NOTA BENE !
Ayb
– shaxsning o‘zi tomonidan sodir etilgan, JKda nazarda tutilgan
ijtimoiy xavfli qilmishi (harakat yoki harakatsizlik)ga va uning ijtimoiy
xavfli oqibatlariga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabatining qasd yoki
ehtiyotsizlik shaklidagi ko‘rinishidir.
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX,
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011
йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг
иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва
қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига,
83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-
моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-
моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) –
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 11 б.
2
См.: Постановление Пленума Верховного суда Республики Узбекистан от 2 мая 1997 г. № 2 «О судебном
приговоре» (с изменениями и дополнениями, внесенными постановлениями Пленума Верховного суда
Республики от 14 июня 2002 г. № 10, 19 декабря 2003 г. № 20 и 3 февраля 2006 г. № 5) // Сборник. Т.I. –
С.335.
179
Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va shuning
natijasidagi ijtimoiy xavfli oqibatlariga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabati
sifatida jinoyat subyekt tomoni tarkibini batamom tugatmasa-da, uning
yadrosini tashkil etadi. Shu bilan birga, ayb o‘zida subyekt tomonning
zaruriy belgisini ifodalaydi, bo‘lmaganida esa, jinoyat tarkibi butunlay
bo‘lmaydi, shunday ekan, jinoiy javobgarlikka tortish uchun ham asos
bo‘lmaydi.
Aybli ishlarni qilishga faqat o‘z xatti-harakatini anglab yetish va
ularni boshqara olish qobiliyatiga ega odam qodir, shunday ekan, aqli
rasolik aybning dastlabki sharti bo‘lib chiqadi.
Ruhiy munosabat bilan har qanday munosabat o‘rtasida bog‘liqlik
mavjud. Bu bog‘liqlik subyekt (shaxs) va obyekt o‘rtasida, subyekt
atrofida tabiat, boshqa odamlar, ijtimoiy sharoit, jamiyat manfaati kabi
voqelik yoki uning alohida tomonlarining ko‘rinishidadir. Odam o‘z ongli
maqsadini qo‘ya bilishida va unga erishishida ifodalanadigan
munosabatini anglash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu odamning ruhiy
munosabatining faolligi munosabat predmetining tarkibiga va aniq bir
shaxsga bog‘liq bo‘lgan uning tanlash xarakteridan kelib chiqadi. Shuning
uchun har bir harakat ruhiy lahzalarni ifodalab, bir necha aniq aspektlarni
o‘zi ichiga oladi. Ayb (yoki ruhiy munosabat) ning bu aspektlari bo‘lib
ong va iroda hisoblanadi.
Shunday qilib, ayb ikki (komponent): intellektual va irodaviy
elementdan tashkil topgan.
Ular ruhiy sog‘lom (aqli raso) odamning obyektiv borliqni, xususan,
o‘z harakatini yoki harakatsizligining ijtimoiy ahamiyatini anglashida va
baholashida; ijtimoiy xavfliligini e’tiborga olgan holda qilmishning
oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish (sodir etilayotgan harakatlar bilan uning
keltirib chiqaradigan oqibatlari o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning
rivojlanishini tushunish); uzoqni ko‘ra bilishga ega bo‘lishi, ya’ni ancha
uzoqdagi oqibatlarni ko‘ra bilishi hamda orttirilgan tajriba, bilim, mahorat
bilan bog‘liq yuqori diqqatni va ruhiy kuchni talab etadi; maqsadga
erishish uchun intilish, natijaga erishishni xohlash yoki bunga loqaydlik
bilan qarash, ya’ni u yoki bu oqibatning kelib chiqishini xohlamaslik
180
(irodaviy jihat); o‘zining his-tuyg‘ularini bildirish, emotsional
reaksiyalarini yoki holatini ko‘rsatishda aniq ko‘rinishda ifodalanadi.
Aybning
Do'stlaringiz bilan baham: |