Harflar imlosi


Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish



Download 397,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana01.01.2022
Hajmi397,27 Kb.
#289292
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Imlo qoidalari

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish        

 

                  belgilarining qo’llanishi 



            I.   Vergulning qo’llanilishi. 

1. Ruboiyni ichida o’qidi, yuzini tabassum qopladi. 

2. Yana uvlar dahshat shamoli, Ko’kni qora bulut quchadi. 

3.  Yigitlar  daraxtlarning  ostini  yumshatdilar,  qizlar  maktab 

hovlisini supurdilar. 

4. Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo’naymiz. 

5. Kuz keldi, yig’im-terim ishlari boshlandi. 

6.  Yog’ib  yubordi-da  yomg’ir,  nihoyat,  osmon  dil  qulfini 

zaminga sochdi. 

7. Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan. 

8. Siddiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. 

9. Sabr bila bog’liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko’p toyilur. 

10. Yaxshi o’g’il- el obro’si, yaxshi qiz-uy obro’si. 

11. Oyim endi o’rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. 

12. Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 

13.   Sir ko’p olam qa’rida, Mo’jizaga kon olam. 

14. Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer. 

15. Har kimga ozor bera ko’rma, dunyo barchaga barobardir. 

16. Yangi shahar ko’chalari quruq va toza, ilk bahor shamollari 

yoqimli esadi. 

17.  Bahor  keladi,  daraxtlar  barg  yozadi,    gullar  ochiladi,  gul 

atrofida bulbullar sayraydi 

18. Bir vaqt dasturxon yozildi, turli taomlar kirdi. 

19. Sen o’g’limsan, xotining kelinim. 

20.  Siz  otam  o’rniga  otalik  qildingiz,  sizdan  hech  yomonlik 

ko’remadim. 

21. Bora-bora ularning ham ko’zi ochiladi, past-balandni ajratib 

olishadi. 

22. Qarg’a aslo kaklikka teng kelolmas, Arslongina kuchli fildan 

yengilmas. 

23. Yer tosh qotgan, qor moylanmagan aravaday g’ijirlaydi. 

24. Sultonmurod o’zini chetga olishga tirishdi, xalq to’lqini uni 

surib ketdi. 

25. Ko’zim tirik ekan, men bilan muomala qilasiz. 

26. Angladim men, sendagi fikr, Sendagi qarashlar yangi ekan. 

27. Lekin qiyinchilik tortamiz, busiz bo’lmaydi. 

28. Tashqarida bo’ron uvullaydi , shamolda chayqalgan daraxtlar 

vahimali shovullaydi. 

29.  Izg’irindan  ko’zlar  yoshlanadi  ,  oyoq  ostida  qor 

g’ichirlaydi… 

30. Kechasi shamol tindi , yo’l azobidan horigan kishilar qattiq 

uyquga ketdilar . 

31. Havo ochiq , quyoshning iliq nuri qirov bosgan marzalardan 

yengil bug’ ko’tarardi. 

32. Qishloqlar bir-biriga o’xshamaydi , hammasining o’ziga xos 

arxitekturasi bor . 

33. Oqshom tushgan , osmon yulduzlarga to’lib ketgan . 

34. Menga chiroq bermas edilar , sham sotib olishga pulim yo’q . 

35. Saodatxon darchani ochib yubordi , uyga muzday kuz havosi 

kirdi . 



36. Kiyimning yangisi yaxshi , do’stning eskisi yaxshi. 

37. Ertasiga yana allaqanday bo’g’iqqina momaqaldiroq guldirab 

beozorgina yomg’ir savalab o’tdi, bo’liq tuproq hidi anqidi . 

38. Quyosh tik ko’tarilgan , uning otashi yer yuzini yondirishga 

qasd qilgandek avjga mingan edi . 

39.  Uyning  peshtoq  shaklida  qurilgan  uchta  tor-tor  derazasi 

yerdan  ancha  baland  ko’tarilgan  ,  derazalarning  xira  oynalari 

quyosh nurida rang-barang tovlanardi . 

40. Dalalarga allaqachon oqshom cho’kkan , osmonda yulduzlar 

miltillaydi . 

41. Orzu bilan tirikdir odam , ishi bilan buyukdir odam . 

42.  Dugonalar  ish  bilan  band  bo’lishdi  ,  suhbat  negadir 

qovushmadi . 

43. Yaxshidan ot qoladi , yomondan—dod . 

44.  Ko’klamning  sayroqi  qushlari  tabiat  ko’rinishlarini 

kuylamoqdalar  ,  ko’m-ko’k  ko’katlar  silkinib  qushlarni 

olqishlamoqdalar . 

45. Ko’p so’zning ozi yaxshi , oz so’zning o’zi yaxshi. 

46. Eshik ochildi , ko’chada pochtalyon turardi . 

47. Qo’rqitmay o’stirdim , botir bo’ldingiz . 

48. Yerlarimizni qondirib sug’oraylik , hosil mo’l bo’ladi . 

49. Siz borsiz , bu olam ko’rsatur jamol . 

50. Yomg’ir ko’p yog’di , ko’katlar gurkirab o’sdi . 

51. Bugun havo ochiq , yomg’ir yog’maydi . 

52. Oftob so’ndi , ufqda qip-qizil shafaq yondi . 

53.  Shaharlar  boqiydir  ,  umr—o’tkinchi  ,  Daryolar  sobitdir  , 

suvlar—ko’chkinchi . 

54. Qishloq obod , mening ko’nglim shod . 

55. Shamol orqadan esardi , unga qarab borishim qiyin emas edi 

56. Tashvish tortmanglar , men o’sha daftarga yozilgan gaplarni 



yod bilaman . 

57. Angladim men , sendagi fikr , Senda bo’lgan qarashlar yangi 

58. Yaxshi so’z—jon ozig’i , yomon so’z—bosh qozig’i . 



59.  Do’sting  mingta  bo’lsa  ham  oz  , dushman  bitta  bo’lsa  ham 

ko’p . 


60. Yurgan—daryo , o’tirgan—bo’yra .   (kollej) 

61. Har kimni bilay desang , so’zini o’rgan , zotini bilay desang , 

qilig’ini o’rgan. 

62. Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling , odamlarga muomalada 

xulqingiz chiroyli bo’lsin ! 

63.  Birdan  tush  kabi  uzuq-yuluq  xotiralar  yopiriladi  ,  yuragim 

gursullagancha o’rnimdan turib ketaman . 

64.Tomlardagi  bug’doylar  boshoq  chiqaradi  ,  oralarida 

lolaqizg’aldoqlar qip-qizil bo’lib ochiladi . 

65.  To’rt  tomoni  hujralar  bilan  o’ralgan  sahn  o’rtasidagi 

sadaqayrag’och  shoxlarida  chumchuqlar  chirqillashib  , 

ko’klamni  olqishlaydilar  ,  allaqayoqlardan  qaldirg’ochlar 

o’qday  otilib  kelib  , hovli  ichiga  kirib  ketadi  ,  chug’urlaydi  , 

shiftga osilib uya soladi . 

66. Olcha juda serob , avval tatib yenglar , keyin terasizlar . 

67. Ilmsiz  iliksiz  so’ngak  kabi  bo’shdir  ,  iliksiz  so’ngakka  qo’l 

urilmaydi . 

68.  Saxovatsiz  kishi  mevasiz  daraxtdir  ,  mevasiz  daraxtni  kesib 

yondirgin . 

69. Odamlarsiz yashama , odamlar orasida bo’l , Odamlar aybini 

ko’rma , o’z aybingni ko’r . 

 

    II.     Nuqtali vergulning qo’llanilishi 



1.  Ahmadjon  pulemyotdan  bir  sidra  o’q  yog’dirdi  ;  dushman 

pulemyoti jim bo’lib qoldi . 

2.  Novcha  teraklar  ustida  oyning  kumush  parchasi  suzadi  ; 

shamol novda-nihollarni tebratadi . 

3.  Biz  yashayotgan  bu  yerda  quyosh  sokin  ,  iliq  nur  sochadi  ; 

daraxt barglari orom bag’ishlab shitirlashadi . 

4.  Qushlarning  sho’xlik  bilan  sayrashlari  mayin  ,  yoqimli  va 

mungli bu ovozni bosolmaydi ; daraxtlarning shitirlagan ovozi 

qulog’imga yozning xayrlashuv qo’shig’idek eshitilardi . 

5. Pag’a-pag’a mayin qor osmondan quyilib turardi ; shamolning 

sekin , bo’g’iq guvullashi eshitilardi . 

6. Kamtar bo’lsang , obro’ ortar ; gerdaysang ; ensa qotar . 

7.  Ko’m-ko’k  yopiqli  uzun  stol  ustida  sud  a’zolaridan  birining 

ko’zoynak qutichasi qolib ketgan ; zal o’rtasidagi og’zi ochiq 

pechdan o’tinning charsillab yongani eshitiladi . 

8. Qish oxirlamoqda , qorlar erigan , hamma joyda loygarchilik ; 

yo’lda  arava  tugul  ,  piyoda  ham  zo’rg’a  ,  qo’rqa-pisa  qadam 

bosadi . 

9. U biladi , ishonadi ; singlisi o’zi ko’rmasa yoki aniq bilmasa , 

uydurma-yu , mish-mishlarga ishonadigan anoyi emas . 

10. Navoiy Husayn Boyqaro qoshiga kirib , vaziyatni tushuntirdi 

;  isyonchi  valiahdi  bilan  mustahkam  sulh  barpo  etish 

kerakligini talab qildi . 

11.  Xotin  uzoq  yig’ladi  ,  eriga  qattiq  gapirganiga  pushaymon 

bo’ldi , o’zini qarg’adi , o’lim tiladi ; yig’idan tolib tashqariga 

chiqdi . 

12. Ish kuchini elga berma , yerga ber ; jamg’armani selga berma 

, elga ber . 

13. Yaxshini yomon dema , olising bo’lsa ham ; Yomonni yaxshi 

dema , yaqining bo’lsa ham . 

14.  Lekin  avtor  shu  kichkinagina  hikoyada  katta  ish  qildi  ; 

o’quvchining  ko’z  oldida  odamning  havasi  keladigan  ,  har 

qanday kishining muhabbatini o’ziga qaratadigan , har qancha 

izzat  qilsa  arziydigan  va  bu  izzatga  o’zining  jafokashligi  , 

g’ayrati  ,  farosati  ,  el-yurt  uchun  qayg’urishi  bilan  sazovor 

bo’lgan bir chol keladi . 

15. Hayhotday hovli fayzsiz ; daraxtlar ostini o’t-o’lan bosgan , 

hovlining  etak  tomonida  bir  juft  yirik-yirik  qarg’a  loqayd 

kezib yuribdi . 

16.  Zunnunxo’ja  Siddiqxo’janing  tarafini  olgan  bo’lib  , 

kampirga qarab kovush otdi ; Siddiqjonga nimadir demoqchi  

 

 



 

bo’lib og’iz ochgan qizini bir tarsaki urdi , so’ngra Siddiqjondan 

o’pkalab mayin tovush bilan gap boshladi . 

17.  Xadicha  xola  bolalik  chog’idagi  singari  uning  beliga  non 

tugib  berdi,  peshonasidan  o’pdi,  duo  qildi;  irim  qilib  o’zi 

kuzatgani chiqmadi. 

18. Kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir 

savat  paxtasi  bilan  chig’irig’ini  ko’tarib,  vaysaganicha,  uyiga 

kirib ketdi. 

19.  Istiqlol  davri  bolalari  g’ayratli,  shijoatli;  ko’zida  chaqini, 

ko’ksida yolqini bor. 

20.  Qobil  bobo  ,  yalang  bosh,  yalang  oyoq,  yaktakchan  og’il 

eshigi  yonida  turib,  dag’-dag’  titraydi,  tizzalari  bukilib-bukilib 

ketadi; ko’zlari javdiraydi, hech kimni ko’rmaydi. 

21.  U  yo’g’on  gavdali,  yakkam-dukkam,  qizg’ish  mo’ylovli; 

keng  qoramtir  yuzining  yonoqlari  bo’rtgan;  kunlar  isib  ketgan 

bo’lsa  ham, uning egnida  qo’pol eski po’stini,  boshida  qunduzi 

qalin katta bo’rk. 

22. Kitob ajoyib bog’ga o’xshaydi; u kishiga doimo zavq beradi. 

23.  Shinel  jiqqa  ho’l;  Bektemirning  yuzidan  tomchilar  quyilar 

edi. 

24.  Qushlarning  sho’xlik  bilan  sayrashlari  mayin,  yoqimli, 



mungli  bu  ovozni  bosa  olmaydi;  daraxtlarning  shitirlagan  ovozi 

dimog’imga yozning xayrlashuv qo’shig’idek eshitilar edi. 

25. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik; 

yo’lda arava tugul, piyoda ham qo’rqa-pisa yuradi 

 

      III.     Tirening qo’llanilishi 



1. Suv keldi—cho’llarda hayot boshlandi. 

2. Suv keldi—nur keldi. 

3. Hamal keldi—amal keldi. 

4. Yuragida qanday dard bor—mana bu menga sir. 




5.  To’rt  mashina  og’it  yubordik—fermerlarga  vaqtida 

taqsimlansin. 

6. G’animlar duch kelar—jang bo’lar puxta. 

7. Eshakni yaydoq minib bo’lmaydi—yiqiladi kishi. 

8. Yurt tinch—sen tinch. 

9. Qor yog’di—don yog’di. 




Download 397,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish