471
Deputatlarning ismi-shariflari «Journal Officiel»da nashr qilinishi bilan
ular tayinlangan deb hisoblanadi. Ushbu qoida har bir siyosiy partiya,
ya’ni turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun qulay
sharoit yaratadi. Bunday yo’l bilan shakllangan komissiyalarda ish jadal
olib boriladi.
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
Qonunining 2-moddasi demokratik kuchlar blokini tashkil etish
uchun huquqiy asos bo’lib, unda bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari
o’z dasturiy maqsad-vazifalarining yaqinligidan yoki o’xshashligidan kelib
chiqqan holda parlament ko’pchiligini tuzishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Ushbu normaga asoslanib, 2015-yil14-mart kuni Oliy Majlis
Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –
O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy
tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo’shma majlisi bo’lib
o’tdi. Unda parlamentning quyi palatasida “Demokratik kuchlar bloki”ni
tuzish masalasi muhokama etildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.
Oliy Majlis palatalari faoliyatini tashkil etishda, palatalar devoni
faoliyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, Oliy Majlis palatalari,
uning organlari va ular faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika
ta’minotini devon amalga oshiradi. Oliy Majlis palatalari devoni o’z
faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O’zbekiston
Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalari, uning Kengashi
qarorlariga, Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisining farmoyishlariga
hamda Nizom talablariga amal qiladi
.
Oliy Majlis palatalari devoni
axborot - tahlil, tashkiliy - nazorat, yuridik, xalqaro aloqalar, moddiy -
texnika va ta’minot, moliya, hisob va hisobot kabi bo’limlardan iborat
bo’lib,ular qo’mitalar bilan ishlash, yuridik xulosa berish, nazorat-axborot,
xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish va boshqa shu kabi muhim tashkiliy va
axborot vazifalarini amalga oshiradi.
Oliy Majlis palatlari devoni yuridik shaxs hisoblanadi. Devonning
tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Spikeri hamda
Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi.
Parlament ishini tashkil etishning O’zbekiston va xorijiy davlatlar
tajribasidan ma’lumki, parlament devoni ishini to’g’ri tashkil etish uning
vazifalarini samarali amalga oshirishning kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: