aybdorning ongida unga jinoyat qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan
ijtimoiy manfaatlarga qilmishning obyektiv yo‘naltirilganligini, ya’ni
ijtimoiy xavfni anglash imkonini beradi. Ijtimoiy xavf ostida qilmishning
haqiqiy belgilaridan tashqarida yotuvchi qandaydir mustaqil elementi
emas, balki barcha obyektiv belgilarini yuzaga keltiruvchi qilmishning
yaxlit tarkibi nazarda tutiladi. Shuning uchun ijtimoiy xavfni anglash,
qilmish faktik belgilarining ijtimoiy tarkibini anglashga olib boradi.
Jinoyat subyektining o‘zini ifodalovchi belgilarini anglash qasdning
tarkibiga kirmaydi. Masalan, agar 13 yoshli shaxs odam o‘ldirganlik uchun
og‘irlashtiruvchi holatlarda javobgarlikka tortiladi, hattoki u xuddi shu
jinoyat uchun javobgarlik 14 yoshdan kelib chiqadi deb o‘ylagan bo‘lsa
ham. Bundan tashqari, qasd maxsus subyektning belgilarini anglashni o‘z
ichiga olib, ular aybdorga yuklatilgan maxsus majburiyatlarni buzganlik
bilan bog‘langan bo‘lib, jinoyatning maxsus belgilari hisoblanadi
(masalan, mansabdorlik jinoyati).
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini uning huquqqa xilofliligi bilan
tenglashtirib bo‘lmaydi, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishi jazo qo‘llash
tahdidi bilan qonun tomonidan taqiqlanganligidan va bu uchun
javobgarlikdan umumiy tarzda bo‘lsa ham xabardor bo‘lishi kerak. Ko‘p
hollarda jinoyatlar huquqqa xilofliligi anglangan holda sodir etiladi. Biroq
qonunchilik sodir etilayotgan qilmishning huquqqa xilofliligini anglashni
ayb shaklining tarkibiga kiritmaydi, shuning uchun sodir etilgan
qilmishning huquqqa xilofliligini aybdor anglab yetmagan hollarida,
hattoki qonunchilik ignorantia legis neminem excusat
1
tamoyilini nazarda
tutsa ham, jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Formal tarkibli jinoyatlarda qasdning intellektual tomonini
qilmishning ijtimoiy xavfliligi va uning ijtimoiy ahamiyati tashkil etadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan jinoyatlar tarkibini kvalifikatsiya qilishda, sud-
tergov xodimlarining birinchi galdagi vazifasi aybdorning ruhiy
ko‘rinishini, ya’ni sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli
xususiyatini belgilashdir, chunki formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning
qasdi muayyan ijtimoiy xavfli oqibatni keltirishni istash yoki uning kelib
1
Незнание закона никого не извиняет (лат.).
189
chiqishini oldindan ko‘ra bilishni qamrab olishining zarurati bo‘lmaydi.
Formal tarkibli jinoyatlarni sodir etishda qasdning irodaviy holati
birmuncha moddiy tarkibli jinoyatlar bilan taqqoslashda chegaralangan va
faqat u ijtimoiy xavfli qilmishning o‘ziga, ya’ni uning sodir etilishiga
bo‘lgan irodaviy munosabat bilan tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: