Harbiy psixologiya



Download 30,11 Kb.
bet1/7
Sana07.04.2022
Hajmi30,11 Kb.
#535924
  1   2   3   4   5   6   7

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT NIZOMIY QOSHIDAGI DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“HARBIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Suitsid. Uning ijtimoiy-psixologik sabablari.

Bajardi: 104-g. Yovonov Mehriddin




Reja:

1. Kirish.


2. Asosiy qism
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Jamiyatimizda mavjud bo’lgan ijtimoiy muammolardan biri suitsid, ya’ni o’z joniga qasd qilish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga xos bo’lgan muammolar umumjamiyat muammolarining bir qismi hisoblanadi. Chunki, Qurolli Kuchlar jamiyatning bir qismi ekan, ushbu muammolardan chetda, alohida mavjud bo’lishi mumkin emas. Barchamizga ma’lum bo’lganidek, dunyoda va jamiyatda sodir bo’layotgan kuchli ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti, ularni inson hayotiga jadallik bilan kirib kelishi insonning emostional-ruhiy holatiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda, chunki bu jarayonlar ham jismoniy ham ruhiy zo’riqishlar (stress) bilan bog’liq. Shunday muhit va sharoitlarga bardosh bera olmagan shaxslarda stress, krizis (yoki depressiya) holati yuzaga kelib o’z joniga qasd qilish holatlariga sabab bo’lmoqda. Ushbu salbiy xodisanining jiddiyligini quyidagi statistika ma’lumotlarga qarab anglab olish mumkin. Hozirgi vaqtda butun dunyo miqiyosida har yili 10 milliondan 20 milliongacha odam o’z joniga qasd qilar ekan va ulardan bir millionga yaqini o’lim bilan yakun topadi. Butun jahon miqiyosida barcha o’lim holatlarining 3-5% suitsid bilan bog’liqligi aniqlangan.


Asosiy qism

Dunyoning eng rivojlangan davlatlardan biri bo’lgan Germaniyada 30 yoshgacha bo’lgan shaxslar o’rtasidagi har to’rt o’limdan bittasi suitsid natijasidir. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, har yili Finlyandiya har 100 ming kishidan 27, Daniyada 25, AQShda 20, Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Irlandiyada o’rtacha 10 nafari o’z joniga qasd qiladi. Bu raqamlarni qanchalik keng ko’lamga egaligini AQShda yiliga 30 ming kishi suitsid qurboni ekanidan bilishimiz mumkin. Chet el va bizga bevosita qo’shni bo’lgan davlatlarning Qurolli Kuchlaridagi vaziyat ham bundan yaxshi emas.


Xo’sh, nega shunday holatlar jamiyatimizda yuz bermoqda?
Bu savolga odamlar o’rtasida har xil, gohida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan javoblarni eshitamiz. Ba’zilar bunday holatlarni turmush sharoitlarining og’irligi, iqtisodiy muammolar yoki ekologik vaziyatning buzilishi bilan izohlamoqchi bo’ladi. Albatta bu omillarning ham inson ruhiyatiga, organizmiga o’ziga xos ta’siri mavjud, lekin ular muammoning asosi bo’la olmaydi. Agar turmush tarzining murakkabligi, yashash sharoitining og’irligi suitsidga sabab bo’lsa, unda ikkinchi jahon urushi vaqtida jang maydonlarida yoki front ortidagi vaziyat bundanda og’ir bo’lganligi tarixiy manbalarda aks ettirilgan, lekin suitsid holati ko’p qayd etilmaganligini ko’rishimiz mumkin.
Demak, bu muammolarning asosida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tibbiy va albatta psixologik omillar yotadi.
Afsuski, suitsid hodisasi bizning yosh davlatimiz O’zbekiston Respublikasiga ham begona emas. Jamiyatimizni, Qurolli Kuchlarimizni shakllanish davrini boshdan kechirayotganligi, yuz berayotgan o’zgarish va muammolar armiya saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmayapdi. Bundan tashqari armiya safida xizmat qilishning o’ziga xosliklari, undagi qat’iy talab va cheklovlar, emostional zo’riqishlar, kuchli stress xolatlarini ko’p uchrashi suitsidni yuzaga kelish ehtimolini oshishiga sabab bo’lmoqda.
Harbiy qism va bo’linmalarda suitsidning oldini olish maqsadida tegishli vazirliklar rahbariyati barcha vositalarni ishga solmoqda. Jumladan Mudofaa vazirligida ham suitsidni oldini olishga qaratilgan bir qator buyruq va yo’riqnomalar ishlab chiqilgan.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muxofazasiga, turmush sharoitlarining yaxshilashga qaratilgan ishlar ko’lami, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni qisqartirilib chaqiruvni yiliga bir marotaba amalga oshirilishi harbiy xizmatchilar orasida ijtimoiy-psixologik muxitni yaxshilanishiga xizmat qildi va o’z o’rnida harbiy xizmatchilar va ayniqsa muddatli harbiy xizmatchilar orasida suitsidni keskin kamayishiga olib keldi.
Biroq, afsus bilan qayd etish kerak, shartnoma asosidagi harbiy xizmat ofister, serjant va oddiy askarlari o’rtasida o’z joniga qasd qilish holatlari haligacha yuqoriligicha qolmoqda.
Bir maqsad atrofida birlashib faoliyat yuritayotgan harbiy qism va bo’linmada sodir etilgan suitsid holati o’sha bo’linmaning ma’naviy-axloqiy holatini yomonlashuviga va oxir oqibat jangovar shaylik va tayyorgarlikga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniq. Bugungi darsimizda ushbu muammo haqida so’z yuritishimizning asosiy sabablaridan biri ham shundan iborat.

Hayot ma’nosini yo’qotish bilan bog’liq ijtimoiy xulqning eng fojiali ko’rinishlaridan biri – o’z joniga qasd qilishdir.


Russ psixologlaridan biri N.A.Berdyaev, “O’z joniga qasd qilish – ruhiy hodisa bo’lib, uni anglash uchun, o’zini o’zi o’ldirmoqchi bo’lgan kishi qalbida kechayotgan his-hayajonlarni tushunib etish zarurdir. O’z joniga qasd qilish amali kishi hayotining alohida, favqulodda daqiqasida, inson qalbini zimiston qamrab, umid uchquni so’ngan fursatda bajariladi” deb ta’kidlagan ekan.
Profesor A. Ambrumova o’z-o’zini o’ldirishni ijtimoiy (qisman tibbiy) muammo sifatida hisoblab, unga qo’yidagicha ta’rif bergan edi:

Download 30,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish