“Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa” ,—degan edi Sa’diy Sheroziy . I.V.Gyote shunday deb aytgan edi : “
Dinsiz fan basir , fansiz din esa oqsoqdir” .
“Er kishiga zeb-u ziynat ,—degan edi Alisher Navoiy ,—hikmat va donishdir “.
Buyuk yozuvchimiz A.Qahhorning quyidagi gaplari halihanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q :”Yozuvchi
adabiyotga ikki xil kiradi : biri asari bilan tutab , biri asari bilan yashnab kiradi .
Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi , ko’nglidan chiqarib emas , qornidan chiqarib yozadi . Yozuvchilikka
…oradan yana bir necha oy o’tib , uchinchi marta sud bo’lgan . Bu safar Botirovning “sho’xligi” o’n bir yillik
qamoq bilan “taqdirlandi”. (T.Malik)
“Xalq artisti” , beliga o’q tekkanday , erta-yu kech to’rdagi karavotga yonboshlab “Teatr” jurnalini varaqlaydi ,
xalq artisti bo’lmoq sirlarini axtaradi , chamasi . (E.A’zam)
4. Har qanday asar , gazeta , jurnal , spektakl , kartina , qo’shiq , badiiy va hujjatli film , multfilm , teleko’rsatuvlar
va radioeshittirishlar kabilar nomi qo’shtirnoq ichida beriladi
“Lison ut-tayr”(“Qush tili”) asari haqida suhbatlashdik
“Ma’rifat” gazetasi , “Saodat” jurnali , “Mening oppoq kabutarlarim” spektakli , “Sohibqiron” dramasi , “Amir
Temur” portreti , “Bobur” videofilmi , “Oqshom ertaklari” radioeshittirishi , “Ohangrabo” teleko’rsatuvi ,
“Zakovat” intellektual o’yini
5. Korxona , tashkilot , muassasa , zavod , fabrika , jamoa xo’jaliklari , fermer xo’jaliklari , qishloq fuqarolar
yig’ini kabilar nomi qo’shtirnoq ichida yoziladi
“Uzdunrobita” qo’shma korxonasi , “Kochxolding” konserni , “Kamolot” ijtimoiy harakati , “Istiqlol” sport
majmuasi , “Diyor” savdo uyi , “Ekosan” xalqaro jamg’armasi , “O’zbekavtotrans” Davlar aksionerlik
korporatsiyasi , “O’zDEUavto” O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma avtomobil zavodi , “Chorsu”
mehmonxonasi , “Otchopar” bozori , “Armichan” qichloq fuqarolar yig’ini , “Hamid Olimjon” jamoa xo’jaligi ,
“A’zam Qilich” fermer xo’jaligi
6. Transport vositalari markasini bildirgan so’zlar qo’shtirnoq ichiga olinadi
”Orlando”avtomobili , “Boing” samolyoti , “Otayo’l” mikroavtobusi , “Poseydon” kemasi , “Afrosiyob” poyezdi ,
“Appolon” raketasi , “Planeta” mototsikli
7. Texnik jihozlar nomi qo’shtirnoq ichiga olinadi
“Samsung” televizori , “Sino” sovutkichi , “Nokia” qo’l telefoni , “Aser” noutbuki , “Canon” printeri
8. Ayrim orden va medallar , faxriy unvonlar , rag’batlantiruvchi mukofotlar nomi qo’shtirnoq ichida beriladi
“El-yurt hurmati” ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi .
Professor Q.G’.Abdullayev “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan
mukofotlandi
9. Qonun , farmon , farmoyish , buyruq , qaror kabilarning nomi , ayrim bandlari qo’shtirnoq ichida beriladi
1995-yil 6-may kuni “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirishlar
kiritish haqida” Qonun qabul qilindi .
1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilindi .
10. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar , baho ballari ham qo’shtirnoq ichida beriladi
9-“A” sinfi “Quvnoqlar va zukkolar” bahsida g’olib chiqdi . O’qituvchimiz bugungi javobimga “besh” baho qo’ydi.
11. Mahsulotlar nomi qo’shtirnoqqa olinadi
“Rayhon” alkogolsiz ichimligi , “Dena” sharbati , “Kibo” oyoq kiyimi , “To’xtaniyoz ota” kalbasasi , “Plombir”
muzqaymog’i , “Kent” sigareti , “Baltika” pivosi
Do'stlaringiz bilan baham: