Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Sudga shikoyat qilish huquqi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Sudga shikoyat qilish huquqi
 – 
fuqarolar tomonidan ularning 
buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud tartibida 
tiklashni talab etadigan huquqidir. 
“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar 
va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida”gi qonunga binoan 
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari va mansabdor 
shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq kollegial yoki yakka tartibdagi 
xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga: 
a) fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzgan; 
b) fuqaroning huquq va erkinliklari ro’yobga chiqishiga monelik 
tug’dirgan; 
c) fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat 
yuklatilishiga sabab bo’lgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi. 
Fuqaro o’z huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qaror-
lar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki bo’ysinuv tartibida yuqori 
turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega. 
Berilgan shikoyatni tegishli davlat organi, mansabdor shaxs bir oylik 
muddatda ko’rib chiqishi shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlan-
tirish rad qilingan bo’lsa yoki u shikoyat bergan kundan boshlab bir oy 
mobaynida javob olmagan bo’lsa, sudga shikoyat bilan murojaat qilishga 
haqli. 
Shikoyatni huquq yoki erkinliklari buzilgan fuqaro yoki uning vakili, 
shuningdek,fuqaroning iltimosiga ko’ra jamoat birlashmasining, mehnat 
jamoasining vakolat berilgan vakili berishi mumkin. Shikoyat fuqaroning 
xohishiga qarab yo u yashaydigan joydagi sudga yoki organ joylashgan 
yerdagi, yoxud xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilinayotgan 
mansabdor shaxsning ish joyidagi sudga beriladi. 
Mazkur qonunga binoan sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun 
quyidagi muddatlar belgilanadi: 


276 
- fuqaro o’z huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan 
kundan boshlab uch oy; 
- fuqaro yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxsning shikoyatni 
qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini olgan kundan 
boshlab bir oy; 
- agar fuqaro o’z shikoyatiga yozma javob olmagan bo’lsa, shikoyat 
berganidan keyin bir oy muddat o’tgan kundan boshlab bir oy. 
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan 
muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin. 
Fuqaroning davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zinio’zi boshqarish organlari, 
mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyati sud 
tomonidan fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish qoidalari asosida ko’rib
chiqiladi. 
Shikoyatni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha sud qaror chiqaradi.
Sud shikoyatning asosliligini aniqlagach, ustidan shikoyat berilgan xatti-
harakatni (qarorni) qonunga xilof deb topadi, fuqaroning talablarini 
qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi yoki uning buzilgan huquq va 
erkinliklarini o’zgacha yo’l bilan tiklaydi. 
Agar ustidan shikoyat berilgan xatti-harakatni (qarorni) sud 
fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzmaydigan qonuniy xatti-harakat 
(qaror) deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi. Sudning qarori 
ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori sudga shikoyat 
berilishi mumkin. 
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organlari, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar 
uchun majburiy va uni bajarish shart. 
Sudning qarori xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilgan 
organ yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, fuqaroga qaror qonuniy 
kuchga kirgach kechi bilan o’n kun ichida yuboriladi. Qaror bajarilganligi 
haqida sudga va fuqaroga sud qarori olingan kundan boshlab kechi bilan 
bir oy ichida xabar qilinishi shart. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
PF – 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 – 2021-yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasining fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash yuzasidan sud, huquqni 
muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va 


277 
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo’yicha 
tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab qo’yildi. Bu borada 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimida ma’muriy sudlar tashkil 
etildi. Shu paytga qadar fuqarolik ishlari bo’yicha va iqtisodiy sudlar 
tomonidan ko’rib kelinayotgan davlat organlari va ularning mansabdor 
shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rib 
chiqish ma’muriy sudlar zimmasiga yuklatildi. Ma’muriy sudlar faoliyatini 
protsessual tartibga solish uchun O’zbekiston Respublikasining ma’muriy 
sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksi qabul qilindi. Ushbu islohotlar 
fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqini ta’minlashga oid yuridik 
kafolatlar tizimini yanada takomillashtirdi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish