JKning 23-
moddasi
tahlili hamda JKning Maxsus qismi qoidalari shundan dalolat
beradiki, qonun chiqaruvchi bunday jinoyat tarkiblarini tuzishda:
– ikki har xil oqibatlarga;
– birinchi tomondan, qilmishga nisbatan va ikkinchi tomondan, JK
Maxsus qismi moddalaridagi kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida qonunda
nazarda tutilgan oqibatga nisbatan aybdorning bir xil bo‘lmagan (qasd va
ehtiyotsizlik) ruhiy munosabatida o‘z aksini topgan ayb shaklining ikki
xilligidan kelib chiqqan.
Murakkab aybli jinoyatlarning
birinchi turi
shaxsning Maxsus qism
moddalarida nazarda tutilgan sodir etayotgan jinoyatining kelib chiqishi
mumkin bo‘lgan yaqin va og‘irroq oqibatga nisbatan bo‘lgan ruhiy
munosabati qasd shaklida deb qaralsa, kelib chiqishi nazarda tutilmagan
og‘ir oqibatlar ehtiyotsizlik shaklida deb olinishi bilan ta’riflanadi. Bu
yerda ikki bir-biriga o‘xshamagan oqibatning mavjudligini ko‘rishimiz
mumkin. o‘z navbatida, bunday ikki mustaqil ayb shakli kelib chiqishi
vaqti va ijtimoiy xavflilik darajasi har xil bo‘lgan jinoyat tarkibining
asosiy belgisi sifatida oqibat qaraladigan moddiy tarkibli jinoyatga
nisbatan olib qaraladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buni asosiy jinoyat
tarkibi belgilaridan hisoblangan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatdan
ko‘ra og‘irroq oqibatning yuzaga kelishi bilan izohlash mumkin. Masalan,
badanga og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati shaxs o‘limiga sabab bo‘lsa
(JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi), badanga og‘ir tan jarohati yetkazish
jinoyati kabilarni o‘zida qamrab oluvchi shaxs sog‘lig‘i uning mustaqil
obyekti sifatida namoyon bo‘lsa (JK 104-moddasi 1-qismi), biroq u
ehtiyotsizlik orqasida shaxs o‘limiga sabab bo‘lganda, shaxsning hayoti
tajovuz (JK 102-moddasi) obyekti hisoblanadi. Mazkur holatda qasddan
aynan shaxsga og‘ir tan jarohati (nutqi, ko‘rish, eshitish qobiliyatining
yo‘qolishiga va qandaydir organidan ajralishiga olib keluvchi)
yetkazishga, ancha og‘ir oqibatlarga nisbatan (jabrlanuvchining o‘limi,
aybdorning ichki ruhiy holati) ehtiyotsizlik bilan ifodalanadi.
209
Ish holatlari (yetkaziladigan tan jarohatining xususiyati, zarar
yetkazishda ishlatiladigan jinoyatni sodir etish qurollari, vositalari va
boshqa holatlar) o‘lim kelib chiqishi xavfini ko‘rsatsa-da (ehtiyotsizlikning
intellektual holati), bunda irodaviy holat og‘ir tan jarohati yetkazishni
xohlashida va bunga ongli ravishda yo‘l qo‘yishida ifodalanadi. Aybdor
o‘z navbatida, o‘limning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilishi mumkin va
lozim bo‘lgan holda ehtiyotsizlik (irodaviy holat)ka yo‘l qo‘yadi, lekin
bunday oqibat kelib chiqmasligini anglamagan holda taxmin qiladi yoki
oldindan ko‘ra bilmaydi.
Bu holatlarni aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Yuqori turuvchi sud instansiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra,
sudlar qasddan odam o‘ldirish jinoyatini jabrlanuvchining o‘limiga sabab
bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatidan farqlashi
lozim. «Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor
shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga og‘ir
shikast yetkazish shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan hollarda esa, o‘limga
nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi»
1
.
Murakkab aybli jinoyatlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |