2-§. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishdagi ishtiroki
Konstitutsiyada mustahkamlangan jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda O‘zbekiston fuqarolarining ishtirok etish huquqi xalqaro
213
standartlarga to‘la mos keladi, ushbu standartlar 1948-yil 10-dekabrdagi
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasida, har bir
shaxs o‘zining davlat boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan o‘z
vakillari orqali ishtirok etish; 1966-yil 16-dekabrdagi BMTning Fuqarolik
va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 25-moddasida, har bir
fuqaro hech bir kamsitilishlarsiz va asoslanmagan cheklashlarsiz ham
bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda
qatnashish huquq va imkoniyatlariga ega bo‘lishi o‘z aksini topgan.
Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi bir
qator xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarida mustahkamlangan. Masalan,
1958-yilgi (2008-yil 23-iyulda o‘zgartirishlar kiritilgan) Fransiya
Konstitutsiyasi
65
ning 3-moddasida: «O‘z vakillari orqali va referendum
yo‘li bilan amalga oshiriladigan, milliy suverenitet – xalqqa tegishli», deb
yozib qo‘yilgan. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi
66
ning
32-moddasida: «Rossiya Federatsiyasi fuqarolari davlat boshqaruvi
ishlarida bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega.
Rossiya Federatsiyasi fuqarolari davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish organlariga saylash va saylanish hamda referendumlarda
qatnashish huquqiga egalar», deya qayd etilgan.
Xalq hokimiyatchiligi, boshqa demokratik davlatlardagi singari
bizning mamlakatda ham fuqarolar tomonidan bevosita hamda o‘z
vakillari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va turli darajadagi
deputatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki
o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish, davlat organlarini
demokratik tarzda tashkil etish, davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati orqali amalga oshiriladi.
O‘zini o‘zi boshqarish, mahalla orqali amalga oshiriladi. Mahalla va
uning organlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil
22-aprelda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda boshqa normativ
hujjatlar bilan tartibga solinadi.
65
www.conseil-constitutionnel.fr
66
www.constitution.ru
214
Mahalla fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida davlat va
fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan hamkorlikda quyidagilarda
ishtirok etadi:
- aholiga manzilli ijtimoiy himoya choralarini amalga oshirish
(aholiga turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarga
moddiy yordam ko‘rsatish va voyaga etmagan bolalari bo‘lgan muhtoj
oilalarga, ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga,
shuningdek, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga nafaqalar
tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi, ishsizlarni ishga joylashtirish);
- xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish;
-
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolarga patronaj
xizmati ko‘rsatish;
-
tegishli hududda yashovchi fuqarolar bandligini ta’minlashga, shu
jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko‘maklashish;
-
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro
etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati,
imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash
qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-
atrof muhitni muhofaza qilish, yerdan foydalanish va muhofaza
qilish hamda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini
ko‘rib chiqish;
-
tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini
ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga
olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini
himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish;
-
kommunal to‘lovlar undirilishini ta’minlash, issiqlik va elektr
energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish bo‘yicha
tadbirlar o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni
ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida ko‘maklashish.
215
Referendum – bu bevosita demokratiyaning shakllaridan biridir.
Davlat ishlarini boshqarishda umumxalq ovoz berish yo‘li bilan
fuqarolarning bevosita ishtirok etish shakli. O‘zbekiston Respublikasining
referendumi Konstitutsiya va “O‘zbekiston Respublikasining referendumi
to‘g‘risida”gi1991-yil 18-noyabrdagi Qonuniga muvofiq o‘tkaziladi.
Referendum saylovlar bilan bir qatorda, xalq irodasining bevosita
ifodasidir. Saylovlardan farqli o‘laroq, referendum obyekti ma’lum bir
lavozim uchun nomzod emas, balki qonun, qonun loyihasi,
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish, davlat ichki yoki tashqi siyosati
masalalari bo‘ladi.
Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega va
faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin
(Konstitutsiyaning 9-moddasi sharhiga qarang).
Davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish – fuqarolarning
davlat ishlarida ishtirok etish shakli sifatida O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari davlat oliy mansabdor shaxslarini va turli darajadagi
deputatlarni bevosita saylashini anglatadi.
Shunday tarzda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bevosita
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – davlat boshlig‘ini, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputatlari – qonunchilik (vakillik) hokimiyatining
yuqori organ vakillarini va mahalliy Kengashlar xalq deputatlarini –
joylardagi vakillik hokimiyati organlarining vakillarini saylaydilar.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati –
fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokining
shaklidir. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati
to‘g‘risidagi norma asosiy Qonunga 2014-yilda kiritilgan.
Jamoatchilik nazorati – bu shaxs, jamiyat va davlat munosabatida,
bu sohada ijtimoiy adolat prinsipiga rioya etish, o‘zaro javobgarlik,
tenglik, manfaatlar balansini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Ushbu institut inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishning,
ularni davlat organlari faoliyatida ustuvorligini ta’minlashning yana bir
muhim kafolatlaridan hisoblanadi.
Jamoatchilik nazoratining u yoki bu jihatlari, uning shakli va usullari
40 dan ortiq qonun hujjatlarida mavjudligini ta’kidlab o‘tish zarur.
Shuningdek,“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunda jamoatchilik
ekologik nazoratining turli shakllari belgilangan, chunonchi: atrof-muhit
holatini va uning xo‘jalik faoliyati hamda boshqa faoliyat ta’siri ostidagi
o‘zgarishlarini, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
216
oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va
boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini kuzatib borish; davlat,
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda
kuzatuvchi sifatida ishtirok etish; tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining
atrof-muhitini muhofaza qilish, hududning sanitariya holati,
obodonlashtirilishi hamda ko‘kalamzorlashtirilishi masalalariga doir
axboroti hamda hisobotlarini eshitish; jamoatchilik ekologik
ekspertizasini o‘tkazish.
Shu bilan birga, Asosiy Qonunga 2014-yilda kiritilgan o‘zgartirishlar
bilan jamoatchilik nazorati institutiga – davlat va jamiyat ishlarini
boshqarishda fuqarolar ishtirokiga konstitutsiyaviy vosita maqomi berildi.
Shunday qilib, jamoatchilik nazorati institutining Konstitutsiyaga
asosan mustahkamlanishi kelgusida islohotlarning chuqurlashuviga, xalq
hokimiyati tamoyili tasdiqlanishiga, davlat organlarining ishlash
samaradorligini oshirishga, ularning mas’uliyatini kuchaytirishga,
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipining bosqichma-
bosqich amalga oshirilishiga imkon tug‘diradi.
Ta’kidlash joizki, jamoatchilik nazorati barcha rivojlangan
davlatlarda keng foydalaniladi va jamoatchilikning, shuningdek, fuqarolar
va ularning birlashmalarining davlat organlari faoliyati, birinchi o‘rinda
ijroiya hokimiyati organlari ustidan nazoratini anglatadi.
O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va
davlat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlash, ijro etuvchi hokimiyat
faoliyati ustidan
Do'stlaringiz bilan baham: |