Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

jamoatchilik nazorati
ni amalga oshirishning 
samarali mexanizmlarini yaratish, jamoatchilik nazorati funksiyalarini 
yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda 
mamlakatimizda ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirishning samarali mexanizmlari shakllantirildi.
Demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etish 
sharoitida davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirishni ta’minlash masalasi konstitutsiyaviy tuzumning negizini tashkil 
etuvchi «shaxs–jamiyat–davlat» munosabatlarining mutanosibligiga 
erishish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim mexanizm 
hisoblanadi. Sababi, aynan jamoatchilik nazorati, bir tomondan, fuqarolar 


217 
va jamoat birlashmalarining davlat organlarining qonuniy faoliyatidan 
doimiy ravishda xabardor bo‘lish, ochiqligini ta’minlashga xizmat qilsa, 
ikkinchi tomondan, davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslarning 
ular manfaatlariga daxldor qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etishlari, 
jamoatchilik ta’sirini aks ettirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Hozirgi 
bosqichda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
ta’minlashning yaxlit tizimini shakllantirish, uning normativ-huquqiy 
asosini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli Konstitutsiyada jamoatchilik nazorati instituti 
mustahkamlandi. Jumladan, 2014-yil16-aprelda qabul qilingan 
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (32, 78, 93, 98, 103 va 
117-moddalariga)gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan 
Konstitutsiyaga davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining 
yaxlit tizimini shakllantirishni nazarda tutadigan o‘zgartishlar kiritildi.
Jumladan, Konstitutsiyaning 32-moddasiga jamoatchilik nazoratiga oid 
quyidagi konstitutsiyaviy normalar kiritildi: “O‘zbekiston Respubli-
kasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita 
hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday 
ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat 
organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek,davlat 
organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va 
takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat organlarining 
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun 
bilan belgilanadi”. 
Mazkur yangi konstitutsiyaviy normalar o‘z mazmuniga ko‘ra, 
hokimiyat tarmoqlari bo‘linishining konstitutsiyaviy prinsipini amalga 
oshirishga, ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining 
samarali tizimini shakllantirish borasidagi islohotlarni yanada 
chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, u davlat organlari faoliyati ustidan 
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik 
institutlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazorati 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, davlat 
organlari va ularning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga so‘zsiz 
rioya etishhlarini, ular o‘z oldida turgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, 
gumanitar hamda boshqa sohalardagi vazifa va vakolatlarni samarali 
amalga oshirishlarini ta’minlaydi.
Aynan shuning uchun ham, o‘z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini 


218 
shakllantirish maqsadini qo‘ygan mamlakatimizda bosqichma-bosqich, 
izchillik bilan jamoatchilik nazorati, uni amalga oshirishning 
tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish va rivojlantirish borasidagi islohotlar 
amalga oshirib kelinayotganligini isbotlamoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda davlat 
hokimiyatining jamiyat oldida mas’ul ekanini belgilovchi qoidalar 
mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, Asosiy qonunimizning 2-moddasida 
davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul 
ekanligi belgilangan. 19-moddada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va 
davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro 
bog‘liqligi mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy qonunda bu va boshqa bir 
qator qoidalarning mustahkamlanganligi aholi keng qatlamlari qo‘llab-
quvvatlaydigan boshqa vazifalar bilan bir qatorda, davlat organlari 
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qodir 
bo‘lgan fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining 
jadal shakllanishi va rivojlanishini ta’minlovchi qonunchilik tizimini 
shakllantirish imkonini berdi. 
Ushbu konstitutsiyaviy qoidalar “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, 
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida 
va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini sezilarli 
darajada kuchaytirishga, ularning davlat organlari faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish vakolatlarini mustahkamlashga 
qaratilgan boshqa bir qator qonun hujjatlarida o‘z rivojini topdi. 
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “...biz 
davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan 
shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, 
amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning 
uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan uning 
kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har 
tomonlama kuchaytirishga e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan 
boshqa muqobil yo‘l yo‘q” deb ta’kidlagan edilar
67
.
O‘tgan yillarda mamlakatimizda jamoatchilik nazorati institutining 
izchil rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan qator qonunlar 
qabul qilindi. “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va 
67
Каримов
И
.
А

Биз
танлаган
йўл
– 
демократик
тараққиёт
ва
маърифий
дунё
билан
ҳамкорлик
йўли

Т
11. – 
Т
.,2003. – 
Б
. 28-29. 


219 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar shular 
jumlasidandir. 
Mazkur qonunlarning qabul qilinishi davlat hokimiyati organlari 
faoliyatining ochiqligini ta’minlashga, ularning faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining 
rolini kuchaytirishga, jamoatchilikni davlat hokimiyati organlari faoliyati 
haqida xabardor qilishga, mamlakatimizni demokratik yangilash hamda 
modernizatsiya qilishga doir vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik 
jamiyati institutlarining roli hamda ahamiyatini oshirishga, shuningdek, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, 
bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek,boshqa hujjatlarning amalga 
oshirilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga xizmat qildi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish