Yuridik mezon
ikki belgini xarakterlaydi: intellektual va irodaviy.
Aqli rasolikning intellektual belgisi
jinoyat sodir etish vaqtida
shaxsning sodir etayotgan qilmishi faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini
anglash qobiliyati sifatida ko‘riladi.
Aqli rasolikning irodaviy belgisi
shaxsning jinoiy qilmish sodir etish
vaqtidagi o‘z harakatlarini boshqara olish qobiliyatini, ya’ni o‘zining ichki
xohishini va ishonchi orqali o‘z irodasini boshqarish qobiliyatini anglatadi.
Shaxsning o‘zi tomonidan sodir etgan jinoiy qilmishini tushunish
qobiliyati va buni sodir etish jarayonida ongli qaror qabul qilishi jinoyat
subyektini qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etganlikda ayblash uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘z
navbatida, ayb uchun javobgarlik prinsipida (JK 9-moddasi) bevosita o‘z
aksini topgan.
Intellektual va irodaviy belgilar, albatta, birgalikda olib qaralishi
kerak.
242
Do'stlaringiz bilan baham: |