10. «Doiraga tort» o‘yini (32-rasm).
Maydonchaning o‘rtasiga diametri 1 va 2 m keladigan ikkita doira chiziladi. Hamma o‘yinchilar qo‘llarini mahkam ushlab olib katta doira atrofida turadi.
O‘qituvchi signal berishi bilan o‘yinchilar goh chapga, goh o‘ng tomonga harakat qilishadi. Ikkinchi signal berilishi bilan o‘yinchilar joyida to‘xtab yonlaridagi o‘yinchini doira ichiga qo‘llarini qo‘yib yubormasdan katta doiragacha sakrab o‘tadilar. Doira ichiga qadam qo‘ygan o‘yinchi o‘yindan chiqadi. So‘ng signal berib o‘yin takrorlanadi. Doira atrofida aylana yotganda qo‘llarini qo‘yib yuborgan o‘yinchilar ham ochko yutqazadilar biror marta ichiga tushmagan o‘yinchi o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |