har qanday o’quv muammosini emas, balki faqat ular tushuna oladigan va sub‘ektiv muammo
sifatida
qabul qilishi mumkin bo’lgan muammolarni qo’yishi kerak.
O’quvchi ongida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, o’quvchining faol fikrlash faoliyati,
o’quv materialini puxta o’zlashtirib olishlari haqida Sharq pedagoglari ham o’zlarining qimmatli
fikrlarini aytib o’tganlar.
Ulug’ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’zining pedagogik va didaktik
qarashlarida, o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan, turli mavzularda
mulohazalar
yuritishni, shuningdek, o’quvchining zerikmasligini, xotirasiga malol keltirmaslikni
ta‘kidlab, «Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir, ha deb bir narsani o’qiyberish
zerikarli bo’ladi va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa masalaga o’tib tursa, u xuddi
turli-tuman bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi.
Kishi ularning hammasini ko’rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi voqea -
narsa kishiga rohat
bag’ishlaydi», degan edi.
Muammoli bayon qilish jarayonida izlanishni o’qituvchi olib boradi, o’quvchilarga ilmiy
isbotlash bo’yicha fikrlash namunasini ko’rsatadi, o’quvchi-talabalar faqat uning mulohazasini
ko’zatadilar, muammoni hal qilishga qaratilgan qiziqishni o’rganadilar. Muammo - mohiyatiga ko’ra,
zudlik bilan hal etilishi lozim bo’lgan masaladir. O’qituvchi o’quvchi oldiga muammo qo’yar ekan,
muammoni hal qilish yo’lidagi harakat davomida o’quvchi izlanadi,
ijod qilishga intiladi, muammo
ustida avvalgi tajriba va bilimga tayangan holda fikr yuritadi.
Shu o’rinda shuni aytish joizki, ta‘lim jarayonining samarali bo’lishida muammoli vaziyatlar
yaratilgan vaqtda o’quvchi-talabalar ham faol qatnashishi hamda o’rtaga tashlangan muammolarni
o’zlari ham hal qilishga erishishi mumkin. Bunday hollarda dars qiziqarli bo’ladi va o’quvchilar shu
mavzuni yaxshi o’zlashtiradi, shuningdek yetarli bilim-ko’nimalarga ega bo’lishadi.
O’qitish jarayonida o’quvchilarni
bilishga havas, izlash-qidirishga undaydigan masalalarni hal
qilish jarayoni bilan bog’liq intellektual hislar va ruhiy kechinmalar hosil qiladigan muammoli
vaziyatlar yaratish mumkin. Bu kabi muammoli vaziyatlar yaratishda mahoratli pedagoglar ilg’or
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil etishi ham maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi oliy maktabdagi samarali o’qitish usullaridan bo’lgan muammoli o’qitishning
mohiyatini o’qituvchi tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va
o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha
ularning bilish faoliyatini boshqarash tashkil etadi. Ta‘lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga
keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta‘lim tizimining har bir bosqichida o’rganiladigan
fanlarga xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni, o’ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o’rganish
usullarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Fikrimizcha, muammoli ta‘lim o’quvchilar oldiga muammoli
savol yoki topshiriqlar qo’yish, muammoli vaziyat yaratish, muammolarni mustaqil hal etish, izlanishga
o’quvchilarni jalb etish, yakuniy xulosalar chiqarish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Muammoli ta‘lim muammoli vaziyat, o’quv muammosi, muammoli savol, muammoli topshiriq
kabi kategoriyalarni o’z ichiga oladi. Muammoli ta‘limni amalga oshirishda o’qituvchi to’g’ri savol
qo’ya bilishi lozim. Demak, muammoli ta‘lim - o’quvchi (talaba)ni mustaqil fikrlashi va izlanishga
o’rgatishi, noma‘lum narsalarni yoritishga erishishni tarbiyalaydi hamda ilmiy
bilishni rivojlantirishga
asosiy kumak beradi. Shuningdek, muammoli o’qitish bilimlarni ongli va mustaqil o’zlashtirish, atrof-
muhitga o’zining faol munosabatini belgilab olishda, talabalar bilish faoliyatini jonlantirishda katta
imkoniyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: