NOTA BENE !
Aybning murakkab shakli
faqatgina moddiy tarkibli jinoyatlardan
o‘rin egallaydi va shaxsning turli xil ruhiy munosabatlari bilan ifodalanadi,
chunonchi, birinchidan bu qilmishni kvalifikatsiya qiluvchi qilmishga va
oqibatlarga nisbatan, ikkinchidan, uncha og‘ir bo‘lmagan va o‘ta og‘ir
bo‘lgan ikki xil oqibatlarga nisbatan qasd va ehtiyotsizlikni qo‘shish
orqali ifodalanadi.
Murakkab aybli jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning
muhimligi obyektiv belgilariga ko‘ra, o‘xshash bo‘lgan qasddan sodir
etilgan jinoyatlardan ajratishda ko‘rinadi. Agar qasddan badanga og‘ir
shikast yetkazish natijasida shaxsning o‘limi yuzaga kelsa, shuningdek,
harakat umumiy qasd (egri qasd bo‘lsa ham) bilan qamrab olingan bo‘lsa,
sodir etilgan jinoyat qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya qilinmog‘i
lozim.
Murakkab aybli jinoyatlar umuman qasddan qilingan jinoyat
hisoblanadi va bu kategoriya jazoni o‘tash tartibiga va boshqa jinoiy-
huquqiy oqibatlarga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |