Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

6-§.Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini 
ta’minlashningkonstitutsiyaviy – huquqiy asoslari 
O’zbekistonning suveren davlat sifatida dunyo xaritasida qaror 
topishi uning mustaqilligini saqlash zaruriyati bilan bog’liq. Bu esa 
mantiqan davlatning o’z qurolli kuchlari, armiyasi bo’lishini nazarda 
tutadi.O’zbekiston Qurolli kuchlari mavjud bo’lishining dastlabki 
huquqiy asosi – 1991-yil 31-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining 
davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida” 
gi konstitutsiyaviy qonunda 
o’z tasdig’ini topdi. Unda davlatimiz o’z milliy gvardiyasi (armiyasi) ga 
ega bo’lishi ta’kidlandi. Prezidentning 1992-yil 14-yanvardagi farmoni 
bilan O’zbekiston Respublikasidagi sobiq Ittifoqning harbiy qismlari, 
qo’shilma, harbiy-o’quv yurtlari, muassasa, tashkilot va boshqa 
harbiy tuzilmalari mustaqil davlatimiz ixtiyoriga olinib, ular Qurolli 
kuchlarimiz o’zagini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 
8-dekabrdagi Konstitutsiyasi mamlakat Qurolli Kuchlari tuzilishi 
va faoliyati uchun konstitutsiyaviy asos hosil qildi.
Harbiy xavfsizlik sohasi ijtimoiy munosabatlarning bir xildagi turini 
tashkil etadi, uni huquqiy jihatdan tartibga solish bir xildagi huquqiy 
normalarning alohida majmuasiga tayangan holda amalga oshiriladi. 
308
Узбекистан
Республикаси
Президентининг
2018 
йил
22 
январдаги
“2017-2021 
йилларда
Ўзбекистон
Республикасини
ривожлантиришнинг
бешта
устувор
йўналиши
бўйичаҲаракатлар
стратегиясини

Фаол
тадбиркорлик

инновацион
ғоялар
ва
технологияларниқўллаб
-
қувватлаш
йили

да
амалга
оширишга
оиддавлат
дастури
тўғрисида

ги
ПФ
-5308-
сон
Фармони
.
 


745 
Harbiy huquq tarmog’ining o’zi majmuaviy xususiyatga ega bo’lib,
bu sohadagi bir qator munosabatlar huquqning boshqa tarmoqlari, 
masalan, ma’muriy, moliyaviy, yerga oid, jinoyat to’g’risidagi va shu
kabi huquqiy normalar vositasida tartibga solinadi. 
Mudofaa va davlatning harbiy faoliyatini tashkil etish sohasidagi 
ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinishi bilan harbiy huquq 
boshqa tarmoqlardan farqlanadi. Bu munosabatlar qamrov doirasi 
bo’yicha bo’linadi. Avvalo, ular qurilish, boshqaruv, ta’minot, Qurolli 
kuchlarni, boshqa qo’shinlarni, harbiy bo’linmalar va organlarni hozirlash 
hamda mamlakat mudofaasi maqsadlarida qo’llanish jarayonida yuzaga 
keladigan munosabatlardir. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining 
umumiy harbiy majburiyatni ijro etishi va harbiy xizmatni o’tashi
bilan bog’liq munosabatlar alohida guruhni tashkil etadi. Harbiy 
intizomni saqlash, huquq-tartibotni, harbiy adliya organlari faoliyatini 
yo’lga qo’yishda yuzaga keluvchi munosabatlar boshqa bir guruhni
tashkil etadi. Xalqaro huquqning harbiy hamkorlik masalalari, harbiy 
harakatlar olib borish bilan, shuningdek, gumanitar huquqning 
normalarini buzganlik uchun javobgarlik bilan bog’liq normalari 
yordamida boshqariladigan munosabatlar keyingi guruhga kiradi. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
harbiy huquq manbalari orasida 
Konstitutsiya alohida o’rin tutadi. Unda harbiy sohani tartibga 
soluvchi yo’nalishlarning normalari aks ettirilgan. Bu faqatgina 
125,126-moddalardagina emas, balki 52, 57, 93-moddalarda ham o’z 
aksini topgan. Bu normalarning barchasi mudofaani tashkil qilishga 
yo’naltirilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasini bevosita qurolli 
himoya qilishga va qurolli himoya qilishga qaratilgan tadbirlardan 
iboratdir.O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari mudofaa 
maqsadlarida tashkil qilinadi. 
O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari urushlar va 
qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish O’zbekiston 
Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini 
hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat 
tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, 
qo’shilmalar va qismlarni, shuningdek, boshqa harbiy tuzilmalarni o’z 
ichiga oladi. 
Konstitutsiyaning 125 va 126-moddalariga asosan O’zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari O’zbekiston Respublikasining davlat 
suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti hamda 


746 
xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning 
tuzilishi va ularni tashkil etish qonun ("O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari to’g’risida"gi qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi qonunchilik faoliyati rejasiga kiritilgan va u 
ishlab chiqish jarayonida turibdi) bilan belgilanadi. O’zbekiston 
Respublikasi o’z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli 
Kuchlariga ega. Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga muvofiq, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining Oliy Bosh Qo’mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning 
oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy 
unvonlar beradi.
Vatan oldidagi harbiy mas’uliyat va javobgarlik hissini 
kuchaytirgan holda 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy 
majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi Qonunning 9 - moddasiga 
muvofiq, “Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni
suiiste’mol qilganlik zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan 
yuklatilgantalablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda 
bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi 
shaxslarning harbiy unvonlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti - 
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo’mondonining 
qarori bilan pasaytirilishi mumkin”. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 93-moddasi 2-bandiga 
muvofiq Prezident O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, 
xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat 
tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur 
chora-tadbirlarni ko’radi. 
Qurolli Kuchlarni tashkil etish harbiy tadbirlardan biri bo’lib, 
fuqarolarning harbiy xizmatga bo’lgan munosabatini aniqlash prinsipi
ham shular jumlasiga kiradi. Konstitutsiyaning 52-moddasiga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasini himoya qilish - O’zbekiston Respublikasi
har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan 
tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar. “Bugungi 
kunda milliy armiyamiz ming-minglab o’g’lonlarimiz uchun chinakam 
mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech


747 
shubhasiz, shu yo’lda erishgan eng katta yutuqlarmizdir”
309
.
Konstitutsiya mudofaani tashkil etishda harbiy tadbirlardan tashqari 
siyosiy tadbirlarni ham nazarda tutadi. Siyosiy tadbirlarga urush holatini 
e’lon qilish, harbiy holatni joriy etish, xavfsizlikni kafolatlash va 
boshqalar, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 
18-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki 
tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma 
majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug’ilganda urush holati e’lon qilish
va qabul qilgan qarorni uch kun ichida O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining tasdig’iga kiritish ham Respublika 
Prezidenti vakolatiga kirishi belgilab berilgan. 
Siyosiy tadbirlar jumlasiga qurollangan guruhlar, uyushmalar
urushni targ’ib etuvchi birlashmalarni man qilish ham kiradi.Shunday 
qilib, Konstitutsiya harbiy huquqning eng muhim manbasi hisoblanadi. 
Harbiy huquqning boshqa manbaalari qatoriga ochiq qabul qilingan 
“Mudofaa doktrinasi to’g’risida”gi, “Mudofaa to’g’risida”gi, 
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi, “O’zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to’g’risida”gi, “Fuqaro 
muhofazasi to’g’risida”gi, “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi, 
“O’zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to’g’risida”gi va boshqa 
qonunlar, Umumiy qo’shin nizomlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari va hukumat qarorlari, jumladan, O’zbekiston Respublikasining 
Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, O’zbekiston Respublikasining 
Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi va shu kabi hujjatlar kiradi. 
Shuningdek, harbiy huquqning maxsus manbalari ham bo’lib,
ular jumlasiga harbiy boshqaruvning normativ-huquqiy hujjatlarini, 
chunonchi – buyruqlar, qoidalar, yo’riqnomalar va boshqalarni kiritish 
mumkin.Ular qonunosti va farmoyish tusidagi 
hujjatlardir.Mamlakatimizda mudofaaning huquqiy asoslarini rivojlantirish 
uch bosqichda o’tdi. Birinchi bosqichda «Mudofaa to’g’risida”gi, 
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi, “Muqobil 
xizmat to’g’risida”gi (1992-yil 3-iyul) qonunlar qabul qilindi. Ulardan
oldinroq «Respublika yoshlarini harbiy xizmatga chaqirish va harbiy 
xizmatnio’tashni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” (04.09.1990 
309

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish