2022-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil



Download 20,36 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi20,36 Kb.
#653111
Bog'liq
2022 yil ish kunlari




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.28.00 Dam olish va bayram kunlari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida
2022-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. 2022-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:
a) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3-yanvar — dushanba, 22-mart — seshanba, 23-mart — chorshanba, 11-iyul — dushanba, 2-sentabr — juma;
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4-yanvar — seshanba, 4-may — chorshanba, 5-may — payshanba, 12-iyul — seshanba, 3-sentabr — shanba va 31-dekabr — shanba.
2. 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilsin:
8-yanvar — shanba kunidan 4-yanvar — seshanba kuniga;
7-may — shanba kunidan 4-may — chorshanba kuniga;
14-may — shanba kunidan 5-may — payshanba kuniga;
16-iyul — shanba kunidan 12-iyul — seshanba kuniga.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
budjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini besh ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shiladi;
har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak;
budjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni mehnat ta’tiliga qo‘shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
Turizm va sport vazirligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros va sport obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkillashtirsin;
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin;
“Uzbekistan Airways” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga:
mehnat jamoalari o‘rtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a’zolari maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
7. 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-son hamda 2021-yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-6222-son farmonlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Farmon 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-dekabr,
PF-35-son


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/35/1174-son)

Download 20,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish