5-§.Fuqarolarning murojaat qilish huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxs
bevosita o‘ziva boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga,
muassasalariga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan
murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda
belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Asosiy qonunda mustahkamlangan fuqarolarning murojaat qilish
huquqi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida batafsil
yoritib berilgan. Qonunda quyidagilar mustahkamlab qo‘yilgan:
– murojaatlar sohasidagi umumiy qoidalar va asosiy tushunchalar;
74
Алебастрова
И
.
А
.
Большинство
и
меньшинство
в
демократической
политической
системе
:
к
во
-
просу
о
гарантиях
статуса
оппозиции
//
Конституционное
и
муниципальное
право
. – 2015. –
№
1. –
С
.
17-23.
75
Мирзиёев
Ш
.
М
.
Миллий
тараққиёт
йўлимизни
қатъият
билан
давом
эттириб
,
янги
босқичга
кўтарамиз
.
Т
.1. –
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2017. – 106, 108-
б
.
235
– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish huquqlarining
kafolatlari;
– murojaatlarni topshirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi;
– jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat organlarining
murojaatlarni ko‘rib chiqish vaqtidagi majburiyatlari;
– murojaatlar
to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzganlik uchun
javobgarlik choralari va boshqa masalalar.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
Qonunda ko‘zda tutilgan umumiy qoidalardan tashqari, qonun
hujjatlaribilan ijtimoiy munosabatlarning alohida sohalaridagi maxsus
qoidalar tartibga solinishi mumkin.
Masalan, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
7-moddasiga muvofiq axborotdan foydalanuvchi bevosita o‘zi yoki
o‘zining vakillari orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to‘g‘risida axborot olish uchun so‘rov bilan murojaat qilish
huquqiga ega.
Murojaatlarni qonunda belgilangan tartibda va muddatda ko‘rib
chiqishning hamda ularni qonuniy ravishda, asosli tarzda va adolat bilan
hal qilishning majburiyligi konstitutsiyaviy talabdir.
Shunga muvofiq, murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizmga
(sansalorlikka) yo‘l qo‘yish, murojaatlarni ko‘rib chiqishni asossiz rad
etish, ular bo‘yicha asoslanmagan, qonunga xilof bo‘lgan xulosalar
chiqarish, murojaat qilganlik uchun yoki murojaatda bayon qilingan tanqid
uchun ta’qib qilish, fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikning
boshqa qoidalarini fuqarolarning huquqlari, manfaatlariga yoki
jamiyatning va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga
jiddiy zarar etkazgan holda buzish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib
keladi. Shu bilan birga, qonun hujjatlarida tuhmat va haqoratnio‘z
ichiga olgan murojaatlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy va jinoiy
javobgarlik belgilab qo‘yilgan.
2. Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga
murojaat qilish huquqi ixtiyoriy amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Shu
bilan birga, murojaat qilish huquqini amalga oshirish boshqa jismoniy va
yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini,
shuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlarini buzmasligi lozim.
“Murojaat” tushunchasi og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda
berilgan ariza, taklif yoki shikoyatlarni o‘z ichiga oladi.
236
Ariza – huquq, erkinlik yoki qonuniy manfaatlarni amalga oshirishga
yordam berish haqidagi iltimos bilan murojaat qilishdir.
Taklif – davlat faoliyatini va ijtimoiy faoliyatni takomillashtirish
borasidagi tavsiyalar bilan murojaat qilishdir.
Shikoyat – buzilgan huquq, erkinliklarni qayta tiklash va qonuniy
manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilishdir
(“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning
3-moddasi).
Qoida tariqasida, takliflar va arizalar normal kechayotgan ijtimoiy
munosabatlarning ko‘rsatkichlari deb hisoblanadi. Ulardan farqli o‘laroq,
shikoyatlar davlat organlarining harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari
natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlari buzilganligidan darak beradi. U yoki bu sohada,
davlat organining faoliyatida shikoyatlarning ko‘payib ketishi katta
e’tiborni, shuningdek, darhol tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar
ko‘rilishini talab etadi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib
davlat organlariga murojaat qilish huquqi kafolatlangan.
Murojaatlar turi va shaklidan qat’iy nazar teng huquqiy ahamiyatga
ega.
Davlat organlari murojaatlarni ko‘rib chiqayotganida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya qilishi lozim.
Ular zimmasiga murojaatlarni to‘liq, obyektiv va o‘z vaqtida ko‘rib
chiqish uchun kechiktirmay choralar ko‘rish, jismoniy va yuridik
shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash majburiyati yuklatilgan.
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, uning oila a’zolarini, yuridik
shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular o‘z
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish yoki
himoya qilish, shuningdek, o‘z fikrlarini bildirish va tanqid qilish
maqsadida davlat organlariga murojaat qilganliklari uchun ta’qib etish man
etiladi.
Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki
murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish tashkil etiladi va buni davlat organining rahbari
yoki boshqa vakolatli shaxs amalga oshiradi. Buning uchun davlat
237
organlarida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilishi, qabul uchun
mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar belgilanishi mumkin.
Davlat organlarining rahbarlari va boshqa vakolatli shaxslari
tomonidan joylarga borib, shaxsiy sayyor qabullar tashkil etilishi mumkin.
Murojaat turiga qarab, maxsus tartib-taomillar va alohida ko‘rib
chiqish muddatlari joriy etilgan.
Masalan, ariza yoki shikoyat 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish
(tekshirish) yoki qo‘shimcha hujjatlarniso‘rab olish talab etilgandaesa
bir oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda ushbu muddat
tegishli davlat organining rahbari tomonidan uzog‘i bilan bir oyga
uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
(«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning
19-moddasi).
Taklif bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha
o‘rganishni talab etadigan takliflar istisno qilinadi, bu haqda taklif kiritgan
shaxsga o‘n kunlik muddatda xabar qilinadi.
Qo‘yilgan masalalarni hal qilish vakolatiga kirmaydigan davlat
organiga kelib tushgan murojaatlar besh kundan oshmagan muddatda
tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda murojaat qiluvchiga xabar
beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning
g‘oyat muhim unsurlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq
qabulxonalaridir.
Xususan,Davlat rahbarining ushbu Farmoni bilan quyidagilar amalga
oshirildi:
–
Prezident devonida (hozirda Prezident Administratsiyasi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi,shuningdek,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida,
respublikaning har bir tumani va shaharida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi;
–
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi
tashkil etildi.
Ushbu tuzilmalar bir-biri bilan uzviy hamkorlikda harakat qiladi,
yagona rejimda ishlaydi, maqomi bo‘yicha teng, ularning joylardagi
238
xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining
xodimlaridir.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari
va Virtual qabulxonasining asosiy vazifalari etib belgilangan:
– aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlar
bilan ishlashning jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini to‘la-to‘kis himoyalashga qaratilgan sifat
jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
–
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy
Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining devoniga, Hukumatga,
davlat boshqaruvi organlariga, sudga, huquqni muhofaza qiluvchi va
nazorat qiluvchi organlarga, joylardagi davlat hokimiyati organlariga,
boshqa davlat tashkilotlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat
qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini so‘zsiz amalga oshirish uchun
sharoit yaratish;
– O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga qat’iy muvofiq holda Xalq
qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar to‘liq,
xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
– Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda
tegishli davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga jo‘natilgan
murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan muntazam monitoringni, nazoratni
amalga oshirish;
– davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor
shaxslari ishtirokida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining
qabullarini o‘tkazish, shu jumladan videokonferentsiya yordamida
o‘tkazish;
– Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan
murojaatlar kiritilishini, umumlashtirilishini, muntazam holga keltirilishini
va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish bo‘yicha yagona elektron axborot
tizimini joriy qilish va yuritish orqali murojaatlar bilan ishlashda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.
Ma’lumki, davlat boshqaruvining ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, u
jamiyatning deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. Davlat o‘z
boshqaruvini davlat organlari yoki mansabdor shaxslar orqali amalga
oshiradi. Tabiiyki, davlat boshqaruvi jarayonida o‘z huquqlari, erkinliklari
hamda faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan
davlat organlari va mansabdor shaxslar o‘rtasida doimiy munosabat
yuzaga keladi.
239
Demokratik davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasi
huquqiy-demokratik rivojining bugungi kundagi asosiy yo‘nalishi va
tamoyillari negizida avvalo, inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy
manfaatlari hamda xalqning farovonligi yotadi. Mana shu konseptual
g‘oyadan kelib chiqib, davlat boshqaruvida fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilishning mustahkam tizimini yaratishga ma’muriy
huquq fani nuqtai-nazaridan baho berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini nafaqat sud orqali himoya
qilish, balki o‘z huquqlarini tiklash huquqiga ham ega. Xususan, Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida har bir inson
nufuzli milliy sudlar orqali o‘z huquqlarini samarali tarzda tiklash
huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Ma’lumki, mamlakatimizda fuqarolarning davlat organlari va
mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida
buzilgan huquq va erkinliklarini ma’muriy tartibda hamda ma’muriy
sudlov yo‘li bilan himoya qilinadi.
Ta’kidlash kerakki, sud tizimining bosqichma-bosqich
demokratlashtirilishi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qiladigan sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy
tamoyilga qat’iy rioya etilishi mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar asosini tashkil etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakat Konstitutsiyasi
qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi” nomli ma’ruzasida “Konstitutsiyamizda
oliy qadriyat sifatida belgilab qo‘yilgan inson huquqlarini ta’minlash
masalasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Buning
uchun
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligiga erishish
naqadar
muhim ahamiyatga ega ekanini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz”
deb ta’kidlagan edilar
76
.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish,
ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining
samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik
76
Мирзиёев
Ш
.
М
.
Қонун
устуворлиги
ва
инсон
манфаатларини
таъминлаш
юрт
тараққиёти
ва
халқ
фаровонлигининг
гарови
. “
Ўзбекистон
”
НМИУ
, 2017. – 47
б
.
240
lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida
amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlari sifatida
belgilangan.
Inson oliy qadriyat bo‘lib hisoblanar ekan, har bir shaxs o‘z huquq va
erkinliklarini turli to‘sqinliklardan, huquqbuzarliklardan qonunlarda
belgilangan turli usullar bilan o‘zlarini himoya qilishlari lozim.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash
maqsadida sudga shikoyat qilish tartibining belgilanishi inson huquqlari
himoyasining eng muhim vositasi hisoblanadi.
2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy
xo‘jalik sudlari birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud
ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi –
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi, joylarda ma’muriy
sudlar faoliyat boshladi.
2018-yilning birinchi choragida ma’muriy sudlar tomonidan
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish, davlat
boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga
vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos
kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari,
harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish, saylov komissiyalarining
xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish, notarial harakatni
amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga
olish rad etilganligi yoki notariusning yohud fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari
(harakatsizligi) yuzasidan nizolashish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni
rad etish yohud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan
bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq 4 783 ta ish ko‘rib
chiqildi. Buning natijasida 3 416 fuqaroning huquqi tiklandi.
Shuningdek,hisobot davrida ma’muriy sudlar tomonidan Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar
bo‘yicha 102 481 nafar shaxsga nisbatan 84 141 ta ish ko‘rib chiqildi.
Tahlillarga ko‘ra, ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlarning
aksariyatini transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat
tezligini oshirib yuborishi, transport vositalarini mast holda boshqarishi,
transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi
jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar
241
etkazilishiga olib kelishi, tegishli hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning
transport vositalarini boshqarishi, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati,
avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish bilan litsenziyasiz
shug‘ullanish, mayda bezorilik, militsiya xodimining qonuniy
talablarini bajarmaslik, pasport tizimi qoidalarini buzish va O‘zbekiston
Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar
tashkil etadi.
Shu bilan birga 73 394 nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus
huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoq va O‘zbekiston Respublikasi
hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatimizda ma’muriy
sudlarning tashkil etilishi hamda ma’muriy sud ishlarini yuritish
to‘g‘risidagi kodeksning qabul qilinishi, aytish mumkinki,
mamlakatimizda sudlarning ixtisoslashuvi borasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lishi bilan bir qatorda ommaviy-
huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni odil sudlov yo‘li
bilan hal etish imkoniyatini kengaytirib, jismoniy va yuridik shaxslarni
davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining,
shuningdek, ular mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari
(qarorlari)dan himoya qilishda mustahkam protsessual-huquqiy asos
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |