11. «Mittilar va norgullar» o‘yini.
Bolalar doira xosil qilib turadilar (o‘yinchilarni qancha bo‘lishi cheklanmaydi). O‘qituvchi o‘yinchilar bilan quyidagicha kelishib oladi: agar u «norgullar» desa, hamma o‘yinchilar oyoq uchida turib, bo‘ylarini cho‘zishlari va qo‘llarini yuqoriga ko‘tarishlari kerak, agar u «mittilar» desa, hammalari cho‘qqayib, tizzalarini quchoqlab o‘tirishlari lozim. O‘qituvchi bu o‘yinni avvalo bolalar bilan bir necha marta takrorlab mashq qiladi. Hamma o‘yinchilar «norgullar» deganda qanday harakatlarni bajarish, «mittilar» deganda qanday harakatlar qilish kerakligini esda tutib qolishlari lozim. YAnglishgan o‘yinchi yutqazgan hisoblanadi. YUtqazgan o‘yinchi biror – bir topshiriqni bajarishi kerak bo‘ladi (topishmoq topish, ashula aytib berish, o‘yiniga tushish va hokozo). O‘yinda o‘qituvchining o‘zi onaboshi rolida bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |