3. HAVO KEMALARINI RULLASH VA KUZATIB QO'YISH QOIDALARI Rullash - bu havo kemaning aerodrom yuzasida o'z harakatining hisobidan harakatlanishi, uchish va qo'nishdan tashqari. Rullash yo'li (3 -rasm) - bu havo kemalarini aerodrom maydoni yuzasida rullash uchun xizmat qiladi va u aerodromning bir joyini boshqa joyi bilan bog'laydi. Bu borada quyidagi tushinchalar mavjud:
a) to'xtash joyidagi havo kemaning rullash yo'li - faqat havo kemalarning to'xtash joylariga kirishni ta'minlash uchun mo'ljallangan perronning bir qismi;
b) perrondagi rullash yo'li – perron orqali rullash marshrutini ta'minlaydigan perronda joylashgan rullash yo'llari tizimining bir qismi;
v) tezlik bilan chiqib ketish rullash yo'li – bu uchish-qo'nish yo'lagiga o'tkir burchak ostida ulangan rullash yo'li. Rullash yo'lining bu turi qo'ngan havo kemalarning uchish-qo'nish yo'lagidan yuqori tezlikda chiqib ketishiga imkon beradi va shu bilan ularni uchish-qo'nish yo'lagida bo'lish vaqtini kamaytiradi.
Havo kemasini rullashini odatda uning komandiri bajaradi. Bu jarayon vaqtida havo kemaning Aeronavigasiya chiroqqlari va faralari yoqilgan bo'lishi lozim. Miltilaydigan mayoqlar kechayu kunduz dvigatellar ishga tushgandan to to'xtaguniga qadar yoqilib turishlari kerak.
Havo kemasi ekipajiga rullashni boshlash va davom ettirish taqiqlanadi, agar: tormoz tizimlaridagi bosim ishlatish chegaralariga javob bermaydigan yoki tormozlarning noto'g'ri ishlashining boshqa belgilari mavjud bo'lsa;
HHXK organidan yoki havo kemalarni perrondagi harakatini boshkaradigan organidan ruxsat olinmagan bo'lsa;
havo kemaning chiqarishni ta'minlovchi shaxsning ruxsati olinmagan bo'lsa;
to'siqlar mavjudligi, to'xtash joyi yoki rullash yo'llarining qoniqarsiz holati tufayli rullash xavfsizligi ta'minlanmagan bo'lsa;
agar rullash uchun eskort majburiy yoki u ekipaj talabiga binoan bajariladigan bo'lsada ammo eskort mashinasi yo'q bo'lsa.
Taqiqlanadi barcha turdagi havo kemalarni dvigatellarning teskari aylanishi (revers) yordamida dum tarafi bilan oldinga rullash.
Havo kemalarini rullash, amaldagi cheklovlarni hisobga olgan holda, tegishli aerodromda rasman e'lon qilingan rullash sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi. Rullash sxemalari har bir uchuvchining ish joyida bo'lishi kerak, bu rullash yo'nalishini kuzatish va to'siqlarni, ILS SAT II/III qo'nish mayoqlarining muhim joylariga yoki uchish-qo'nish yo'lagiga yaqinlashishni o'z vaqtida payqash uchun zarur.