IV. Ikki nuqtaning qo’llanilishi
1. Uning otasi bir yilda bog’ni juda yashnatib yubordi : yangi
daraxtlar ekdi , go’zal gulzorlar yaratdi , turli-tuman
payvandlar qildi .
2. Bildi ota : foydasizdir qiynamoq .
3. Xushxabar olib keldim : garnizon yanchildi .
4. Osmonda na oy va na yulduz ko’rinardi : havo buzuq edi .
5. Axir shu qarorga keldilar : bolalarni buvimga topshiradigan va
akam o’z bilan shaharga olib ketagigan bo’ldi .
6. Bugun havo ochiq : derazalarni lang ochib qo’ysa ham bo’ladi
.
7. Dunay—ajoyib daryo : ba’zi daryolar kabi uning to’lqinlari
bir-biriga mingashib chopmaydi , nortuyadek ko’piklar otib
hayqirmaydi .
8. Botirali dushman yashiringan tomonga qaradi : xarsang tosh
ustida taslim belgisi—tayoq uchiga ilingan oq ro’mol hilpirab
turardi .
9. Suv keldi : giyoh bitmas cho’llar obod bo’ldi .
10. Hamza Hakimzoda Shohimardonda jamoat ishlarini
kuchaytirib yubordi : u batrak va kambag’al dehqonlarni
uyushtirib , qishloq xo’jalik artellarini tashkil qilishda ishtirok
etdi .
11. Dam o’tmay keksa Chotqol yon bag’irlaridagi go’zal vohada
oqshom o’z husni-jamolini namoyon etdi : shahar va
qishloqlarda yulduzsimon elektr chiroqlari ko’zni qamashtirib
porladi .
12. Arslonqul shunday bir qiziq harakat qildi : Dildor xoxolab
kulib yubordi .
13. Biz istaymiz : barcha ellar , elatlar Bir-biri-la bo’lsin yana
yaqinroq .
14. Yilimizning salmoqli ishi to’rt faslga tekis bo’linar : qish
tayyorlar , bahor ekar , kuz yig’adi , yoz tarbiyalar .
15. Bizning tilagimiz shu : topshiriqlarni o’z vaqtida bajaraylik .
16. Bobo chanani o’z yerto’lasi tomonga tortib ketdi : uning
yerto’lasi qishloqning o’rtasida edi .
17. Yo’lchi rastalarni aylandi : mol ham ko’p , pul ham ko’p ,
lekin bular boylarniki .
18. O’rdaklar birin-ketin suvga tushib , suzib ketgach , g’ozlar
ham qo’zg’aldi : bo’yinlari uzun , semiz , kattakon g’ozlar
lapanglaganlaricha suv tomon chopib ketdilar .
19. Bu gaplarga hech kim quloq solayotgani yo’q : har kim o’z
xayoli bilan band edi .
20. Boshim butun : yaxshiligingizni unutmayman .
21. Birovga ayta ko’rmang : ikkovimiz ham baloga qolamiz .
22. Faqat bitta iltimos : bir bayt o’qiyman , shuni yaxshilab
eshiting .
23. Tilmoch bitta-bitta qadam bosib , eshikka tomon borarkan ,
aylanib orqasiga qaradi: keng zal bo’m-bo’sh , xuddi
yetimchadek ko’rinardi .
24. Xushxabar keldi : mehmonlar Toshkent aeroportidan
uchishdi , bir soatdan keyin yetib kelishadi .
25. Bularni ko’rib hamma ishondi : Sobirjon bugun , albatta ,
g’alabaga erishadi .
26. Qayerdadir xo’roz qichqirdi : tong otishi yaqinlashgan .
27. Xalqimiz mehmondo’st : topgan-tutganini mehmonning
oldiga qo’yadi .
28. Mehmonlarni yaxshi kutib olishga hamma narsa tayyor :
mazmunli dastur ishlab chiqilgan , o’quvchilar puxta hozirlik
ko’rishgan .
29. Tirqishdan mo’raladi : Asadbek tajang , Chuvrindi xonada u
yoqdan bu yoqqa yurib turibdi…
30. Faxr bilan silkib qo’l , Derlar : tilaymiz oq yo’l .
31. Odamlar bor : boshiga ko’tarar ellar , Odamlar bor : sadqayi
el ketsin .
32. Oltmishga kirib bildim : umrim bekorga o’tmabdi ,
odamlarga kerakli ekanman , hayotda iz qoldiribman .
33. Obidjon borib pechkaning ichiga qo’l tiqdi : nimanidir
mahkam uchladi .
34. Men bu yil dehqonchilikdan hech narsa ololmadim : kuzgi
bug’doyning boshoqlari shira olayotgan vaqtda havoda ola
bulut paydo bo’lib , boshoqlari kuyib , qovjirab ketdi .
35. Xo’ja G’iyosiddin Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarga go’zal
taqlid qildi : o’tirganlar o’rinlaridan qo’zg’alolmay qoldilar .
36. Qosim mirob aytardi : agar qo’rqmasang , eng odamxo’r
daryo ham hech nima qilolmaydi—suvning o’zi qirg’oqqa
chiqarib qo’yadi .
37. Orzum shul: o’chmasin yongan chirog'ing.
38. Bizning qarormiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok
etamiz,
39. Mening bir jaydari falsafamdir shu: hargiz iltimosga kuning
qolmasin
40. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi:
qo’llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmanalandi...
41. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu'lalar porlaydi,
42. Urilmoq ham foyda: pishiq bo'lasiz, tajriba hosil qilasiz.
43. Elning bir so'zi bor: o'zingga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri
tutma.
44. Saida bunga juda suyundi: demak, hisobot
yuzasidan bo’ladigan muzokara qizg'in tus oladi.
45. Chol undan balandroq keldi: men brigadirlikdan
tushmayman, deb chiqib ketdi.
46. Sizning qilayotgan ishingiz yomg'irga o'xshaydi: har
bir tomchisi don undiradi.
47. Yoz oxirida kechalar salqin, kunduzlari issiq bo'ladi:
tun paytida shabada tog'dan
48. Shu fe'llari yaxshi: hech kimni birovning oldida behurmat
qilmaydilar.
49. Chol aqlli odam: unga o'rgatish ham mumkin, undan
o’rganish ham mumkin.
50. Shoazim o’ng'aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko’ngliga
bahs sig’mas edi.
51. Kurashda bir tabiat qonuni bor: polvon davrada mag’lub
bo'sa, taqdirga tan berib ketmaydi.
52. Quyoshning uyg'onishi sen ta’riflagandan ham antiqa: tong
nihoyatda
go’zal
bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |