deputat
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga
saylangan va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O’zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro’yxatga olingan,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga
tayinlangan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi esa
senator
hisoblanadi.
3
Ҳусанов
О
.
Ваколат
ва
масъулият
//
Ҳаёт
ва
қонун
. 2005.–
№
1. –
Б
.3.
482
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi Oliy
Majlisning vakolat muddatiga, ya’ni besh yil muddatga saylanadi
(tayinlanadi).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qonunchilikka muvofiq, deputat va
senatorning vakolatlari muddatidan oldin ham tugatilishi mumkin.
Xususan, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputatining va Senati a’zosining maqomi to’g’risida”gi Qonunining
4-moddasiga asosan Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosining
vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
- u o’z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza
bergan taqdirda;
- u, qonunga ko’ra, deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga
oshirishiga nomuvofiq bo’lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan
taqdirda;
- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan
taqdirda;
- u chaqirib olingan taqdirda;
- sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
- u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo’qolgan
deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
- u O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotgan taqdirda;
- u vafot etgan taqdirda;
- palata tarqatib yuborilgan taqdirda.
Alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegishincha
Qonunchilik palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan
ilgari tugatilishi mumkin. Deputat, senator degan yuksak nomga
dog’ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani ko’rib chiqish uchun asos
bo’lishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, jahon mamlakatlari konstitutsiyaviy amaliyotida
parlament a’zosining maqomiga uning bu lavozimni qay usulda
egallashiga muvofiq ravishda turlicha yondashish holatlari ham mavjud.
Masalan, Buyuk Britaniyada Parlamentning yuqori – “Lordlar palatasi
tarixiy an’anaga muvofiq, saylov asosida shakllantirilmaydi. Palataga
a’zolik tegishli dvoryan unvonini olish bilan bog’liq. Lordlar palatasi
a’zolari orasida 1195 gersog, markiz, graf, vikont, baronlar bor.
Parlament a’zolari – perlar diniy, dunyoviy, merosxo’rlar va butun umrga
saylanganlar toifalaridir. Diniy toifaga 26 arxiyepiskop va yepiskoplar
mansub. Ular o’z lavozimiga ko’ra palata a’zolaridir. Palataning qolgan
barcha a’zolari dunyoviy toifaga mansub. Asosiy guruhlardagi a’zolar
483
avloddan-avlodga o’tib kelayotgan merosxo’rlardan iborat (ular 789 a’zoni
tashkil qiladi). Palatada 359 ta ijtimoiy va siyosiy faoliyatda alohida
nufuzga ega umrbod tayinlangan a’zolar bor. Palataning 11 a’zosi
apellyatsiya bo’yicha lord-ordinarlar hisoblanadi. Ular yuqori sud
lavozimlarida ishlab, sud ishlarini ko’rib chiqishda yordam berishadi”
1
.
O’z navbatida lavozimga ega bo’lish usulidagi ushbu farqlar tegishli
toifalarning huquqiy maqomi ham o’zaro farqlanishiga sabab bo’lgan.
Qonunga muvofiq, deputat va senatorning huquqiy maqomi ikki
guruhdagi normalar yig’indisidan iborat: 1) deputatning, senatorning
huquqlari va majburiyatlari; 2) deputat va senator faoliyatining asosiy
kafolatlari.
Deputatning, senatorning huquqlari va majburiyatlari
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning
majlisida ko’rib chiqilayotgan barcha masalalar bo’yicha hal qiluvchi
ovoz huquqidan foydalanadi.“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosining maqomi to’g’risida”gi
Qonunining 7-moddasiga asosan deputat, senator: palataning organlariga
saylash va saylanishga; palata majlisida ko’rib chiqilishi uchun masalalar
taklif etishga; palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi
hamda saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor
shaxslarning nomzodlari bo’yicha fikr bildirishga; so’rov bilan murojaat
etishga;O’zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek,
palata qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko’rib chiqilishi uchun
masalalar taklif etishga va boshqa bir qator huquqlarga ega.
Qonunchilikda deputat, senatorning huquqlari bilan bir qatorda,
ularning majburiyatlari ham belgilangan.Deputat va senator tegishincha
Qonunchilik palatasining, Senat majlislarida, shuningdek, palataning
qaysi qo’mitasi, komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi tarkibiga
saylangan bo’lsa, shu qo’mita, komissiyaning majlislarida qatnashishi,
ovoz berishda Qonunchilik palatasining, Senatning reglamentlarida
belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qo’mita,
komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish imkoniyati
bo’lmagan taqdirda deputat, senator bu haqda tegishincha Qonunchilik
palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, qo’mita, komissiya raisiga, kelishuv
1
Шарифхўжаев
М
.
М
.
Ўзбекистон
Республикаси
Олий
Мажлисининг
Сенати
.
Тошкент
: “
Шарқ
”
нашриёт
-
матбаа
акциядорлик
компанияси
. 2005. -38-
бет
.
484
komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisiga oldindan xabar
qilishi shart.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Qonunchilik palatasi deputatining
maqomida Senat a’zosining maqomidan farq qiluvchi xususiyatlar
mavjud. Bu xususiyatlar, asosan, quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |