1.2 Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi qonun . Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrini yuritish xavfli ishlab chiqarish obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish, sanoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarining ta’minlanishi monitoringini olib borish, shuningdek, ro‘yxatga olingan xavfli ishlab chiqarish obyektlari va ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risida tizimli axborotni to‘plash, tahlil qilish va saqlash maqsadida amalga oshiriladi.
“Xavfli ishlab xavfli ishlab chiqarish obyektlari (keyingi o‘rinlarda — XIChO) davlat reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) va ulardan foydalanuvchi tashkilotlar to‘g‘risida qog‘oz va elektron shakllardagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratiladi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan tartibda identifikatsiyalashdan o‘tgan XIChO reyestrda majburiy hisobga olinadi.
Ijaraga olingan XIChO ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilot — ijaraga oluvchi tarkibida hisobga olinadi.
Foydalanishga qabul qilingan XIChO foydalanishga qabul qilingan sanadan o‘ttiz kundan kechiktirmasdan indentifikatsiyalanadi. Identifikatsiyalashdan o‘tkazilgan XIChO ularni identifikatsiyalash sanasidan o‘ttiz kundan kechiktirmasdan hisobga olinishi shart. XIChOni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) tomonidan XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reyestrga kiritish orqali amalga oshiriladi. XIChO dan foydalanuvchi tashkilot XIChO ni reyestrda hisobga olish uchun XIChO ni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan va identifikatsiyalashdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida ekspert tashkilotining xulosasi olingan sanadan o‘n kundan kech bo‘lmagan muddatda, identifikatsiya varaqasini o‘z ichiga olgan sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari to‘g‘risidagi xulosaning nusxasini ilova qilgan holda sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga bevosita, pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda ariza taqdim etiladi..
Har bir XIChO ni tekshiruvdan o‘tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi to‘lov undiriladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. U haqidagi ma’lumotlar davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga tegishli bo‘lgan XIChO ni reyestrda hisobga olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Reyestrni yuritish sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklanadi va quyidagi tartib-taomillarni o‘z ichiga oladi:
Hisobga olish raqamini berish bilan XIChO to‘g‘risidagi zarur axborotni ma’lumotlar bazasiga kiritish;
XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy yangilash yoki uni reyestrdan chiqarish. reyestrni yuritish axborotning qog‘oz va elektron shaklda saqlanishini ta’minlash prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi XIChO ni reyestrga kiritish uchun ariza kelib tushgan sanadan boshlab o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ularning to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, zarur hollarda joyiga chiqqan holda XIChO ning ushbu hujjatlarga muvofiqligiga aniqlik kiritish maqsadida uni tekshiruvdan o‘tkazadi. Taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lganda, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ariza beruvchiga mavjud e’tiroz va kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida ariza qabul qilingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yozma xabarnoma yuboradi, xabarnomada ariza beruvchi e’tiroz va kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi, biroq ushbu muddat yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. XIChO ni reyestrga kiritishni rad etish uchun asos bo‘lgan e’tiroz va kamchiliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlar sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan uch ish kuni davomida takroran ko‘rib chiqiladi, tegishli ma’lumotlar reyestrga kiritiladi hamda bir hafta muddatda ariza beruvchiga XIChO reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. XIChO dan foydalanuvchi tashkilot qayta tashkil etilganda yoki nomi o‘zgarganda, uning rahbari arizasiga asosan XIChO reyestrda qayta hisobga olinadi.
XIChO ni qayta hisobga olish sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan XIChO ni reyestrda hisobga olish uchun nazarda tutilgan tartibda to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi. Reyestrga o‘zgartirishlar kiritish yoki XIChO ni reyestrdan chiqarish reyestrda hisobga olingan XIChO to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgarganda, XIChO dan foydalanuvchi tashkilot o‘n ish kuni mobaynida ariza berish yo‘li bilan ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga quyidagi xujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
XIChO ni rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi;
identifikatsiya varaqasini o‘z ichiga olgan XIChO ni sanoat xavfsizligi ekspertizasi natijalari to‘g‘risidagi xulosa nusxasi.
XIChO tugatilgan yoki foydalanishdan chiqarilgan taqdirda, arizaga XIChO ni tugatish yoki foydalanishdan chiqarishga loyixa xujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasining tegishli xulosasi ilova qilinadi. Reyestrga o‘zgartirish kiritish yoki XIChO ni reyestrdan chiqarish sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan XIChO dan foydalanuvchi tashkilot tomonidan ariza taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Reyestrda hisobga olingan XIChO ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi tashkilot XIChO dan foydalanuvchi tashkilot — ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlarni sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi. XIChO dan foydalanuvchi tashkilot tugatilgan taqdirda, tugatish komissiyasi yoki boshqa vakolatli organ XIChO ni reyestrdan chiqarish uchun bir hafta muddatda arizani sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etishi shart:
Xavflarni o`rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich-xavflarni oldindan tahlil etish.
Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi:
1-qadam-xavf manbalarini aniqlash;
2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash;
3-qadam-tahlilni chegaralash, ya`ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich-xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash;
Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish.