NOTA BENE !
Aybning darajasi
jinoyat subyektining jinoyat holatlariga bo‘lgan
munosabatining shakli va tarkibi majmui bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy
qilmish darajasi bilan belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat: ruhiy
munosabat xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni
xarakterlaydigan holatlariga oid jinoiy qasd va ehtiyotsizlikning kelib
chiqishiga turtki bo‘lgan sabab va shart-sharoitlar.
Masalan, qasddan sodir etilayotgan jinoyatda, aybdor obyektga
tajovuz qilishida o‘zining munosabatini ongli ravishda aniq ko‘rinishlarda
namoyon qiladi, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatda esa bunday
ko‘rinish bo‘lmaydi. Binobarin, aybning darajasi qasddan sodir etiladigan
jinoyatlarda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarga qaraganda
ancha yuqori bo‘ladi.
Qasdning va ehtiyotsizlikning ko‘rinishlarini qiyoslash birmuncha
qiyinroq. Agar to‘g‘ri qasd bilan egri qasdni bir xil sharoitlarda
baholaydigan bo‘lsak, har doim to‘g‘ri qasdning egri qasdga nisbatan
xavfliroqligini ko‘ramiz. Shuningdek, bir kishining o‘lishini istagan
odamga qaraganda, bir necha kishining o‘lishini istagan odam xavfliroq,
yong‘in bo‘layotgan uyda kasal odamni ongli ravishda qoldirish, kasal
odamni yoqib yuborish yo‘li bilan o‘ldirishga qaraganda xavfliligi kamroq.
Qasdning ko‘rinishi jinoyat xavfliligiga ta’sir etuvchi faktor sifatida
qasddan odam o‘ldirish jinoyatining subyekt belgilari qatoriga qo‘yilishi
tasodif emas. Bu, umuman olganda, hamma qasddan sodir etiladigan
jinoyatlarga tegishli. Shuningdek, beparvolik orqasida sodir etilgan
jinoyatga qaraganda, o‘z-o‘ziga ishonish orqasida sodir etilgan jinoyat har
doim xavfliroq bo‘lgani kabi jinoyatlarning ehtiyotsizlik orqasida sodir
etilishining ko‘rinishlarini ham belgilash joiz bo‘ladi.
185
o‘z-o‘ziga ishonishda aybdor o‘zining o‘ylamasdan qilinadigan
harakatidan to‘xtatib qoluvchi kontrmotivni yengib chiqishi talab etiladi,
aybdor nafaqat qilmishining yomon oqibatlaridan o‘zini tiyishni, balki yuz
bergan holatni va uning oqibatlarining hamma detallarini diqqat bilan
baholashni ham o‘z zimmasiga olmaydi. Aybdorning qilmishiga nisbatan
bunday munosabati, ya’ni uning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy
xavfli oqibatlarni ko‘ra olmasligi beparvolikka qaraganda ancha
xavfliroqligi turgan gap.
Shakli va ko‘rinishiga qaramay aybning darajasiga aybdorning
psixikasidagi intellektual va ruhiy jarayonlarning tarkibiy xususiyatlari
ta’sir etadi. Ongning hajmi va aniqligi, oldindan ko‘ra bilish xususiyati,
oldindan o‘ylab qo‘yishlik, maqsadga erishishda qat’iylik qasddan sodir
etilgan aybning darajasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Xolatni
baholashdagi o‘z-o‘ziga ishonishning darajasi, oqibatlarni oldindan ko‘ra
bilishning va ko‘ra olmaslikning xususiyati hamda sababi ehtiyotsizlik
natijasidagi aybning darajasi oshishiga yoki pasayishiga ta’sir etishi
mumkin.
Muayyan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishida aybning darajasi
uning aybdorning mo‘ljali chegarasini xato ko‘rishidagi bevosita ko‘rinishi
hisoblanadi. Shuning uchun undan aybdorga tayinlanayotgan jazoning
xususiyati va miqdori, huquqbuzarning mo‘ljalidagi ijtimoiy defektlarni
bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan, jinoiy-huquqiy majburlashning o‘lchovi
to‘g‘ri bog‘langan holda bo‘ladi.
Sud-tergov amaliyotida ayb va jinoiy javobgarlik masalasining hal
etilishida shaxsning holati va ruhiy xususiyati, uning o‘ziga xosligi va
jihatlari, unda kechayotgan psixologik jarayonlar shaxsning ongida qilmish
mohiyatining to‘g‘ri ko‘rinishiga ta’sir etishi mumkin. Xususan, zaruriy
mudofaaning chegarasidan chetga chiqish masalasini hal etishda
javobgarlik faqat tajovuzning xavfliligi va mudofaaning xususiyatiga
mutlaqo mos kelmasligidan boshlanadi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki,
zaruriy mudofaada, qoida bo‘yicha, shaxs to‘satdan jinoiy tajovuz bilan
to‘qnashadi, uning nerv sistemasida birdan keskin qo‘zg‘alish, emotsional
chayqalish paydo bo‘ladi. Bunday holatda shaxs har doim ham zaruriy
186
mudofaa qilishda tajovuzning xususiyati va xavflilik darajasini o‘zining
zaruriy mudofaa qilish uchun harakatlari (ularning kuchlari, intensivligi,
foydalanilgan vositalar) bilan taqqoslay olmaydi hamda unga to‘g‘ri baho
bera olmaydi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |