Oldindan o‘ylangan qasdda
jinoyat sodir etish niyatining vujudga
kelishi jinoyat sodir etishning o‘zidan bir qancha vaqt oraliqlari bilan
ajratilgan bo‘lib, unda shaxs jinoyatning tafsilotlarini o‘ylab qo‘yadi,
rejasini tuzadi, usullarini belgilab oladi, jinoyat sodir etish uchun qurol,
vosita, sherik va sh.k.larni tanlab oladi. Odatda, qasdning bunday turi
shaxsning barqaror jamiyatga qarshi bo‘lgan moyilligini namoyon etib,
jinoyatchi aybining ancha yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
Ba’zi hollarda shunday ham bo‘ladiki, sezilarli darajadagi vaqt oralig‘i
ham jinoyat sodir etish niyati vujudga kelishi bilan uni sodir etish
o‘rtasidagi, aslini olganda, subyektning motivlari ichki kurashi va h.k. lar
bilan tushuntiriladi, shundagina oldindan o‘ylangan qasdning mavjudligi
aybdorning yuqori darajadagi ijtimoiy xavfliligidan dalolat bermasligi
mumkin.
«Oldindan o‘ylangan qasdning mavjudligi kvalifikatsiyaga ta’sir
etmaydi. U ko‘proq guruh tashkil etish va tayyorgarlik ko‘rish institutlari
alomatlari sifatida namoyon bo‘ladi»
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |