Harbiy psixologiya



Download 30,11 Kb.
bet7/7
Sana07.04.2022
Hajmi30,11 Kb.
#535924
1   2   3   4   5   6   7
Psixogigiena degandashaxsdagi psixologik xususiyatlarni to’laqonli rivojlantirishga, hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ijobiy shaxslararo munosabatlarni o’rnatishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish orqali insonlarning ruhiy salomatligini saqlash tushuniladi.
Psixoprofilaktika nisbatan tor doiradagi ishlar ko’lami bo’lib – organizmda kasallik qo’zg’ovchi ta’sirlarning oldini olish, turli kasalliklarning boshlang’ich vaqtida ularni aniqlash orqali uning avj olib ketishining oldini olish harbiy qism va bo’linmalarda psixogigiena va psixoprofilaktikaning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • shaxsiy tarkib orasida ruhiy zo’riqishlar paydo bo’lishining sabablarini o’rganish, uning oldini olish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanish;

  • ruhiy patalogiyaning sabablarini ertaroq o’rganish;

  • ruhiy zo’riqishga uchragan harbiy xizmatchilarni aniqlash, kuzatish va davolash;

  • harbiy xizmatchilardagi jangovar layoqatni oshirishga qaratilgan jismoniy va ruhiy xarakterdagi tavsiyalar berish;

  • harbiy faoliyat jarayonida kuchli emostional zo’riqishlarning bo’lishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirish;

  • psixogigiena, psixoprofilaktika hamda harbiy va tibbiy psixologiyaning muhim masalalari yuzasidan harbiy xizmatchilarga ma’lumotlar berish;

  • psixogigiena i psixoprofilaktika muammolarini ilmiy ishlab chiqish va boshqalar.

Suitsidal hatti harakatlarni oldindan ko’ra bilish, bashorat qilish juda ham qiyin muammo hisoblanadi. Shaxs tomonidan aytilgan suitsidal fikr va muloxazalar va qilingan harakti prognostik axamiyatga ega. Suitsidni oldini olishga qaratilgan ishlarni samarali olib borish uchun harbiy qism va bo’linma ofisterlari (komandirlar) harbiy xizmatchilar orasida suitsid holatlarini oldini olish uchun kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib, shu kabi holatlarni vaqtida oldini olishga qodir bo’lishlari lozim. Komandirlar uchun boshlang’ich psixologik bilimlar oliy ta’lim muassasalarida, serjantlar tayyorlash maktablarida berilishi barchamizga ma’lum.
Komandirning vazifasi ma’lum bir suitsidning oldini olish emas, balki unga olib keluvchi sabab va omillarni taxlil qilib profilaktik ishlarni tashkil qilishi hisoblanadi.
Suitsidni oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish va olib borish davomida komandir va uning tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari quyidagi harbiy xizmatchilarga e’tiborni qaratish lozim:

  1. Harbiy xizmat sharoitlariga qiyin moslashayotgan, o’ziga e’tiborni talab qilayotgan, maslahat va ko’makka muhtoj bo’lgan harbiy xizmatchilarga;

  2. Emostional-irodaviy jihatdan nobarqaror;

  3. Harbiy intizom talablarini buzishga moyil, oldin buzgan, alkogolli, narkotik va boshqa psixoaktiv moddalarni iste’mol qilishga moyil harbiy xizmatchilarga;

  4. Suitsidal fikrlarni bildirgan;

  5. Deviant xulq-atvorga moyil;

  6. Yopiq bosh miya jarohatini olgan yoki neyroinfekstiya kabi miya kasalliklarini boshidan kechirganlarga;

  7. Jangovar tayyorgarlikda sust natijalarga erishayotganlarga;

  8. Psixologik test (kasbiy tanlov) da III yoki IV guruhga tushganlarga;

  9. Oilada yomon tarbiya ko’rganlarga;

  10. Qiyin oilaviy muammolarni boshdan kechirayotgan harbiy xizmatchilarga va hakozo.

Bu kabi individual munosabat aniq profilaktik tadbirlarni belgilashga, vaziyatni to’g’ri baxolashga va bo’ysunuvchi harbiy xizmatchilarni xizmatni o’tashning samaradorligini bashorat qilishga imkon beradi.
Odatda yuqorida ta’kidlaganimizdek, mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan harbiy xizmatga sog’lom shaxslar yuboriladi, biroq ba’zi hollarda tibbiy ko’riklar yuzaki bo’lishi natijasida yoki birdan ko’zga tashlanmaydigan va faqatgina ma’lum bir sharoitda o’zini namoyon etadigan psixologik o’zgarishlarga ega bo’lgan harbiy xizmatchilar ham armiya saflariga chaqirilib qolinadi.
Bunday vaziyatlarda okrug boshqarmalarida mavjud bo’lgan va faoliyati yo’lga qo’yilgan kasbiy psixologik tanlov tekshiruv natijalari harbiy xizmatchining ruhiyatini, psixo-fiziologik o’zgarishlarining mavjudligini aniqlashga yordam beradi. Test sinovlari natijalari to’laqonli ravishda ma’lum bir harbiy xizmatchini psixologik zaifligini tasdiqlamaydi, ushbu holat uning harakatlarida ham namoyon bo’lmog’i kerak.
Xizmatimiz davomida ba’zida, agar inson o’zini o’ldirishga qaror qildimi, nima qilishingdan qat’iy nazar u o’z maqsadiga erishadi va uni yo’ldan qaytarishni iloji yo’q deb xisoblaydilar va chuqur yanglishadilar.
Suitsid haqidagi fikr paydo bo’lib keyinchalik yo’qolib ketish xususiyatiga ega va ko’p hollarda u vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Oshkorasiga o’zimni o’ldiraman deb ovoza qilgan kishilarning ko’pchiligi odatda o’ziga va o’zining muammosiga ko’pchilikning e’tiborini qaratmoqchi bo’ladi va muammoli vaziyatdan chiqib ketish uchun yordam taklif qilinganda fikridan qaytib keyinchalik bu ishga munosabatini o’zgartiradi.
Biroq, ba’zida suitsidni amalga oshirgan shaxs bu ishni qilishdan oldin o’zining niyatlari haqida kim bilandir o’rtoqlashgan yoki shuning alomatlarini namoyon etuvchi harakatlarni namoish etganligi ma’lum.
Bir martta omadsiz suitsidga qo’l urgan shaxs boshqa bu ishni qilmaydi deb o’ylash ham noto’g’ri. Aksariyat hollarda dastlabki 1-2 oy ichida u takroran suitsidga qo’l uradi.
Harbiy xizmatchilarning suitsidal harakatining tabiati va rivojlanish mexanizmini bilgan komandirga uni oldini olishga qaratilgan ishlarni to’g’ri tashkillashtirishga imkon beradi.
Profilaktik ishlarning negizida bo’ysunuvchi haqida qayg’urish, ularga g’amxo’rlik ko’rsatish, talab va ehtiyojlarini bilish, har doim ularga yordam ko’rsatishga tayyor turish kabi masalalar yotibdi.
Bu boradagi ishlarga to’sqinlik qiluvchi eng katta narsa bu komandirning befarqligi, loqaydligi, bag’ritoshligi, e’tiborsizligi va bo’ysunuvchilardan yiroqlashishidir.
Ba’zi holda bo’ysunuvchiga ko’rsatilgan oddiygina e’tibor, muammosi haqida qiziqish va yordam ko’rsatishga tayyorlikni izhor etish harbiy xizmatchini suitsiddan saqlab qolishga xizmat qilishi mumkin.

HARBIY XIZMATCHILAR ORASIDA O’Z JONIGA QASD QILISH HOLATLARINI OLDINI OLISH BO’YICHA TAVSIYALAR

  1. Har bir bo’ysunuvchining individual-psixologik xusussiyatlarini o’rganib borish, ularni harbiy xizmat sharoitlariga tez va engil moslashishiga omil bo’luvchi tadbirlarni o’tkazish;

  2. Jangovar tayyorgarlikni va kundalik faoliyatni nizomlar va tegishli qo’llanmalarga muvofiq tashkillashtirish, shaxsiy tarkib ustidan kundalik nazoratni olib borish;

  3. Yuqori talabchanlikni shaxsiy tarkib to’g’risidagi g’amxo’rlik, qayg’urish bilan uyg’unlikda olib borish;

  4. Navbatchilik xizmati va xo’jalik ishlariga oid naryadlarni barchaga baravar taqsimlash, bo’linmada ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlash;

  5. Harbiy jamoadagi ijtimoiy-ruhiy jarayonlarni, jamoaning talab va ehtiyojlarini o’rganib borish, harbiy jamoalarda sog’lom ma’naviy-psixologik muhitni hukum surishini ta’minlash;

  6. Harbiy xizmatchilar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni uzluksiz ravishda psixologik kuzatishni yo’lga qo’yish;

  7. Harbiy intizomni buzilishiga va suitsidga etaklovchi ijtimoiy sabablarni tahlil qilib borish va oldini olishga qaratilgan ishlarni belgilash;

  8. O’z joniga qasd qilishni oldini olishga qaratilgan buyruq va yo’riqnomalarning bajarilishini tashkillashtirish, jumladan harbiy qismlarda suitsidni oldini olish komissiyasining faoliyatini yo’lga qo’yish;

  1. Harbiy xizmatchilar uchun moddiy maishiy va yashash sharoitlarni yaxshilash, harbiy xizmatchilarning oilalaridagi ahvolni o’rganib borish va mavjud bo’lgan muammolarni echishga yordam berish;

  2. Harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularga huquq va majburiyatlarini tushuntirishga qaratilgan qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazish;

  3. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sog’ligi haqida qayg’urish, ularni muntazam ravishda tibbiy ko’riklardan o’tishlarini tashkillashtirish.

  4. Ofisterlar bilan komandirlik tayyorgarlik mashg’ulotlari doirasida va qo’shimcha ravishda harbiy psixologiya va pedagogikadan bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan mashg’ulotlar o’tkazish;

  5. Harbiy xizmatchilar orasidagi suitsidal belgilarni aniqlash va bartaraf qilishda ayollar kengashi imkoniyatlaridan foydalanish;

  6. Xarbiy qismlarda «Ishonch telefoni» faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.

Ushbu ishlarni amalga oshirish orqali komandir va boshliqlar nafaqat suitsid balki intizomiy tartibbuzarliklarni boshqa ko’rinishlarini ham oldini olishlari mumkin.
Suitsidni oldini olishga qaratilgan ishlarning asosiy tamoyili bu individual yondoshuvdir. Shundan kelib chiqqan holda har bir harbiy xizmatchiga uning xarakterining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejalashtirilishi va olib borilishi lozim.
Xulosa

Suitsidni oldini olishga qaratilgan ishlar uni sababini aniqlash va unga moyil bo’lgan shaxslarni xisobini yuritishga qaratilmasligi lozim. Ushbu ishlarning asosiy e’tibori suitsidal xissiyotlarni, fikrlarni va sharoitlarni kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillarni vaqtida bartaraf qilishdan iborat bo’lishi lozim.


Shu o’rinda bir hayotiy qonuniyatni sizlarga etkazmoqchiman, suitsidentning asosiy muammosi ularning oilaviy hayoti va ishdagi mavqei bilan bog’liq.
Agar bir tomondan oila mustahkam bo’lib, unda ijobiy muhit hukm sursa, oila tinch, undagi o’zoro munosabatlar muvaffaqiyatli bo’lsa, bir so’z bilan aytganda inson oilada o’z baxtini topib, har kuni ishonch bilan o’z uyi ostonasini xatlab ko’chaga chiqsa, oilasida uni kutayotganlar borligini his qilib yashasa, ikkinchi tomondan, shaxs o’zi yoqtirgan ishi bilan shug’ullansa, u ishlaydigan jamoada ijobiy psixologik iqlim hukm surib, o’z jamoasida o’z o’rnini topgan bo’lsa, o’zi yoqtirgan hamkasblari orasida ishlasa, uning rahbarlari ham, hamkasb xodimlari ham uni yaxshi ko’rib ishda va kundalik hayotda kerakli odam deb qabul qilsalar, suitsid degan hodisa bunday odam uchun yot, u suitsidni hatto hayoliga ham keltirmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar


  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni”, T., 1997. 

  2. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob. 

  3. http://ziyonet.uz/

  4. https://new.tdpu.uz/

Download 30,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish