or texnologik jixozlangan ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilmoqda va ularda albatta xavfli ishlab chiqarish tenologiyalari yoki qurilmalari ishlatiladi. Hozirda jami 37 mingdan ortiq xavfli shlab chiqarish ob’ektlarida 158 mingdan ortiq xavfli texnik qurilmalar ishlatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi sanoat va radiatsiya xavfsizligi, kon munosabatlari sohasidagi, respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlari yuzasidan davlat nazoratini, shuningdek davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasining 11 ta qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining 70 ta qarorlari bilan yuklatilgan 400 ga yaqin funksional vazifalar asosida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va boshqa davlat boshqaruvi organlari xamkorligida faoliyat yuritadi.
Davlat inspeksiyasi ko‘mir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft va gaz qazib olish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida, magistral neft-gaz va ularni uzatishda, ishlab chiqarish jarayonida gazdan foydalanishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan ob’ektlarda, donni saqlash hamda qayta ishlash ob’ektlarida, yer osti ishlarida, transport va gidrotexnika qurilishlarini olib borishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan qurilish ob’ektlarida va boshqa tarmoqlarning xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida;
sanoat portlovchi moddalari va portlatuvchi vositalarni ishlab chiqarish, saqlash, ishlatish va hisobga olishda;
neft mahsulotlarini, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarni tashish, saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq ob’ektlarni loyihalash, qurish, ishlatish va ta’mirlashda;
yer qa’ri boyliklaridan foydalanishda va ularni muhofaza qilishda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan ta’minlashda, shu jumladan, uglevodorod konlarini qidirishda, neft va gaz quduqlarini qazishda, ularni sinab ko‘rishda va ishlatishga tayyorlashda;
radioaktiv materiallar, ionlovchi nurlanish manbalari mavjud bo‘lgan buyumlarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni ko‘mib tashlash va hisobga olishda, yadro ob’ektlaridan va ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanishda;
ko‘tarish inshootlarini, bug‘ va0 az suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini, shuningdek nazorat ostidagi boshqa ob’ektlarni ishlab chiqish, loyihalash, tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda;
xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda o‘z vakolatiga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.



Download 391,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish