Hayot faoliyat xavfsizligi


Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagilar ustidan nazoratni ta’minlaydi



Download 391,5 Kb.
bet8/14
Sana17.07.2022
Hajmi391,5 Kb.
#812920
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
pechat

Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodim (xizmat) quyidagilar ustidan nazoratni ta’minlaydi:
sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar, ruxsat beruvchi hujjatlar shartlari bajarilishi;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan XIChO ning qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, kapital ta’mirlanishi, texnik jihatdan qayta jihozlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shuningdek, XIChO da foydalaniladigan texnik qurilmalarning ta’mirlanishi;
avariyalar va noxush hodisalarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarining bartaraf etilishi;
tegishli xizmatlar tomonidan XIChO da qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning zarur sinov va texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazilishi, nazorat o‘lchov vositalarining ta’mirlanishi va qiyoslovdan o‘tkazilishi;
qo‘llaniladigan texnika qurilmalariga sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari yozma ko‘rsatmalarining bajarilishidan iborat. XIChO dan foydalanuvchi tashkilotda sanoat xavfsizligini ta’minlashning barcha elementlari va jihatlari ishlab chiqarish nazorati xizmati tomonidan doimiy va muntazam o‘tkaziladigan tekshiruvlarning predmeti xisoblanadi.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli bo‘limlar va xizmatlarni jalb etgan holda ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasiga muvofiq davriy maqsadli va kompleks tekshiruvlar yo‘li bilan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ish rejasi hamda maqsadli va kompleks tekshiruvlar jadvali XIChO dan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish rejasi quydagilarni o‘z ichiga oladi:
tekshirilishi zarur bo‘lgan faoliyat turlari va sohalari;
malakasi va tajribasi hisobga olingan holda tekshiruv o‘tkazish uchun mas’ul xodimlar ro‘yxati;
tekshiruv o‘tkazish sabablari.
Bundan tashqari tekshirish rejasi, qoida tariqasida, tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalar va tavsiyalarni taqdim etish tartib-taomilini o‘z ichiga oladi.
XIChO dan foydalanuvchi tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari (xizmatlari)ni tekshirish quydagilarni qamrab olishi mumkin:
XIChO ning tashkiliy tuzilmasi;
ma’muriy va ish tartib-taomillari;
moddiy va inson resurslari, uskunalar;
ish uchastkalari, operatsiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari;
hujjatlar, hisobotlar, ishlab chiqarish nazorati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va saqlash tartibi.
Tekshiruvda ishtirok etayotgan shaxslar tekshirilayotgan faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv natijalari, ishlab chiqarish nazorati xizmatining xulosasi va tavsiyalari XIChO dan foydalanuvchi tashkilot rahbariyatiga tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma shaklida ko‘rib chiqish uchun taqdim etaladi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma ishlab chiqarish nazorati xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tekshirilgan ish joylari uchun mas’ul rahbarlarga yetkazilishi kerak.
Zarur hollarda tashkilot tomonidan tekshiruv natijalari yuzasidan aniqlangan sanoat xavfsizligi talablari buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnomada:
sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqlar yoki ulardan chetga chiqishning qisqacha tavsifi;
aniq normalar va qoidalar buzilishiga havola;
sanoat xavfsizligi talablarining buzilishi, ularga nomuvofiqlilar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish choralari va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
Tekshiruv natijalari XIChO dan foydalanuvchi tashkilot mutaxassislari va rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
XIChO dan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqliklar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak.
Chora-tadbirlar sanoat xavfsizligi talablaridan chetga chiqishning oldini olishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilishni, sanoat xavfsizligi talablari buzilishi, ularga nomuvofiqlilar yoki ulardan chetga chiqishlarni bartaraf etish uchun mas’ul shaxslarni belgilashni hamda ularni bartaraf etish muddatlarini o‘z ichiga oladi.
Chora-tadbirlar amalga oshirilgandan keyin ishlab chiqarish nazorati xizmatiga qoida buzilishlarining bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi.
XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati ishlab chiqarish nazorati natijalarining mustaqil tahlil qilinishi hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishining xolisona baholanishini ta’minlashi kerak. Bunday tahlil va baholash XIChOdan foydalanuvchi tashkilot rahbariyati tarkibidagi shaxslar yoki foydalanuvchi tashkilot rahbariyati tomonidan jalb etilgan vakolatli mustaqil mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
O‘tkazilgan tahlil:
XIChO dan foydalanuvchi tashkilotning barcha tarkibiy bo‘linmalari (hizmatlari) tomonidan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish natijalarini;
sanoat xavfsizligining umumiy boshqaruvi samaradorligini baholashni;
ishlab chiqarish faoliyati va ishlarning tabiiy, texnogen va ijtimoiy shart-sharoitlardagi o‘zgarishlarga muvofiq ishlab chiqarish nazorati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi.
2.1. Xavfli ishlab chiqarish ob'ektini ishlatish uchun sanoat xavfsizligi talablari. Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z tarkibiy bo‘linmalari haqida.
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.

Download 391,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish