faqat uchinchi shaxslarning huquqlari va
manfaatlariga zarar yetkazishi lozim.
Uchinchi shaxslar
deb, oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfni
yuzaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar,
umuman davlat va jamiyat tushuniladi.
U yoki bu shaxsni, jamiyat yoki davlatni
JK 38-moddasi
ma’nosida
uchinchi shaxs deb tan olish uchun yuzaga kelgan xavfga daxlsizligini ham
subyekt, ham obyektiv alomati sifatida aniqlash lozim bo‘ladi. Jumladan,
obyektiv elementi tegishli shaxs, jamiyat yoki davlat faoliyati amalda
oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfga olib kelmaganligini ko‘zda
tutadi. Subyekt tomonidan esa, uchinchi shaxslarning huquqlari va
manfaatlariga yetkazilgan zarar deb tan olish uchun oxirgi zarurat holatida
harakat qilgan shaxs ushbu shaxslarning bartaraf etilayotgan xavfga daxli
yo‘qligini anglab yetishi va ularga zarar yetkazishni istaganligi holatini
aniqlash kerak bo‘ladi.
Oxirgi zarurat holati qonuniyligining majburiy sharti
Do'stlaringiz bilan baham: |