Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

–to’rtinchidan
, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
qonunlari normalariga sharh beradi; 
– beshinchidan
, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan 
ishda qo’llanilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarning 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to’g’risida 
sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko’rib chiqadi; 
– oltinchidan
, konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini 
umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga 


638 
mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to’g’risida axborot 
taqdim etadi; 
– ettinchidan
, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 
qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko’rib chiqadi. 
Konstitutsiyaviy sud mazkur sudda ko’rib chiqish uchun 
kiritiladigan masalalarni hal qilish orqali Konstitutsiyaning 
ustunligini ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson 
huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman), Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to’rtdan bir qismidan iborat 
deputatlar guruhi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari 
umumiy sonining kamida to’rtdan bir qismidan iborat senatorlar 
guruhi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori Konstitutsiyaviy sudda ko’rib chiqish uchun masalalar 
kiritish huquqiga ega. Masala Konstitutsiyaviy sudning kamida uch sudya-
si tashabbusi bilan ham kiritilishi mumkin. 
Muayyan qonunining Konstitutsiyaga zid bo’lganligi haqida fuqarolar 
murojaatlarining, shuningdek, Konstitutsiya normalariga sharh berish 
haqidagi murojaatlarning Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko’rib chiqilishi 
qonunda nazarda tutilmagan bo’lsa-da, fuqarolarning murojaatlari ayrim 
masalaning, mazkur masala Konstitutsiyaviy sudida ko’rib chiqish uchun 
ushbu sudning kamida uch sudyasi tashabbusi bilan kiritilgan taqdirda, 
Konstitutsiyaviy sudida ko’rib chiqilishiga asos sifatida xizmat qiladi. 
Agar olingan materiallar qo’yilayotgan talablarga javob bersa, 
Konstitutsiyaviy sud ular olingan kundan e’tiboran etti kunlik muddatdan 
kechiktirmay masalani o’rganib chiqishga kirishadi.
Konstitutsiyaviy sud tegishli material olingan paytdan boshlab kechi 
bilan uch oy ichida ko’rib chiqilayotgan masala yuzasidan qaror qabul 
qiladi. 
Konstitutsiyaviy sud majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 
Spikeri, uning o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining Raisi, uning o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 
bo’yicha vakili (ombudsman), Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i 


639 
Kengesi Raisi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O’zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O’zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori va adliya vaziri ishtirok etishi mumkin. Ular ko’rib 
chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o’z fikrlarini bayon etishga 
haqlidir. 
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligiga shubha 
tug’dirgan, ko’rib chiqilayotgan aniq masalalar yuzasidangina hujjat
qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga 
muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoxud uning 
qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar xususida ham, 
garchi Konstitutsiyaviy sud ko’rib chiqishi uchun kiritilgan masalada
ular to’g’risida so’z yuritilmagan bo’lsa-da, bir vaqtning o’zida hujjat 
qabul qilishi mumkin.
Konstitutsiyaviy sudning hujjati ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul 
qilinadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi ovoz berishda betaraf qolishga yoki 
ishtirok etmaslikka haqli emas.
Konstitutsiyaviy sudning hujjati, agar majlisda hozir bo’lgan sudya-
larning ko’pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo’lsa, qabul qilingan
deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo’linib qolgan taqdirda, raislik qiluvchin-
ing ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy sudning hujjatiga qo’shilmagan Konstitutsiyaviy sud 
sudyasi o’z fikrini yozma tarzda bayon qilishga va uni Konstitutsiyaviy 
sud majlisining bayonnomasiga qo’shib qo’yishga haqlidir.
Fikrimizcha, normativ-huquqiy hujjatni Konstitutsiyaga zid bo’lgan 
deb topilishi ushbu hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini 
takrorlaydigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning, garchi 
Konstitutsiyaviy sudining hujjatida ular xususida so’z yuritilmagan
bo’lsa-da, bekor qilinishlariga bevosita olib kelishi lozim. 
Xalqaro shartnomaning va normativ-huquqiy hujjatning 
Konstitutsiyaga muvofiqligi to’g’risida ko’rib chiqilgan ishning mohiyati 
bo’yicha Konstitutsiyaviy sudning hujjati qaror deb ataladi. Qarorlar 
Konstitutsiyaviy sud tomonidan O’zbekiston Respublikasi nomidan 
chiqariladi. 
Boshqa hollarda Konstitutsiyaviy sudning hujjati xulosa deb ataladi 
yoki boshqacha shaklga ega bo’lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari, xulosalari va boshqa hujjatlari 


640 
ommaviy axborot vositalarida hamda Konstitutsiyaviy sudning rasmiy 
veb-saytida e’lon qilinadi.
«O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami», «Xalq so’zi» 
va «Narodnoe slovo» gazetalari, «O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi Axborotnomasi», shuningdek, O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Konstitutsiyaviy 
sudning hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir. 
Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy e’lon qilingan kundan 
e’tiboran kuchga kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat’iy va uning ustidan shikoyat qilin-
ishi mumkin emas. 
O’tgan yillar mobaynida Konstitutsiyaviy sud tomonidan 
tadbirkorlarning, bank omonatchilarining, fuqarolarning huquqlarini 
himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan masalalar ko’rib chiqilgan. 
Qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda Konstitutsiyaviy sud 
Oliy Majlisga ma’muriy, jinoyat, fuqarolik, mehnat, jinoyat-protsessual 
qonunchiligini takomillashtirish masalalari bo’yicha takliflar kiritgan. 
Konstitutsiyaviy sudga kelib tushadigan ko’p sonli davlat 
organlarining talab va arizalari, fuqaro va yuridik shaxslarning shikoyatlari 
bozor iqtisodiyoti, yagona iqtisodiy maydonni tashkil topish jarayonining 
qiyinchiliklari va qarama-qarshiliklari bilan bog’liq.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish