Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Prezidentlik lavozimi nima uchun kerak bo’ldi?



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Prezidentlik lavozimi nima uchun kerak bo’ldi? 
O’zbekistonda prezidentlik lavozimijoriyetilishining asosiy 
sabablari quyidagilardir


birinchidan, 
davlat mustaqilligiga intilish, respublikada boshqaruv 
jarayonlarini demokratlashtirish aynan prezidentlik instituti joriy etilishini 


506 
taqozo etar edi. Chunki parlament uzoq bahs va munozaralarga berilib ketib, 
kun tartibida turgan dolzarb qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish 
imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham mamlakatni bir kishi tomonidan 
boshqarish ehtiyoji paydo bo’ldi. 

ikkinchidan, 
Prezidentlik lavozimini joriy etish sabablaridan yana
biri, hokimiyatlarning bo’linishi prinsipini rivojlantirishdan kelib chiqadi. 
Prezidentlik lavozimi davlat hokimiyati organlarining tizimini tashkil etishda 
demokratik prinsiplarni amalga oshirishga yordam berishga qaratilgan edi. 
Qonunchilik, ijro va sud hokimiyati faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish 
ehtiyoji paydo bo’ldi. 

uchinchidan, 
Prezident o’z zimmasiga hukumatni shakllantirish va 
uning ishiga rahbarlik qilishdek ulkan mas’uliyatni olishi uchun obyektiv 
zarurat tug’ildi. 

to’rtinchidan, 
vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlikni ta’minlash va 
murakkab muammolarni paysalga solmasdan zudlik bilan hal etish 
ehtiyoji paydo bo’ldi. O’sha paytlardamavjud bo’lgan davlat strukturasi
bu masalalarni hal etishga qodir emas edi. 
2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga 
ko’ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003-yil 24-apreldagi 
O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning 
XVIII,XIX,XX,XXIIIboblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan. Uning 
asosida kiritilgan qoidaga ko’ra, Konstitutsiyaning 89-moddasida 
Prezidentning davlat va ijroiya hokimiyati boshlig’i ekanligi ta’kidlangan. 
Unga ko’ra, Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimi olib tashlandi 
hamda hukumat boshlig’i Bosh vazirning hukumat faoliyatiga rahbarlik 
qilish mas’uliyati oshdi. Ushbu moddadagi «O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» 
deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi. Hech shubhasiz, aytish mumkinki, 
Prezident vakolatlari hamda vazifalarining shu tarzda qayta taqsimlanishi 
davlat qurilishi sohasida boshlangan demokratik jarayonlarni yanada 
chuqurlashtirish imkonini yanada kengaytirib bormoqda. 
O’zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish 
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
kuchaytirish to’g’risida” gi konstitutsiyaviy qonun, O’zbekiston 
Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi qabul qilingan “Davlat 
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunining 


507 
qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqidagi 
O’zbekiston Respublikasining qonuni, 2007-yil 11-apreldagi qabul 
qilingan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga 
tuzatishlar kiritish to’g’risida (89-moddasiga, 93-moddasinng 15-bandiga, 
102-moddasining 2-qismiga)” gi O’zbekiston Respublikasining qonuni 
asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy 
maqomi bo’yicha qator yangiliklar kiritildi.
Ijro hokimiyati faoliyatini shakllantirishdagi O‘zbekiston 
Respubltikasi Prezidenti va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolati 
va ishtirokini yanada takomillashtirish maqsadida, 2019-yil 5-martdagi 
“Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning 
mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 
ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
qonun qabul qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 79, 93,98 - moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi. 
Х
ususan, Konstitutsiyaning 93-moddasi, birinchi qismining
11- bandi quyidagi tahrirda bayon etildi: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va 
lavozimlaridan ozod qiladi”. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga katta ishonch bildirishi, 
bu orqali esa Qonunchilik palatasi o‘ziga yuklatilgan yuksak mas’uliyatni 
yuqori darajada bajarishi talab etiladi. 
Ushbu qonunlar talabi davlat boshqaruvini yanada 
demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga 
Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va 
mas’uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vazifalarini aniq-ravshan 
belgilash hamda huquqiy me’yorlar doirasida cheklash, shuningdek, 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni 
yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda 
ta’sirini kuchaytirishni taqozo qiladi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish