NOTA BENE !
Jinoiy harakat
– tana harakatlari, shu bilan birga tana harakatlari
orqali tashqi dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlari,
shuningdek, boshqa shaxslar vositasida jinoyat sodir qilinishi, jinoyat
obyektiga faol ta’sirning yo‘naltirilganligi, ya’ni jinoyat qonuni
muhofazasidagi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishning faol
ko‘rinishidir.
Harakatsizlik
– biror-bir harakatdan saqlanishda ifodalanadigan
shaxsning passiv xulq-atvoridir.
Harakatsizlik harakatdan jismoniy jihatdan, ya’ni tana harakatlari va u
bilan bog‘liq tashqi dunyo predmetlarini ishlatish, tabiat kuchlari va
ne’matlaridan foydalanilmasligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |