Havodagi harakatni boshqarish



Download 1,14 Mb.
bet6/7
Sana17.09.2022
Hajmi1,14 Mb.
#849171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маъруза сиртқи

Ekipajning marshrut bo'ylab uchish uchun dispetcherlik ruxsatnomasini olishdagi murojaatida quyidagi elementlar bo'lishi kerak:

  • boriladigan aerodrom (agar aerodrom mashg'ulotlarini o'tkazish bo'lsa - mashg'ulot turi);

  • parvoz esheloni (balandlik);

  • Atis ma'lumotlari (agar aerodromda Atis mavjud bo'lsa).

Havo kemasiga marshrutga uchish uchun berilgan dispetcherlik ruxsatnomasida quyidagi elementlar va tartib bo'lishi kerak:

  • boriladigan aerodrom (mashg'ulot turi);

  • agar kerak bo'lsa, parvoz marshruti (birinchi havo trassasining nomi);

  • belgilangan standart chiqish yo'lining belgisi (aerodrom hududidan chiqish shartlari);

  • marshrut bo'ylab parvoz esheloni (balandligi);

  • parvozning boshlang'ich (oraliq) esheloni (balandligi), zarur hollarda;

  • VORL Transponder kodi;

  • ketish uchun vaqt oynasi (slot-time), agar kerak bo'lsa;

  • uchishdan keyin aloqa uchun kutilayotgan chastota, (agar kerak bo'lsa).

HHB dispetcheri, belgilangan parvoz vaqtidan 15 daqiqadan oldin bo'lmagan holda va havo kemasi dastlabki startga etguniga qadar kechiktirmay (Delivery dispetcherlik punkti bo'lmagan taqdirda) marshrut bo'ylab parvoz uchun dispetcherlik ruxsatini berishi lozim.
Havo kemasi uchishi uchun HHB dispetcherining ruxsati quyidagilarni anglatadi:

  • uchish-qo'nish yo'lagi parvozlar uchun mos;

  • uchayotgan havo kemasi uchun xavfsiz interval ta'minlangan;

  • uchish-qo'nish yo'lagida hech qanday to'siq yo'q;

  • dispetcher xabar berdi, ekipaj esa parvozlar xavfsizligiga tahdid soladigan hodisalar haqida ma'lumot oldi;

  • dispetcher ruxsatiga muvofiq havo kemasi ekipajiga parvoz marshrutiga tegishli balandlikni egallashga ruxsat berildi, agar undan keyin boshqa dispetcherlik ko'rsatmalari olinmagan bo'lsa;

  • uchish-qo'nish yo'lagida ko'rish va/yoki ma'lum toifadagi havo kemalarni uchib chiqishi uchun pastki chegara (vertikal yo'nalishdagi ko'rish) aerodromning minimumiga muvofiqdir.

Uchish uchun dispetcherning ruxsati havo kemasi qo'mondonini uchishga majburlash emas. Uchish haqidagi yakuniy qarorni havo kemasi qo'mondoni qabul qiladi.
HHB dispetcheri havo kemasiga o'z vaqtida ma'lumot bergan va belgilangan qoidalarga muvofiq harakat qilgan bo'lsa uni aerodrom minimumidan past bo'lgan sharoitda uchganiga javobgar emas.
HHB dispetcheri o'z vaqtida ekipajga quyidagilar to'g'risida xabar beradi:

  • uchish-qo'nish yo'lagidagi ko'rinishning o'zg'arganligi, 2000 m va undan kamroq qiymatida, va / yoki bulutlar quyi chegarsining (vertikal ko'rish) balandligi, 660 fut (200 m) yoki undan kamroq bo'lganida;

  • erning yaqinidagi shamol tezligi, uning yo'nalishi va keskin o'xtam-uxtan kuchaishlarini hisobga olgan holda;

  • uchish-qo'nish yo'lagi yuzasi holatining o'zgarishi va uchish-qo'nish yo'lagidagi ishqalanish koeffisientining qiymati;

  • uchish sektoridagi xavfli meteorologik hodisalar;

  • kuchli yog'ingarchilik sharoitida meteorologik ko'rinishi 600 m yoki undan kam bo'lishi (YUICH - yuqori intensivlik chiroqlar yordamidagi ko'rinish hisobga olinmaydi);

  • uchish-qo'nish yo'lagining oxiridagi ko'rinish, agar u uchish-qo'nish yo'lagining (uzunligi 2000 metrdan oshganda) boshida va o'rtasidagi ko'rinishdan kam bo'lsa;

  • parvoz ishlariga ta'sir qiladigan bir yoki bir nechta meteorologik elementlar to'g'risida ma'lumotlarning etishmasligi (ko'rish, bulutning yuqori va quyi chegarasi (BYUQCH), shamol yo'nalishi va tezligi);

  • uchish uchun zarur bo'lgan vizual va novizual vositalarning ish holatidagi o'zgarishlar;

  • ornitologik vaziyat;

  • aerodrom haqida boshqa muhim ma'lumotlar.

Ma'lumot olingan paytdan boshlab bir daqiqa ichida havo kemasi ekipajiga etkazilsa, u o'z vaqtida uzatilgan hisoblanadi.
HHB dispetcheriga havo kemasi ekipajiga uchishga ruxsat berish taqiqlanadi, agar:

  • uchish-qo'nish yo'lagida va / yoki BQCH (bulutning quyi chegarsi, vertikal ko'rinishi) ma'lum toifadagi havo kemalarni uchishi uchun aerodromning belgilangan minimumidan past;

  • uchish-qo'nish yo'lagi parvozlar uchun mos emas;

  • boshqa havo kemasi uchayotganida yoki doirada aylanayotganda va uning joylashuvi xavfsiz intervallarni ta'minlamaydiga hollarda;

  • uchish -qo'nish yo'lagida to'siqlar bo'lsa.

Shu joyda quyidagilarni eslatib o'tish o'rinli. Havo kemasi uchish-qo'nish yo'lagida yugirishidan boshlab to 660 fut (200 metr) nisbiy yoki belgilangan balandlikka ko'tarilguniga qadar, agar maqsad balandligi 660 futdan (200 metrdan) past bo'lsa, HHB dispetcheriga parvozlar xavfsizligiga tahdid bo'lmasa, ekipaj bilan radioaloqaga kirishi mumkin emas.
SID (asboblar yordamida standart chiqish marshruti) bo'yicha jo'nab ketayotgan havo kemasiga SIDda ko'rsatilgan dastlabki eshelondan yuqori yuqori bo'lgan eshelonga ko'tarilish uchun dispetcherlik ruxsati berilgan hollarda, havo kemasi e'lon qilingan Sidng vertikal profiliga amal qiladi.
Agar havodagi holat havo kemasidan parvoz balandligi bo'yicha SID tartibiga qat'iy rioya qilishni talab qilmasa, HHB dispetcheri havo kemasiga balandlikka cheklovisiz ko'tarilishga ruxsat berishi mumkin.
Uchib jo'nashga ruhsat beruvchi HHB dispetcheri havo kemaning uchib chiqish tartibini yondoshuv (podxod) dispetcheri bilan kelishishi shart.
HHB dispetcheri meteorologik ma'lumotlar asosida havo holatini tahlil qilgandan so'ng havo kemasiga parvoz bajarish startini egallashga va uchishga ruhsat biradi. Ushbu ruhsat orqali ekipajga quyidagi ma'lumotlar etqaziladi:
a) ishchi uchish-qo'nish yo'lagi yuzasidagi shamol yo'nalishi va tezligi (uchish uchun ruxsat berilganda);
b) belgilangan uchish-qo'nish yo'lagining raqami (uchishning magnitli yo'l burchagi);
c) agar aerodromda Atis radio translyasiyasi bo'lsa - ATIS xabarlariga kiritilmagan muhim aerodrom, meteorologik va ornitologik ma'lumotlar;
d) agar aerodromda Atis radio translyasiyasi bo'lmasa - ilgari havo kemasiga uzatilgan meteorologik sharoitlarning o'zgarishi, shuningdek, uchish-qo'nish yo'lagining holati, qushlarning galasi va ularnig parvozi to'g'risidagi ma'lumotlar;
e) aerodrom hududidan chiqish shartlarining o'zgarishi, agar ilgari berilgan HHB ruxsatnomasidan farqli bo'lsa.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish