Havodagi harakatni boshqarish


Aerodromning manyovr maydonida dispetcherlik xizmatini ko'rsatish



Download 1,14 Mb.
bet2/7
Sana17.09.2022
Hajmi1,14 Mb.
#849171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маъруза сиртқи

Aerodromning manyovr maydonida dispetcherlik xizmatini ko'rsatish
Aerodrom maydonida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun aeroport ma'muriyati tomonidan maxsus qoidalar ishlab chiqiladi va amaliyotda kiritiladi. Qoidalarning asosiy maqsadi - xodimlar, havo kemalar, yordamchi aerodrom transporti va eskort mashinalarining harakatlanish xavfsizligini ta'minlash. Qoidalar davlat va Isao [DOC 9476]ng normativ -huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi.



  1. HAVO KEMALARINI BUKSIRLASH

Havo kemalarni buksirlash (tortish) – bu maxsus tortuvchi mashina yordamida havo kemalarni aerodrom maydoni yuzasida harakatlantirish. Havo kemani tortish (buksirovkasi) belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Tortish uchun maxsus vositalardan foydalaniladi. Eng oddiysi – bu havo kemasi shassisining oldi g'ildiragi mustahkam va bukilmas shatak bilan tortuvchi mashinaga ulanadi va shu usul orqali havo kemasi mo'ljaldagi joyga tortib boriladi (1 –rasm, a). Hozirgi kunda buksir mashinalari ancha takomishlangan. Ularning ish qismida maxsus moslama mavjud. Uning yordamida mashina havo kemani oldingi g'iliragini ko'tarib moslangan yuzaga qo'yyadi yoki uni ikki tarafidan qamrab ko'taradi va haraktlantiradi. (2–rasm, b).

2
-rasm. Buksirlash vositalari: a) buksirlash shatakilari; b) zamonaviy buksirlovchi maxsus mashinalar


Aerodrom hududida havo kemalari faqat qattiq va mustahkam yuzali va shu turdagi havo kemalarni buksirlash uchun mos bo'lgan maydonda harakatlanishi mumkin. Bunday maydon yuzalariga perron, havo kemalarning turish joylari, dvigatelni ishga tushirish joylari, angarlar va maxsus ishlar bajariladigan joylar kiradi.


Buksirlash jarayoni davomida bir nechta aloqa kanallariga, shu jumladan perron dispetcheri aloqa kanaliga, HHXK organi dispetcheri aloqa kanaliga sozlangan bort radio uzatgich doimo ish holatida bo'lishi lozim. Qorong'ida va noqulay ob-havo sharoitda buksirlash jarayoni past tezlikda va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holda havo kemasi hamda buksirlash mashinasining gabarit chiroqlari yonib turganligida amalga oshiriladi. Aerodrom hududida buksirlovchi mashinasini ishlatishning zaruriy sharti - bu radiostantsiya, gabarit chiroqlar, miltillovchi chiroqlar, o't o'chirish vositalari, birinchi tibbiy yordam to'plami va har xil turdagi havo kemalar uchun tortish moslamalari to'plami bo'lish zarur.
Havo kemalarni tortish (buksirlash) faqat rullash yo'llari bo'ylab (3 -rasm) va ba'zan uchish-qo'nish yo'lagi bo'ylab o'tadigan ma'lum marshrutlarda harakat xizmati dispetcherining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Har bir uchish-qo'nish yo'lagi etarli miqdordagi kirish va chiqish yo'llari bilan jihozlanadi. Bunday yo'llar havo kemaning uchish-qo'nish yo'lagidan tashqarida joylashgan joyga imkon qadar tez harakatlanishini ta'minlaydi.
Chiqib ketish yo'llari uchish-qo'nish yo'lagiga to'g'ri yoki o'tkir burchak ostida joylashtirilishi mumkin. Birinchi variant havo kemani minimal tezlikda uchish-qo'nish yo'lagidan burib chiqaradi. Rullash yo'lining ikkinchi turi havo kemani uchish-qo'nish yo'lagida bo'lishini kechiktirmasdan tez harakatlanishiga imkon beradi va aerodromning o'tkazish imkoniyatini oshishini ta'minlaydi.


3-rasm. Uchish-qo'nish yo'lagiga rullash yo'llarini to'g'ri burchak ostida joylashuvi

Havo kemasini buksirlash to'g'risidagi qaror aerodrom xizmati boshlig'ining zimmasida. U ish smenasi uchun mas'ul mutaxassisni tayinlaydi va uning qo'l ostidagi ishchi brigadani tuzadi. Buksirlashdan oldin, rahbar brigadaning barcha xodimlari bilan instruktaj o'tkazadi. U meteorologik vaziyatga (muz, kuchli shamol, literli reyslarni qabul qilish) bog'liq bo'lgan ishlarni bajarishga ularning e'tiborini qaratadi. Buksirlash ishlari rahbari buksirlovchi mashinalar, ularning jihozlari va tortish moslamalari, aloqa vositalarining tayyorligini tekshiradi. HHXK organi tomonidan nazorat qilinadigan aerodromda, buksirlash ishi uchuvchi tomonidan bajariladi. Buksirlash uchun uchuvchiga HHXK organi yoki perrondagi harakatlarni boshqaruvchi organi tarafidan tegishli ruhsat beriladi, shu jumladan unga aerodrom maydonida rullash sxemasi bo'yicha ma'lumot beriladi. Shundan keyin uchuvchi buksirlash ishini bajarishi mumkin. Uchuvchiga buksirlash ishini xavfsiz bajarishi uchun HHXK organi tomonidan boshqa ma'lumotlar ham berilishi mumkin. Masalan, havo kemasi ekipajiga aerodromdagi cheklovlar to'g'risida, aerodromda belgilangan harakatlanish sxemasi bo'yicha ko'rsatmalar, havo kemaning boshqa havo kemalariga nisbiy joylashuvi, ko'rish masofasi 400 metrdan kam bo'lgan sharoitda uning izidan buksirda borayotgan boshqa havo kemasi to'g'risida va boshqa zarur bo'lgan ma'lumotlar berilishi mumkin.


Buksirlash yo'riqnomasi va aerodromda havo kemasining harakt sxemasi aerodromdan foydalanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish