Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Konstitutsiyaviy sud sudyalari O’zbekiston Respublikasi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Konstitutsiyaviy sud sudyalari O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 108-moddasiga muvofiq daxlsizlik huquqidan 
foydalanadilar.
“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi 
to’g’risida”gi Qonunining 21-moddasiga binoan mazkur sudyalar 
Konstitutsiyaviy sudning roziligisiz jinoiy va ma’muriy javobgarlikka 
tortilishlari, shuningdek, qamoqqa olinishlari mumkin emas. 
Konstitutsiyaviy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi faqat 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo’zg’atilishi 
mumkin. 
Konstitutsiyaviy sud sudyasini majburiy keltirish, ushlab turish, xuddi 
shuningdek, uning shaxsiy ashyolarini, bagajini, transportini, 
uy-joyini, xizmat xonasini ko’zdan kechirishga yo’l qo’yilmaydi.
Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolatlarini to’xtatish faqat 
“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi 
Konstitutsiyaviy qonunining 22-moddasida belgilangan hollarda 
Konstitutsiyaviy sud qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlari va 
joriy faoliyati eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri bo’lgan sud 
hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlaridan 
mustaqilligini o’zida ifoda etadi. Konstitutsiyaviy sud, boshqa sudlardan 
farqli ravishda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning 


637 
hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi va hal 
qiladi, ishlarni ko’rishda va xulosa berishda faqat O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi. 
Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari 
Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radigan sud 
hokimiyati organi hisoblangan Konstitutsiyaviy sud O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi va “O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy 
qonunining 4-moddasiga binoan: 
– birinchidan
, O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va 
boshqa majburiyatlarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
muvofiqligini aniqlaydi; 
– ikkinchidan
, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 
imzolanguniga qadar O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy 
qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini 
ratifikatsiya qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 
– uchinchidan
, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi qonunlarining O’zbekiston Respublikasining qonunlariga 
muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi; 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish