V. Ega va ot kesim orasida tirening
ishlatilishi
1. Aziz vatandoshim , bu—sening imzong .
2. Yurgan—daryo , o’tirgan—bo’yra .
3. Hamma sizning tarafingizda , chunki mana buni bajaruvchi—
siz .
4. Ikki karra ikki—to’rt .
5. O’zbekiston—mustaqil davlat .
6. Til—millatning bebaho boyligi va mulkidir .
7. O’qish—hayotni tushunish .
8. Kurashmoq—o’rnak bo’lib yashamoq .
9. Bir hafta—yetti kun .
10. Paxta bayrami—zafar bayrami .
11. Ona yerim—oltin tuprog’im .
12. Mana bu—yangi qishloq rejasi .
13. Sen—yetim emassan .
14. Biz—baxtlar vodiysining farzandlarimiz .
15. Sabr tagi—sariq oltin .
16. Salomatlik—tuman boylik .
17. Otalar so’zi—aqlning ko’zi .
18. Aytilgan so’z—otilgan o’q .
19. Bilim va hunar—egizak .
20. Hunarlining qo’li—gul .
21. Yaxshi so’z—jon ozig’i , yomon so’z—bosh qozig’i .
22. Oz so’z—soz so’z .
23. Do’stlik—xalqimizning xulqi ,odati , Do’stlik—
o’lkamizning qudrati , shoni.
24. Tinchlik—odamzodning buyuk orzusi .
25. O’zbekiston—kelajagi buyuk davlat .
26. Jamoa xo’jaligi—xalq mulki .
27. Halol yashamoq—xalqqa xizmat qilmoq .
28. 8-Dekabr—O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
kuni .
29. O’zbekiston Respublikasi poytaxti—Toshkent shahri .
30. Jahl—dushman , aql—do’st .
31. Saksovul—cho’l o’simligi .
32. Uch marta to’qqiz—yigirma yetti .
33. Bugungi harakat—ertangi barakat .
34. Rejasiz ish—qolipsiz g’isht .
35. Er-u xotinning urushi—doka ro’molning qurishi .
36. Yaxshining gapi—moy , yomonning gapi—loy .
37. Men o’quvchiman , otam—o’qituvchi .
38. Hosilning otasi—suv , onasi—yer .
39. Mening eng yaqin do’stim—sen .
40. Feruzaning onasi—shifokor .
41. Aziza—tikuvchi .
42. Yuzduz—a’lochilarimizdan .
43. Taniganim—do’stlarim .
44. Tinchlik—farovon hayot manbai .
45. Mening aytadigan gapim—shu .
46. Har narsaga qiziqish—biz uchun eski odat .
47. Maqsadim—o’qimoq .
48. Bu—siz uchun katta sinovdir .
49. Men—mana shu minglarning biriman .
50. Urush—quyon ovi emas .
51. Sen—bizni ozod etuvchisan .
52. Qo’l yugirigi—oshga , til yugirigi—boshga .
53. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi—shu .
54. Oltita bolani bag’riga olgan Mahkam taqachi—shu .
55. Birniki—mingga , mingniki—tumanga .
56. Yaxshi ro’zg’or—jannat , yomon ro’zg’or—do’zax .
57. Yaxshi o’g’il—el obro’si , yaxshi qiz—uy obro’si.
58. Ona tili—bu millatning ruhidir .
59. Muloyimlik—rizq sari yetaklovchi kalit .
60. Badanning quvvati—ovqat , aqlning kaliti—hikmat .
61. Ilm—bir daraxt . Odob uning mevasidir .
Do'stlaringiz bilan baham: |