252
vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq
to‘lagan holda; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim
maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta
tayyorlash institutlari va kurslarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zlarining
yillik ta’tillarini
imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, diplom,
kurs, laboratoriya va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab
olishni xohlasalar; texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati
o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning
tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga(100-
modda ikkinchi qismining 1-bandi)
91
.
Maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlari, kadrlarning
malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta
tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish
yilida yillik ta’til ularning mazkur o‘quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan
qat’iy nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan
holda yozgi ta’til davrida to‘liq beriladi.
Xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar:
homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (233-modda); bolalarni parvarishlash
ta’tillari (232, 234, 235-moddalar); o‘qish bilan bog‘liq ta’tillar
(252, 253, 254 va 256-moddalar); ijodiy ta’tillar (258-modda)
92
.
Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til
berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi
kelishuvga binoan belgilanadi.
Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan
holda muqarrar tartibda ta’til beriladi: 1941–1945-yillardagi urush
qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga
- har yili o‘n to‘rt
kalendar kunga qadar; ishlayotgan I va II guruh
nogironlariga - har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar; ikki yoshdan uch
yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga(234-modda);
o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan
ayollarga - har yili o‘n to‘rt kalendar kunga qadar(232-modda)
93
.
91
Ўзбекистон
Республикасининг
Меҳнат
кодекси
. –
Т
.:
Адолат
, 2017
92
Ўша
жойда
93
Ўзбекистон
Республикасининг
Меҳнат
кодекси
. –
Т
.:
Адолат
, 2017
253
Bugungi kun yangi islohotlar bosqichida fuqarolarning dam olish
huquqini takomillashtirishga bag‘ishlangan qator islohotlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-sonli “2018-yilda
rasmiy sanalarni
nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam
olish kunlariniko‘chirish to‘g‘risida”
94
gi,2018-yil 12-noyabrdagi
PF-5574-sonli “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida
qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini
ko‘chirish to‘g‘risida”
95
gi farmonlari qabul qilinib, ularda fuqarolarga dam
olish uchun qulaylik yaratish maqsadida ba’zi ish kunlarini boshqa
sanalarga ko‘chirish tartibi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: