Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarinituzish tartibi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarinituzish tartibi

Shuni yodda tutish kerakki, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlari va mahalla tushunchalari o’rtasida farq bor, bu tushunchalarni bir 
ma’noda ishlatish noto’g’ri.
«Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi 
Qonunning 8-moddasiga binoan «Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, 
shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda 
ovullardagi mahallalar fuqarolar yig’inlari fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlaridir. 
Fuqarolar yig’ini deganda, mahalliy ahamiyatga molik 
masalalarni hal qilish maqsadida yig’ilgan aholi yoki uning ma’lum 
bir qismini tushunamiz. 
Qonunchilikka asosan “fuqarolarning o’zini


590 
o’zi boshqarish organi” va “fuqarolar yig’ini” iboralari bir ma’noni 
anglatadi. 
Mahallalar shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar 
hududida tashkil etiladi. Mahallalar ma’muriy-hududiy birliklar 
hisoblanmaydi. 
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi 
Qonunning 31-moddasiga asosan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish 
ma’muriy-hududiy birliklar va mahalla birlashtirilganda, bo’linganda, 
tugatilganda, chegaralari o’zgartirilganda fuqarolar yig’inining 
qaroriga ko’ra qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”. Demak, 
fuqarolar yig’inining faoliyati mahallalarni tashkil qilish va qayta tashkil 
etish, ularning chegaralarini belgilash kabi omillarga bevosita 
bog’liqligini e’tirof etish lozim. 
Ushbu munosabatlar “Shaharlar, posyolkalar va ovullarning 
mahallalarini tuzish, birlashtirish, bo’lish va tugatish, shuningdek, 
ularning chegaralarini belgilash va o’zgartirish, ularga nom berish va 
ularning nomini o’zgartirish tartibi to’g’risida”gi Nizom talablari bilan 
tartibga solinadi. 
Xo’sh, mahallalarni tuzish uchun qanday sharoitlar bo’lishi taqozo 
etiladi? 
Birinchi navbatda, mahallani uzish uchun kamida 500 oila 
yashaydigan aholi punktlarining geografik joylashishi hisobga olinadi.
Mahallalar, istisno hollarda, 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 
100 oila yashaydigan borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda tashkil 
etilishi mumkin. 
Mahallalar tuzish mumkin bo’lmagan taqdirda, posyolkalar
qishloqlar va ovullarning hududlari, mahallalar tuzmasdan, posyolkalar, 
qishloqlar va ovullarning tegishli fuqarolar yig’inlari tomonidan 
boshqariladi. 
Agar posyolka, qishloq va ovulning fuqarolar yig’ini hududida ko’pi 
bilan 1500 oila istiqomat qilsa, ushbu posyolkalar, qishloqlar va ovullarda 
mahallalar tuzilmaydi. 
Mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo’lish bo’yicha takliflar 
posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yig’ini 
kengashi tomonidan posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining 
fuqarolar yig’iniga ko’rib chiqish uchun kiritiladi. 
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo’lish bo’yicha takliflarda: 
–aholi fikrini o’rganish to’g’risidagi; 


591 
–muayyan hudud, uning tarixiy va geografik xususiyatlari 
to’g’risidagi; 
–yaqin atrofdagi aholi punktlari va mahallalarning joylashishi 
to’g’risidagi; 
–ushbu hududda yashaydigan aholi va oilalar soni to’g’risidagi; 
–ushbu hududda joylashgan eng yirik sanoat, transport tashkilotlari 
va boshqa tashkilotlar, fermer xo’jaliklari to’g’risidagi; 
tuziladigan, birlashtiriladigan va bo’linadigan mahallalarning 
chegaralarini belgilash bo’yicha takliflar to’g’risidagi; 
–mahallalarga nom berish va ularning nomini o’zgartirish bo’yicha 
takliflar to’g’risidagi axborotlar aks ettiriladi. 
Posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yig’ini 
mahallani tuzish, birlashtirish va bo’lish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqib 
o’zining qarori bilan ularni ma’qullaydi yoki asoslangan holda rad etadi, 
zarurat bo’lganda, ularga tegishli o’zgartirishlar kiritishni tavsiya etadi. 
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda mahallalarni tuzish, birlashtirish 
va bo’lish bo’yicha takliflar uch kun mobaynida posyolkalar, qishloqlar, 
ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yig’inlari tomonidan
tegishli iltimosnoma bilan tuman, shahar hokimiga yuboriladi. 
Tegishli tuman (shahar) hokimiga yuborilayotgan iltimosnomaga 
quyidagilar ilova qilinadi: 
–tegishli posyolka, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar 
yig’inining mahallalarni tuzish, birlashtirish va bo’lish bo’yicha takliflarni 
ma’qullash to’g’risidagi qarori; 
–tuzilayotgan, birlashtirilayotgan mahallaga nom berish va faoliyat 
ko’rsatayotgan mahallalarning nomini o’zgartirish bo’yicha takliflar; 
–mahalla hududining tuman, shahar hokimi bilan oldindan 
kelishilgan rejasi (mahallalar chegaralarini belgilash va o’zgartirish) 
bo’yicha takliflar. 
Tuman, shahar hokimi mahallani tuzish, birlashtirish, bo’lish 
to’g’risida posyolka, qishloq, ovul yoki shahar mahallalarining fuqarolar 
yig’ini tomonidan kiritilgan takliflarni besh kun muddatda ko’rib 
chiqadi hamda mahallaning chegaralari rejasini va tavsifini tayyorlashni, 
shuningdek, unga nom berish, uning nomini o’zgartirish bo’yicha 
takliflarni kelishishni ta’minlaydi. 
Tuman, shahar hokimi mahallaning nomi kelishilgandan hamda 
uning chegaralari rejasi va tavsifi tayyorlangandan keyin o’n kun 
muddatda, mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo’lish bo’yicha takliflarni, 


592 
ularga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, xalq deputatlari tegishli tuman, 
shahar Kengashiga kiritadi. 
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi navbatdagi sessiyada 
tuman, shaharlar hokimining taklifini ko’rib chiqadi va mahallani tuzish, 
mahallalarni birlashtirish, mahallani bo’lish (ularning chegaralarini 
belgilagan va ularga nom bergan yoki ularning nomini o’zgartirgan holda) 
to’g’risida yoxud ushbu taklifni rad etish haqida qaror qabul qiladi. 
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining vakolatlari 
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun 
normalari bilan tartibga solinadi (qarang: “Fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun). 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish