Jinoiy harakatni
tahlil qilish uchun uning tashqi ifodasi, shakllariga
e’tibor qaratish lozim.
Har qanday qilmish – harakatlanish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ya’ni, bu harakatlar insonning ichki yo‘nalishlarini, fikrining harakatini
ifodalaydi (imo-ishora, so‘zlar). Ammo tashqaridan ayrim tana
harakatlarida ifodalanadigan jinoiy harakat ular bilan cheklanib qolmaydi.
Jinoiy harakat harakatlar jamini qamrab oladi, shu bilan birga ahamiyatiga
ko‘ra, bir xil harakat har xil harakatlanishlar bilan sodir qilinishi mumkin.
Masalan, hujjatlarni qalbakilashtirishni aybdor uni o‘chirish, tuzatish
kiritish, boshqa matn yozish va sh.k. usullarda sodir qilishi mumkin, bunda
jinoyat sodir qilish aybdorning individual imkoniyatlari, ishlatilishi
mumkin bo‘lgan qurol va usulga bog‘liq.
Jinoiy harakat tashqi jihatdan imo-ishora shaklida (masalan, haqorat
qilishda), biron so‘z aytish orqali (masalan, qo‘rqitishda) yoki ko‘plab
hollarda boshqa shaxs yoki atrofdagi turli predmetlarga jismoniy ta’sir
qilishda (masalan, davlat mulkini o‘zlashtirishda yoki odam o‘ldirishda
miltiq tepkisini bosishda) ifodalanadi.
Imo-ishora va so‘z shaklidagi harakat – jabrlanuvchi ongiga ta’sir
qilsa, tashqi muhit predmetlariga ta’sir qilish shaklidagi harakat ularning
sifat va xususiyatlariga, ularning joylashuviga hamda boshqa predmet va
tashqi borliq bilan o‘zaro aloqasiga ta’sir qiladi va shunday yo‘sinda
boshqa odamlarga ham, ularning xulqiga ham ta’sir qiladi.
Ijtimoiy xavfli harakat murakkab xususiyatga ega va JKda jinoiy
faoliyat, soxta tadbirkorlik va soxta bankrotlik ko‘rinishida ifodalanadi.
Qasddan sodir qilinadigan jinoyatlarda ijtimoiy xavfli qilmishning
boshlang‘ich holati jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratishga qaratilgan
tana harakatlarining tashqi ko‘rinishida ifodalanadi. Ehtiyotsizlikdan sodir
qilinadigan jinoyatlarning boshlang‘ich vaqti obyektga nisbatan zarar
yetkazilganda yoki shunday zarar yetkazish xavfi vujudga kelganida
namoyon bo‘ladi. Bu shunda ifodalanadiki, JKda belgilanishicha,
ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlar zarar yetkazish bilan bog‘liq.
161
Shunday qilib, alohida olingan tana harakatlarining birligi jinoyat
tarkibini tashkil qilishi mumkin, lekin bu alohida olingan tana harakatining
jinoyat-huquqiy ahamiyatini istisno etmaydi.
Har qanday qilmishning jismoniy belgilari shulardan iboratdir.
(Ijtimoiy belgilar mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb
nomlangan 2-§ da ko‘rib chiqilgan.)
Jinoyat huquqida qilmish deganda, faqatgina tana harakatlari
tushunilmasdan, balki jinoyat vositasi sifatida boshqa shaxslardan
foydalanish ham tushuniladi. Shu bilan birga tana harakatlari orqali tashqi
dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlaridan ham foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |