Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§.Qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda iqtisodiy ta’minot olish



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

5-§.Qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda iqtisodiy ta’minot olish 
huquqi 
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar tizimida inson qariganda, mehnat 
layoqatini yo‘qotganda ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqi muhim 
huquqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 39-moddasida o‘rnatilishicha, har kim qariganda, 
mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek - boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot 
olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa 
turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng 
kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksida batafsil tartibga solingan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
kodeksining 284-moddasiga ko‘ra, davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan 
beriladigan ta’minot turlari belgilangan bo‘lib, ular vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari homiladorlik va 
tug‘ish nafaqalari; bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar; davlat 
tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyalari bilan ta’minlanadi. 
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan nafaqalarning birinchi 
turi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi hisoblanadi.O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 285-moddasiga ko‘ra, vaqtincha 
94
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 13.11.2018 
й
., 06/18/5574/2177-
сон
95
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 13.11.2018 
й
., 06/18/5574/2177-
сон


254 
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasal bo‘lingada, mehnatda mayib 
bo‘lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda 
jarohatlanganda, oilaning betob a’zosini parvarish qilganda, karantin e’lon 
qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda 
to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatga mayib 
bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, 
boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini 
to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan 
bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan 
yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori 
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz 
bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib 
ketmasligi lozim. 
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan nafaqalarning 
ikkinchi turi homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hisoblanadi.O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 286-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va 
tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish ta’tilining butun davrida to‘liq ish 
haqi miqdorida to‘lanadi. Bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa 
to‘lanadi. Har bir tug‘ilgan bola uchun beriladigan nafaqaning miqdori va 
uni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. 
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan nafaqalarning 
uchinchi turi dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa 
hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 288-moddasiga 
ko‘ra, sug‘urta qilingan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etganda qonun 
hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan miqdor va tartibda dafn etish marosimi 
uchun nafaqa to‘lanadi. 
Insonning ijtimoiy ta’minot huquqi tizimida pensiya olish huquqi 
alohida o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 
ko‘ra, ularyoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi turlariga bo‘linadi. 
Yoshga doir pensiyani tayinlash tartibiO‘zbekiston Respublikasi 
Mehnat kodeksining289-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, yoshga doir 
pensiya sug‘urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar - oltmish 
yoshga to‘lgan bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam 
bo‘lmagan taqdirda, ayollar - ellik besh yoshga to‘lgan bo‘lib, umumiy 
mehnat staji yigirma yildan kam bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya 
sug‘urta qilingan xodimlarning ayrim toifalariga pensiya yoshi kam 


255 
bo‘lganda, tegishli hollarda esa, - mehnat staji kam bo‘lganda ham 
tayinlanadi. 
Nogironlik pensiyasini tayinlash tartibiO‘zbekiston Respublikasi 
Mehnat kodeksining290-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, nogironlik 
pensiyasi sug‘urta qilingan xodimlarga – nogironlik mehnatda mayib 
bo‘lish yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, 
mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar, nogironlik boshqa sabablar 
tufayli kelib chiqqanda esa, - tegishli umumiy mehnat stajiga ega 
bo‘lganda tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan 
xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil
24-fevraldagi PQ-2499-sonli “Aholining hojatmand qatlamlariga 
tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”
96
gi qarori, 2017-yil 1-dekabrdagi
PF-5270-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”
97
gi, 2017-yil 1-avgustdagi PF-5060-sonli “Nogironlarni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”
98
gi farmonlari nogironlarni ijtimoiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash tartibiO‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining291-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb 
kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila 
a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar 
tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo‘lsa, shunga 
muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday 
mehnat stajining muddati sug‘urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga 
qadar bo‘lgan yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 
Turli xildagi davlat pensiyalarini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta 
qilingan xodimlarga (boquvchisini yo‘qotgan hollarda esa - ularning oila 
a’zolariga) ularning o‘zlari tanlagan pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
96
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2016 
й
., 9-
сон
, 86-
модда
. 2017 
йил
11-
сон

152-
модда
97
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 04.12.2017 
й
., 06/17/5270/0348-
сон
98
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 31-
сон
, 774-
модда


256 
Mehnat kodeksida belgilangan insonning pensiya ta’minoti bilan 
bog‘liq huquqi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunida batafsil tartibga solingan. 
2016-yil 6-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 
“Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari 
uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”
99
gi qonuni aholining ijtimoiy 
ehtiyojmand toifalarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini 
ta’minlashga oid davlat siyosati, keksalar, nogironlar va aholining boshqa 
ijtimoiy ehtiyojmand toifalari turmushi sifatini oshirish, ularga jamiyat 
hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng bo‘lgan 
imkoniyatlarini yaratish, huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, 
tibbiy, reabilitatsiya va boshqa ijtimoiy yordamlarni amalga oshirishni 
nazarda tutadi. 
Ushbu qonunga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar o‘zgalarning parvarishiga 
muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar, 
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, ijtimoiy 
ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar, yetim bolalar va ota-
ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladi. Ijtimoiy 
xizmatlar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlari, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari orqali 
amalga oshiriladi. 
Bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va 
ijtimoiy ta’minotning shakllaridan biri 

fuqarolarga tayinlanadigan va 
to‘lanadigan nafaqalar bo‘lib, ular o‘zining miqyosi va keng qamrovliligi 
jihatdan pensiyalardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va aholining muayyan 
nochor tabaqalariga aniq yo‘naltirilganligi, odatda ehtiyojmandlarga 
tayinlanishi bilan ajralib turadi. Bu nafaqalar bolali oilalarga, ikki 
yoshgacha bolasi bor onalarga, mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga 
tayinlanadi. Bularning barchasi aniq yo‘naltirilgan manzilli ijtimoiy 
himoya tamoyili orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolarga to‘lanadigan nafaqalar bilan bog‘liq munosabatlarni 
tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 
22-fevraldagi PF-4782-sonli “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini 
99
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
хужжатлари
тўплами
, 2016, 52-
сон
, 596-
модда


257 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
100
gi, 2016-yil 
28-dekabrdagi PF-4906-sonli “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
101
gi, farmonlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-dekabrdagi 350-sonli 
“Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”
102
gi, 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli 
“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam 
tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
103
gi 
qarorlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 
24-fevraldagi PQ-2499-sonli “Aholining hojatmand qatlamlariga 
tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”
104
gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-sonli “Nogironligi bo‘lgan 
shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
105
gi, 2017-yil 1-avgustdagi 
PF-5060-sonli “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
106
gi farmonlari 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi 
PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash 
mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”
107
gi, 2017-yil 13-martdagi PQ-2826-sonli “Pensiyalar va 
nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”
108
gi qarorlari pensiyalar va nafaqalar to‘lash tizimini tubdan 
takomillashtirishga xizmat qilmoqda. 
100
Қонун
хужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
. 13.09 2018. 09/18/725/1874-
сон
101
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
хужжатлари
тўплами
, 2017, 1-
сон
, 6-
модда
102
Қонун
хужжатлари
маълумотлари
милллий
базаси
. 14.09 2018. 09/18/731/1876-
сон
103
Қонун
хужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
. 14.09 2018. . 09/18/731/1876-
сон
104
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2016 
й
., 9-
сон
, 86-
модда
. 2017 
йил
11-
сон
, 152-
модда
105
Қонун
ҳужжатлари
маълумотлари
миллий
базаси
, 04.12.2017 
й
., 06/17/5270/0348-
сон
106
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 31-
сон
, 774-
модда
107
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
хужжатлари
тўплами
, 2017, 6-
сон
, 73-
модда
108
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
хужжатлари
тўплами
, 2017, 11-
сон
,154-
модда


258 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish