SUITSID – bu shaxsning ijtimoiy va psixologik jihatdan o’zi boshidan kechirayotgan mikroijtimoiy kelishmovchiliklarga moslasha olmasligi.
Suitsid – bu odamgagina xos bo’lgan o’zini-o’zi o’ldirish hodisasi bo’lib, insonning o’zi mansub bo’lgan ijtimoiy guruhdagi ijtimoiy-ruhiy o’zgarish-ziddiyatlarga moslasha olmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Shaxs atrofdagi mikroijtimoiy muhitning kishi ongida shakllangan hayot qadriyatlari va o’z jonini saqlash instiktining barham topishiga olib keladigan darajada tanglikka uchrashi bilan bog’liq bo’lib, jamiyat tomonidan qoralanadigan ma’naviy sabablar tufayli ixtiyoriy ravishda hayotni tark etish – o’z joniga qasd qilish deb tasniflanadi.
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2014 yil 29 maydagi «O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo’shinlarida shtatdan tashqari suitsidal xodisalarni profilaktika qilish xizmati faoliyatini tashkillashtirish haqidagi Yo’riqnomani tasdiqlash to’g’risida»gi 370-sonli buyrug’ida suitsidga quyidagicha tarif berilgan:
Suitsid – shaxsning hayotdan kechishni ko’zlash bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos hulqiy harakat, shu bilan birga og’ir ijtimoiy-ruhiy ko’rinish, insonning o’ziga xos harakter hususiyatlariga bog’liq bo’lgan, salbiy ijtimoiy omillar ta’siri ostida shakllanishi va paydo bo’lishiga ta’sir ko’rsatadigan suitsidal xulq.
Suitsidni o’rganish juda ko’p zamonlardan bo’yon olimlarning diqqatini o’ziga tortib keladi. Uni jiddiy ilmiy tadqiqotlar asosida o’rganishga kirishilganligiga yuz yildan ko’p bo’ldi. O’zbekistonda suitsid muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlarini ilmiy tadqiq etish o’tgan asrning so’ngi o’n yilliklarida boshlandi. O’sha vaqtlarda sobiy O’SSR KP MQ tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutining “Umumiy psixologiya” kafedrasi qoshida O’zbekiston Respublikasida ayollarning o’z-o’zini yondirishning ijtimoiy-psixologik sabablarini o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqot guruhi tuzilgan (1989 y). Mazkur guruh a’zolari psixologiya fanlari doktori, professorlar M.G.Davletshin va G’.B.Shoumarovlar rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu guruh 1991 yilgacha faoliyat ko’rsatdi. Keyinchalik, 1994 yil ushbu guruh o’z faoliyatini davom ettirgan, ish natijalari bo’yicha turli ilmiy xulosalarga kelishgan, jamiyatda va xususan ayollar o’rtasida suitsidni oldini olishga qaratilgan choralar ishlab chiqilgan. Masalan, 1998 yild fevral oyida mazkur guruh asosida O’R Vazirlar Mahkamasi qoshida “Oila” ilmiy amaliy Markazi tashkil topdi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarida xotin-qizlar bilan ishlash bo’limlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga xos bo‘lgan muammolar umumjamiyat muammolarining bir qismi hisoblanadi. Chunki, Qurolli Kuchlar jamiyatning bir qismi ekan, ushbu muammolardan chetda, alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Shunday ijtimoiy-psixologik muammolardan biri – suitsid (o‘zini o‘ldirish) hodisasi hisoblanadi. Keling ushbu salbiy hodisaning ko‘lamini to‘g‘ri tasavvur qilish uchun statistik ma’lumotlarga murojaat qilamiz.
Hozirgi vaqtda butun dunyo miqyosida har yili yarim million – 500 000 kishi o‘zini o‘zi o‘ldiradi. O‘zini o‘zi o‘ldirishga suitsidga intiluvchilar soni esa bundan 10 marta ko‘p, ya’ni 5 mln. kishini tashkil etadi.
Bunday hodisa bizning yosh davlatimiz O‘zbekiston Respublikasiga ham begona emas. O‘zbekiston jamiyatining bir qismi bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizda ham suitsid xodisasi tez-tez bo‘lib turadi.
Suitsidning oldini olish maqsadida mudofaa vazirligi barcha vositalarni ishga solmoqda. Ushbu maqsadda Mudofaa Vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi o‘z-o‘zini o‘ldirish va o‘z joniga qasd qilishga intilish holatlarining oldini olish choralari haqida» deb atalgan ko‘rsatmasi mavjud.
Ushbu ko‘rsatmada Qurolli Kuchlarda ushbu hodisani tuzatish muammolari haqida gapirilgan.
Bundan tashqari Mudofaa vazirligi 2002 yilda nashr etgan 12-sonli Axborot byulleteni ham Qurolli Kuchlarda jangovar tayyorgarlikka salbiy ta’sir etuvchi xodisalarga, jumladan, suitsid xodisasiga bagishlangan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, hozirgi vaqtda butun dunyoda o‘z joniga qasd qilish muammosining echimini topish juda dolzarb masala bo‘lib turibdi. Bu muammoning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, keyingi yillarda yoshlar va sog‘lom kishilar o‘rtasida suitsid hodisalarning soni oshib borayapti.
Ba’zi bir mutaxassislarning fikricha suitsid faqatgina insonlarga xos bo‘lib, ijtimoiy hodisa hisoblanadi va jamiyatning tuzilishi bilan belgilanadi. Lekin, boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak bu shaxsning murakkab vaziyatlarga nisbatan individual reaksiyasi bo‘lib, muayyan insonning shaxsiy hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari yana shunday omilni esdan chiqarmasligimiz kerakki, jamiyatning suitsid hodisasiga nisbatan salbiy munosabati ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu munosabat turlicha bo‘lishi mumkin:
jamiyat bunday xodisani qoralashi mumkin;
- jamiyatda suitsidga nisbatan loqayd, befarq munosabat bo‘lishi mumkin;
- jamiyat qaysidir ma’noda suitsidni ma’qullashi mumkin.
Suitsidni o‘rganish tarixi quyidagicha: Bunday hodisa juda ko‘p zamonlardan buyon olimlarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Ba’zi bir kishilar nazari «Trud-7» gazetasi, 2003 y, 24 iyul, 22-betda o‘z-o‘zini o‘ldirishga aqli zaif kishilar qo‘l uradi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki suitsidga ruhiy jihatdan sog‘lom kishilar ham qo‘l urishar ekan.
Bu ijtimoiy-psixologik hodisani ilmiy jihatdan sistemali o‘rganish XIX asrning oxirlaridan boshlangan: bir qancha olimlarning ushbu muammoga doir maqola va kitoblari nashr etildi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida ham bu muammoni o‘rganish ma’lum darajada davom ettiradi, ammo, bu o‘rganish suitsidning psixiatrik-medik-tibbiy sabablarini, jihatlarini o‘rganish bilangina cheklangan. 1970 yillarda ba’zi bir jonkuyar olimlarning sa’y-harakatlari bilan Moskva shahrida suitsidologik markaz tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin, ko‘p vaqt o‘tmasdan o‘z Qurolli Kuchlarini tashkil etdi. Qurolli Kuchlarda harbiy intizomni mustahkamlash, harbiy xizmat xavfsizligini ta’minlash sohasida ko‘p ishlar qilinayotganligiga qaramasdan harbiy xizmatchilar orasida o‘ziga, o‘z hayotiga qasd qilish holatlari ham yuz berib turibdi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, harbiy qismda amalga oshirilgan birgina suitsid hodisasi ham jamoadagi harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘ziga ishonchsizlik, pessimizm kayfiyatini tug‘diradi hamda jamoadagi ahloqiy-psixologik muhitga, jangovar tayyorgarlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi vaqtda xizmat vaqtida dunyodan ko‘z yumayotgan harbiy xizmatchilar sonining 25 foizini suitsid orqali o‘z-o‘zini o‘ldirayotganlar tashkil etadi. Hatto ofitserlar o‘rtasida ham o‘zining hayotiga suiqasd qilish holatlari oshib borayapti.
Suitsid hodisalarining faqat 10 foizigina ruhiy jihatdan bemor kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Qolgan 90 foizi esa boshqa turdagi kasallar va sog‘lom kishilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, o‘z-o‘zini o‘ldirgan yoki o‘ldirishga intilgan harbiy xizmatchilarning mutlaq ko‘pchiligini butunlay sog‘lom kishilar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bunday kishilardagi suitsid hodisalarining sabablarini o‘rganish ancha qiyiichilik tug‘diradi.
Sog‘lom kishilarni suitsidga olib keluvchi sabablar qo‘lami nihoyatda keng bo‘lib, ular asosan psixologik va ijtimoiy omillar bilan bogliq. O‘z-o‘zini o‘ldirish muammosini hal qilishning murakkabligi yana shunday bir omil bilan bog‘liqki, bunday hodisaning o‘ziga xos belgilari bo‘lmaydi yoki bo‘lsa ham nihoyatda o‘zgaruvchan va yashirin bo‘ladi.
Hayotda o‘zini-o‘zi birdaniga o‘ldirib qo‘yadigan kishilar, bunga sabab bo‘ladigan holatlar, shuningdek, insonni suitsidga olib keladigan psixopotologik buzilishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun ham suitsidal fikrlarni aytgan yoki shunday harakatlarni sodir etgan harbiy xizmatchilar psixiatr ko‘rigiga yuborilishlari lozim.
Professor A.Ambrumova o‘zini-o‘zi o‘ldirishni ijtimoiy (qisman tibbiy) muammo sifatida hisoblab, unga quyidagicha ta’rif bergan edi: suitsid – bu shaxsning ijtimoiy va psixologik jihatdan o‘zi boshidan kechirayotgan mikroijtimoiy kelishmovchiliklarga moslasha olmasligi.
Suitsidal xulq-atvorga ega bo‘lgan kishilarni quyidagi uch (3) guruhga ajratish mumkin:
ruhiy kasallar;
ruhiy jihatdan stressga uchragan;
soglom kishilar.
Suitsidning ikki xili farq qilinadi:
oxirigacha etkazilgani (o‘zini o‘ldirish);
oxirigacha etkazilmagani.
Suitsidning bosqichlari:
dunyoqarash bosqichi (suitsid haqida bilish);
fikrlashning zaifligi (o‘limga rozi bo‘lish);
faollik (o‘lish uchun nimadir qilish).
Suitsidal xatti-harakat – bu o‘zini o‘ldirishga intilish bo‘lib, lekin o‘lim bilan tugamaydi.
Suitsidal xulq-atvor ikki xil bo‘ladi:
haqiqiy;
namoyish etish – yolg‘on (shantaj).
Ba’zi holatlarda inson o‘lishga emas, balki, o‘z muammolariga boshqalarning e’tiborini qaratishga harakat qiladi, shuningdek, stress holatidan chiqishni xohlaydi.
Juda ko‘p harbiy xizmatchilarda suitsidga aloqador fikrlar xizmatgacha bo‘lgan davrda tug‘ilgan bo‘lib, harbiy xizmatdagi qiyinchiliklar ushbu fikrlarni amalga oshirishga turtki vazifasini o‘taydi, xolos. Kichik yoshdagi kishilarda suitsidal xatti-harakatlar qiyin vaziyatlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Suitsid oldi holatlari bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi.
Ko‘pincha o‘z-o‘zini o‘ddirishga olib keladigan bahonalar haqiqiy sabab bilan mos keladi.
O‘z muammolariga echim topa olmaslik, umidsizlik kabilar suitsidga olib keladi.
Qiyin vaziyat bilan bog‘liq xis-tuyg‘ular inson ongida ustunlik qiladi, bu esa atrofdagi voqelikni to‘g‘ri idrok qilishni cheklab qo‘yadi tanqidiy fikrlashni va muqobil echim topishni qiyinlashtiradi. Natijada inson o‘zi kelib qolgan vaziyatni ilojsiz, deb qabul qiladi.
Jangovar vaziyatlarda har kungi xavf-xatar ta’sirida ba’zi bir harbiy xizmatchilarda hayotni qadrlash tuygusi zaiflashadi, shuningdek, xavf-xatarni his qilish pasayadi (o‘tmaslashadi). O‘zini saqlash instinkti zaiflashadi, bu esa suitsidal fikrlarning amalga oshishini engillashtiradi. Urush vaqtida ba’zi askarlarning o‘zlarini o‘limga olib keluvchi qaltis harakat qilishlarini shu bilan izohlash mumkin. Ma’lumki, urush shaxsda agressivlikni, shafqatsizlini (dushmanga nisbatan) tarbiyalaydi, ulardagi ushbu sifatlar muammoli vaziyatlarda atrofdagi kishilarga ham qaratilishi mumkin.
Olimlar tomonidan shunday faktlar ham aniqlanganki insondagi boshqa kishilarga qaratilgan o‘ch olish, norozilik bildirish va tovlamachilik qilish kabi intilishlar ba’zi bir vaziyatlarda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ushbu insonning o‘ziga qaratilishi ham mumkin.
Harbiy xizmat sharoitida amalga oshiriladigan suitsidal xatti-harakatlarning 80 foizi muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning 2/3 qismi xizmatning birinchi yarmini o‘tayotgan askar va serjantlar hissasiga to‘g‘ri keladi. SHuni aytib utish kerakki, o‘q otish qurollari vositasida amalga oshirilayotgan suitsidlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Ularning 75 foizi esa bevosita postlarda yoki qorovullik xizmatini o‘tash jarayonida amalga oshirilmoqda.
Harbiy xizmatchilar tomonidan suitsid xodisalarining sodir etilishida alkogolli ichimliklar ichish ham katta rol o‘ynaydi.
Inson spirtli ichimliklar iste’mol qilganda o‘zini o‘ldirish haqidagi fikrlarning kelishi osonlashadi.
Jami suitsid xodisalarining 2/3 qismi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarning etarli darajada olib borilmasligi oqibatida yuz bermoqda.
Suitsidga intilgan harbiy xizmatchilarning 50 foizi jamoatchilik tadbirlarida umuman ishtirok etmas ekan. Demak, askarlarni jamoatchilik ishlariga faolroq jalb qilish yo‘li bilan ham suitsidning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Odatda, suitsid qilish ehtimoli bor askarlar quyidagi belgilarga ega bo‘ladilar:
hech kimga qo‘shilmasdan, o‘zi bilan o‘zi bo‘lishlik;
hissiyotga o‘ta beriluvchanlik;
xudbinlik, o‘zini-o‘zi yaxshi ko‘rish;
omadsizlik;
boshqalardan ajralib qolish;
atrofdagilarning hurmati va mehribonchiligidan maxrum bo‘lish va hokazo.
Ruhiy bemor kishilarda suitsid hodisalari ko‘proq depressiyalar vaqtida yuz beradi. Ammo, shuni aytib o‘tish kerakki, ruhiy kasallik belgilari va suitsid hodisasi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud emas. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jami suitsid hodisalarining bor yo‘g‘i 10% foizigina ruhiy kasallar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday kishilar tomonidan sodir etiladigan suitsid xulq-atvorlarning aksariyati depressiya-ruhiy tushkunlik vaqtlariga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘proq kasallarning statsionarlardan davolanib chiqqan vaqtlarida sodir bo‘ladi.
Suitsidal hatti-harakatlar AUTOAGRESSIV XULQ-ATVORning bir ko’rinishi bo’lib quyidagi shaklllarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |