Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

12 
ta(
8,9%
); 
– Qonunchilik palatasi deputatlari – 
27 
ta (
20,0%
); 
– Vazirlar Mahkamasi – 
60 
ta(
44,4%
); 
– Oliy sud – 
19 
ta(
14,1%
); 
– Oliy xo’jalik sudi – 

ta(
1,5%
); 
– Bosh prokuror – 
15
ta (
11,1%
) qonun loyihasini kiritgan
2

2018-yilda esa, qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan 
holda: 
– O’zbekiston Respublikasi Prezidenti – 
19 
ta
(13,1%)

– Qonunchilik palatasi deputatlari – 
23 
ta 
(15,9%)

– Vazirlar Mahkamasi – 
81 
ta
(55,6%)

– Oliy sud – 
10 
ta
(6,8%)

– Konstitutsiyaviy sud – 

ta
(1,3%)

– Bosh prokuror – 
10
ta 
(6,8%)
qonun loyihasini kiritgan
3

1
Давлат
ва
ҳуқуқ
назарияси

Дарслик

Профессор
Х
.
Т
.
Одилқориев
таҳрири
остида
.- 
Тошкент
.: 

Шарқ
”, 2009- 
Б
.240. 
2
ЎзбекистонРеспубликаси
Олий
Мажлиси
Қонунчилик
палатасининг
расмий
веб
-
сайти

www.parliament.gov.uz. 
3
ЎзбекистонРеспубликаси
Олий
Мажлиси
Қонунчилик
палатасининг
расмий
веб
-
сайти

www.parliament.gov.uz. 


474 
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda qonunchilik 
tashabbusi huquqi subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi 
kerak: 
1)
qonun loyihasining kontsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati, 
ushbu kontsepsiyada huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy 
g’oyasi,maqsadi va predmeti; tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy
jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo’lgan qonunlar 
hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi 
umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish 
zaruriyati asoslari; qonun loyihasining asosiy qoidalari;bo’lg’usi 
qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi 
belgilab berilgan bo’lishi kerak; 
2) o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi, shuningdek, 
qonun loyihasi kiritilishi bilan bog’liq qonunlarni o’z kuchini yo’qotgan 
deb topish to’g’risidagi qonun loyihasi; 
3) o’zgartirilishi, qo’shimchalar kiritilishi, o’z kuchini yo’qotgan deb 
topilishi yoki qabul qilinishi kerak bo’lgan qonunosti hujjatlarining 
ro’yxati; 
4) xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, 
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, 
O’zbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba 
qo’llanilishining maqbulligi to’g’risidagi asosli takliflar ketma-ket 
tartibda ko’rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval; 
5) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun 
moliyaviy-iqtisodiy asoslar; 
6) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini 
ko’paytirishni, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti 
moddalari bo’yicha o’zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning 
loyihalari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
xulosasi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 
Reglamenti to’g’risida”gi qonunning 8
1
-moddasiga muvofiq, Qonunchilik 
palatasining Kengashi huzurida Qonunchilik palatasi devoni xodimlari 
orasidan uch kishidan iborat tarkibda kiritiladigan qonun loyihalarini va 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqishni tashkil 
etish bo’yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tuzilishi belgilab qo’yildi.
Bunda kelib tushgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar loyihalarini ro’yxatdan o’tkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi 


475 
a’zolarini ular haqida xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin 
kuzatib borish Muvofiqlashtiruvchi guruh zimmasiga yuklatildi. 
Shuningdek, fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi 
bo’yicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi shartligi qonunda 
mustahkamlab qo’yildi. Bu esa siyosiy partiya fraksiyalari hamda 
deputatlik guruhlarning har bir qonun loyihasi yuzasidan o’zining mustaqil 
pozitsiyasini bildirish imkoniyatini kafolatlab beradi.
Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning 
axborotini eshitib, mas’ul qo’mitani belgilaydi, qonun loyihasi hamda 
unga ilova qilingan materiallarni masu’l qo’mitaga va, bir vaqtning o’zida, 
fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi.
Qonun loyihasi ko’rib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun 
loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib chiqishga tayyorlash 
muddatini belgilaydi. Ko’rib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi 
tegishli materiallar bilan qo’mitalarga yuboriladi. Qonun loyihasini 
dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi 
o’qishda ko’rib chiqishga tayyorlash mas’ul qo’mita tomonidan amalga 
oshiriladi. Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) qonun loyihasini dastlabki 
tarzda muhokama qilish yakunlariga ko’ra mas’ul qo’mitaga o’z fikrlari
va takliflarini taqdim etadi. 
Mas’ul qo’mita fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor 
tashkilotlar hamda ekspertlar guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga 
olgan holda qonun loyihasining dastlabki tarzdagi muhokamasini o’tkazadi 
va, agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat 
belgilangan bo’lmasa, qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran ikki oy 
ichida unga: 
-
Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi 
o’qishda ko’rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish to’g’risidagi 
qarori loyihasini; 
-
mas’ul qo’mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki 
rad etish zarurligi asoslangan xulosasini; 
-
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi 
bo’yicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik palatasi 
Kengashi ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi. 
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o’qishda 
ko’rib chiqadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o’qishda 
ko’rib chiqish chog’ida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, 
qonun loyihasining kontsepsiyasi, uning O’zbekiston Respublikasining 


476 
Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi, 
shuningdek, qonunni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar va 
moliyalash manbalari to’g’risidagi masala muhokama qilinadi. 
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo’yicha fikrlari 
va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi 
lozim. 
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo’yicha qonun 
loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o’qishda ko’rib chiqish uchun 
palataga kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda uni birinchi 
o’qishda qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish to’g’risida 
qaror qabul qiladi.Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun 
loyihalarining muqobil tahrirlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko’rib 
chiqilishi kerak. Qonunchilik palatasi deputatlarining qaror qabul qilish 
uchun talab qilinadigan eng ko’p miqdordagi ovozini to’plagan qonun 
loyihasi birinchi o’qishda qabul qilingan hisoblanadi. Birinchi o’qishda 
qabul qilingan qonun loyihasining matni, qoida tariqasida, 
Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur bo’lgan 
hollarda esa, Qonunchilik palatasining qaroriga ko’ra ommaviy axborot 
vositalarida e’lon qilinadi. 
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o’qishda 
ko’rib chiqish chog’ida loyiha bo’yicha moddama-modda ovoz 
berish o’tkaziladi. Muhokama natijalari bo’yicha Qonunchilik palatasi 
qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi o’qishda ko’rib chiqish 
uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o’qishda 
qabul qilish haqida yoxud qonun loyihasini rad etish to’g’risida qaror 
qabul qiladi. Uchinchi o’qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan 
to’laligicha ovozga qo’yiladi. 
Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o’qishda qabul qilingan 
taqdirda, mas’ul qo’mitaning taklifiga binoan qonunni keyingi o’qishlar 
tartib-taomilini istisno etgan holda qabul qilish to’g’risidagi masala
ovozga qo’yilishi mumkin.Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata 
deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
Deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan qonun 
Qonunchilik palatasining tegishli qarori va boshqa zarur materiallar
bilan birgalikda mas’ul qo’mita tomonidan rasmiylashtiriladi hamda 
Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan Senatga ko’rib chiqish uchun o’n 
kun ichida yuboriladi.


477 
Senatga kelib tushgan qonun ro’yxatga olinadi va Senat Raisi 
tomonidan qonunni ko’rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa 
tayyorlaydigan mas’ul qo’mitaga topshiriladi.
Mas’ul qo’mitaning xulosasida qonunni ma’qullash yoki rad etish 
to’g’risidagi tavsiya ifodalangan baho bo’lishi kerak. Qonunni rad etish 
zarurligi to’g’risidagi xulosada mas’ul qo’mitaning qonunni rad etish
zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. Mas’ul qo’mitaning 
xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat 
majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to’g’risida qaror 
qabul qiladi.
Agar Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko’pchilik 
ovozi bilan ma’qullansa, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga o’n kun ichida yuboriladi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o’ttiz kun ichida imzolanadi
va e’lon qilinadi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 
Senat tomonidan ma’qullanib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy 
nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga qaytariladi. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik 
palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko’rib chiqilishi lozim. 
Agar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonunni qayta ko’rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar 
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi 
bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon 
qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik 
palatasi tomonidan yuboriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga 
kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv 
komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini 
qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko’rib chiqilishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunni o’z e’tirozlari bilan 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. 


478 
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati 
a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik 
ovozi bilan ma’qullansa, qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan o’n to’rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. 
Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, 
nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va o’tkazishga ko’maklashish 
maqsadida Qonunchilik palatasi hamda Senat qo’mitalari huzurida ekspert 
guruhlari tashkil etiladi. Ushbu ekspert guruhlari davlat organlarining, 
ilmiy va ta’lim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining 
tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va 
(yoki) amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassislari orasidan 
tuziladi. Qonunchilik palatasining qo’mitalari huzurida ekspert guruhlarini 
shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi hamda 
Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi. 
Misol tariqasida, ushbu yo’nalishdagi amaliy faoliyatni yanada 
takomillashtirish, ekspert guruhlari faoliyatining samaradorligini 
ta’minlash maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashining 2015-yil 
15-sentabrdagi 219–III-sonli Qarori bilan Qonunchilik palatasi qo’mitalari 
huzuridagi ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi 
to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomda ekspert guruhi Qonunchilik palatasi qo’mitalarining 
faoliyatini ilmiy-huquqiy, ekspert va axborot-maslahat jihatidan 
ta’minlash, qonun loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishga, 
Qonunchilik palatasi qo’mitalarining nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash 
va o’tkazishga ko’maklashish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga tuzilgan maslahat 
organi ekanligi belgilab qo’yildi.
2016-yil yanvar holatiga ko’ra Qonunchilik palatasi qo’mitalari 
huzurida tuzilgan ekspert guruhlarining tuzilmaviy tarkibiga e’tiborimizni 
qaratadigan bo’lsak
1
. Bularga: 
T/r 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish