6-§. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari. Hokimning maqomi
Mahalliy miqyosda hokimiyatning vakillik organlari sifatida xalq
deputatlari Kengashlari saqlab qolinib (ular avvalgi tuzumda ham mavjud
edi), ularning tashkil bo’lishi, faoliyati demokratlashtirildi, tarkibi optimal
darajaga keltirildi va ular haqiqiy davlat hokimiyati sifatida huquqiy
mustahkamlanib qo’yilgan bo’lsa, ijro hokimiyati yangidan tashkil qilindi
va yangi institut – hokim lavozimi o’rnatildi. Sobiq tuzum davridagi
qonunlarda, umuman, ijro hokimiyati degan (shu jumladan, mahalliy
ijroiya hokimiyati) institut, tushuncha yo’q edi. U davrdagi qonunlarda
faqat xalq deputatlari Sovetlari davlat hokimiyati organi hisoblanib,
ijro organlarini Sovetning organi, deb mustahkamlangan va ijro organlarini
ham kollegialchilik (ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishini beliglab
qo’yilib, yakka boshchilik sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb
hisoblangan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach ijro hokimiyatini tashkil qilish,
uning faoliyatini kuchaytirish yo’lidan bordi. Toshkent shahrida ijro
organining boshlig’i yakka boshchilik asosida faoliyat ko’rsatadigan
hokim bo’lishi maqsadga muvofiq, degan fikr asosida, 1991-yil
29-dekabrda eksperiment tariqasida Toshkent shahar hokimi Toshkent
xalqi tomonidan saylab qo’yildi. 1992-yil yanvardagi “O’zbekiston
Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish
to’g’risida”gi qonuniga binoan Respublikaning barcha ma’muriy
tuzilmalarida ijro hokimiyatini boshlig’i sifatida hokim lavozimi tashkil
qilinishi belgilandi va joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarmog’i
sifatida e’tirof etildi. Bu g’oya keyinchalik O’zbekiston Konstitutsiyasida
ham mustahkamlanib qo’yildi.
578
Konstitutsiyaga asosan barcha ma’muriy-tuzilish pog’onalarida
hokim lavozimi mavjud bo’lib ular vakillik hokimiyati organlarini
boshqaradi. Shuningdek, ijro hokimiyatini ham hokimlar boshqaradi
(100, 102-moddalar).
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunga asosan Hokimlar
viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi
(1-modda). Hokim joylardagi mansabdor shaxs sifatida o’zbek
davlatchiligida azaldan qo’llanilib kelingan va sotsialistik tuzumda yo’q
qilingan lavozim edi.
Hokim lavozimining o’rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakka
boshchilik prinsipida amalga oshirilishini belgiladi. Yakka boshchilik
prinsipi faqat mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas,
ularning mas’uliyati kuchli bo’lishini nazarda tutadi. Shuning uchun
hokimlar o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi
vakolat, huquqlar bilan birga kuchli mas’uliyatlar ham yuklangan.
Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq deputatlari
Kengashlari oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va
tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi qonunning
1-moddasida belgilab qo’yilgan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan davlatchilik sohasidagi islohotlar
ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati nazoratini
kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish nazarda tutilmoqda va
holatlar qonunlarda aks ettirilmoqda.
2017-yil aprel oyida Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishda
hokimlarning vakillik organlari oldida hisobdorligi yanada kuchaytirildi.
Unga asosan «Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq
deputatlari Kengashiga, viloyat, tuman va shahar ijtimoiy-iktisodiy
rivojlantirishni eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar
taqdim etadi, ular bo’yicha xalq deputatlar Kengashi tomonidan tegishli
qarorlar qabul qilinadi» (Konstitutsiyaning 103-modda ikkinchi qismi).
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish to’g’risida”gi
231
Qonunning 7-moddasida “Xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda
Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari” deb
231
Қ
a
р
a
нг
:
Ўзб
e
кист
o
н
Р
e
спублик
a
си
O
лий
М
a
жлиси
ф
ao
лиятини
т
a
ртибг
a
с
o
лувчи
қ
o
нун
ҳуж
-
ж
a
тл
a
ри
тўпл
a
ми
. –
Т
.: 2007. – 222–224-
б
e
тл
a
р
.
579
nomlanadi va unda Kengashlardagi partiya guruhlariga hokim lavozimida
ishlayotgan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to’g’risida Prezidentga
asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi berildi. Bunday
tashabbus yetakchi guruhlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan taqdirda
Prezident bu tashabbusni Kengash muhokamasiga tayinlaydi va
muhokama natijasiga ko’ra qaror qabul qiladi.
2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi
ma’ruzasida Prezident davlat organlari faoliyati ustidan “O’zbekiston
Respublikasida jamoat nazorati to’g’risida”gi, “Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligi to’g’risida”gi qonunlar qabul
qilish zarurligini ko’rsatib o’tdi
232
.
Hokimning mas’uliyati kuchli bo’lsa, ish yaxshi yo’lga qo’yiladi va
natija yaxshi bo’ladi. Hokim institutining eng muhim xususiyati shundaki,
hokim faqat o’zi tomonidan qabul qilingan hujjatlarning to’g’riligi,
harakati va faoliyatining qonuniyligi uchungina javobgar bo’lmay,
Konstitutsiyaning 103-moddasiga asosan o’zi rahbarlik qilayotgan
organlarning ham qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgar bo’ladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi sohasidagi
islohotlar natijasida mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatida ko’plab
muammolar mavjudligi ham aniqlandi.
Hokimlar faoliyatida uchrab turgan kamchiliklarni bartaraf etish
hozirgi kun tartibidagi muhim masala ekanligi e’tiborga olinib,
«O’zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi» qabul
qilindi.
233
Bu konsepsiya holatlarni amalga oshishi ijro hokimiyati –
xokimlarning mavqeini yanada mustahkamlashga, hokim bilan xalq
deputatlari Kengashlari munosabatini yangi darajada tashkil qilishga
olib keladi.
2017-yil 22-dekabrda O’zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga
Murojaatnomasida «Yaqin istiqboldagi dolzarb masalalardan biri – hudud-
larda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga mas’ul bo’lgan rahbarlarni tanlash va
joy-joyiga qo’yish bo’yicha vakolatlarni tuman va shahar hokimlariga
to’liqo’tkazishdan iborat.
232
Қ
a
р
a
нг
:
К
a
рим
o
в
И
.A.
М
a
мл
a
к
a
тимизд
a
д
e
м
o
кр
a
тик
исл
o
ҳ
o
тл
a
рни
янада
чуқурл
a
штириш
в
a
фуқ
a
р
o
лик
ж
a
миятини
ривожлантириш
к
o
нц
e
пцияси
. –
Т
.:
Ўзб
e
кист
o
н
, 2010. – 31, 46-
б
e
тл
a
р
.
233
Бу
ҳакда
қаранг
:
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг
2017
йил
8-
сентябрдаги
ПФ
-5185-
сонли
фармони
,
Халк
сузи
, 2017
йил
9
сентябрь
580
Ayni paytda mahalliy rahbarlarga bunday keng vakolat vamustaqillik
berish bilan birga, yakuniy natija uchun ularning javobgarligini tubdan
oshirish zarur»
234
- deb ta’kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |