ijtimoiy foydali
manfaatga erishish maqsadiga xizmat qiladi.
Bunda jinoiy qonun huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya
qilishga qaratilgan barcha qilmishlarni emas, balki qonun bilan
qo‘riqlanadigan huquqlar va manfaatlarga tahdid soluvchi xavfni bartaraf
etishga qaratilgan qilmishlarni ijtimoiy foydali deb tan oladi. Boshqa
manfaatlarni himoya qilish ijtimoiy foydali deb tan olinmaydi va shuning
uchun oxirgi zarurat deb qaralishi mumkin emas.
Qilmishning majburiyligi (xavfni boshqa vositalar bilan bartaraf
etib bo‘lmasligi)
yuzaga kelgan sharoitda huquq bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarga zarar yetkazish xavfni bartaraf etishning yagona mumkin
bo‘lgan, oxirgi usuli ekanligini bildiradi (jinoiy huquq ko‘rib chiqilgan
institutining nomlanishi ham shundan kelib chiqadi). Boshqacha aytganda,
jinoyat qonuni himoyasi ostida bo‘lgan huquqlar va manfaatlarga zarar
yetkazilishi xavfi yuzaga kelganda shaxs qonuniy harakatlar bilan
zararning oldini olishga intilishi va faqat tahdid soluvchi xavfni bartaraf
etish mumkin bo‘lmagan holdagina bir manfaatni boshqasi uchun
majburan qurbon qilishi kerak, chunki xavfni bartaraf etishning boshqa
vositalari yo‘q yoki yetarli bo‘lmaydi. Shunday qilib, shaxs, eng avvalo,
huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga va
faqat bu mumkin bo‘lmaganda ularning kamroq ahamiyatli bo‘lganiga
zarar yetkazilishiga intilishi lozim. Ushbu masalani shunday hal etish
oxirgi zaruratda jinoyat qonuni bilan teng ravishda himoya qilinadigan
obyektlar to‘qnashuvi tufayli kelib chiqadi.
Xavfni boshqa huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatga zarar
yetkazmay bartaraf etish imkoniyati harakatlarning qonuniyligini istisno
etadi; ushbu institutning zaruriy mudofaadan farqi ham shundan iborat, u
boshqa imkoniyat bo‘lganda ham zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yadi.
Bunday holatlarda sodir etilgan qilmish umumiy asoslarda malakalanishi
lozim. Bunda tergov va sud organlari qilmishning subyekt tomoniga
e’tibor berishi lozim, ya’ni agar shaxs huquq bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarga zarar yetkazmagan holda xavfni bartaraf etishning boshqa
imkoni mavjudligini anglab yetgan yoki ish holatlariga ko‘ra anglab
yetishi lozim bo‘lgan holda uning harakatlari tegishli qasddan yoki
407
ehtiyotsiz jinoyat sifatida malakalanishi lozim. Agar shaxs unda zarar
yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa qilmishlarni amalga oshirish
imkoni mavjudligini anglab yetmagan va ish holatlariga ko‘ra anglab
yetishi mumkin bo‘lmagan holda bu qilmishni oxirgi zarurat qoidalariga
ko‘ra malakalash lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, qilmishni oxirgi zaruratda amalga oshirish
majburiyligi uning shu vaziyatda yagonaligini bildirmaydi, ya’ni aynan
shu qilmish yagona bo‘lishi lozimligi talab etilmaydi. Qilmishning
majburiyligi faqat zarar yetkazish majburiyligi bo‘lib, lekin uni yetkazish
usullari majburiy bo‘lmaydi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan harakat alomatlariga mos
keluvchi qilmishni sodir etish
Do'stlaringiz bilan baham: |