Adabiyotlar tahlili va metodlar.
Muayyan ranglar sxemasi inson ruhiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi, masalan, binafsha rangning ko‘pligi yoqimsiz his-tuyg‘ularga olib keladi. Agar
bir vaqtning o‘zida ranglar nomutanosibligi namoyon bo‘lsa, inson o‘zini noqulay his eta
boshlaydi, iloji boricha tezroq mana shu kiyimni yoki xonani tark etishni istaydi. Libos
yaratishda ranglar va shakllarning o‘smir organizmiga ta’sirini mashhur rus fiziologi prof.
S.V. Kravkov ko‘plab tajribalarining asosiy natijasi sifatida sezgi organlariga hamda MNS
ga ta’sir etishini o‘rgandi. Uzoq vaqt olib borilgan tajribalar natijasida, ranglarning inson
psixofizikasiga sezilarli ta’sirini aniq o‘rganildi. Shunga asoslanib, bir qator “ijobiy” va
ranglarning “salbiy qiymatlari” haqida psixofiziologik qarashlar tushunarli bo‘ldi.
Insonning rangga munosabati dunyoni bilish jarayonidan boshlangan bo‘lib, madaniyat
tarixidan ajralmasdir. Kostyum shakllarida rang fenomenini o‘rganishning madaniy va
sotsiologik usullari yordamida kostyumning rang shakllarini idrok etishning umumiy tarixiy
va madaniy asoslarini hisobga olgan holda, kiyim rangining sub’yektiv in’ikosini birlashtirish
muhimdir. Bundan tashqari, asossiz, hech bir chorasiz, rangin tilning umuminsoniylikka
intilishi milliy xususiyat va yutuqlarni e’tibordan soqit qilish bilan bog‘liq.
Turli mamlakatlar, mintaqalar va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar ranglar gammasidan unumli
va samarali foydalanish uchun - uning ijtimoiy-madaniy asoslari kontekstida bir umumiy
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
44
qarashlarni birlashtirish uchun ranglar qorishmasidan foydalanadi. Rangning o‘smir
organizmiga psixofiziologik ta’siri bir necha vazifalarni ko‘rinishida berilgan bo‘lib, ular
quyidagilarda aks etadi:
►
birinchidan, kostyumning rang in’ikosining turli jihatlarini madaniy tahlil qilish
kerak, bu jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslari bilan bog‘liq holda, kostyumda
rang idrok sub’yektlarining ijtimoiy yo‘nalishini aniqlaydi va aks ettiradi.
Kostyumning rang in’ikosi orqali madaniyatlarning milliy o‘ziga xosligi aniqlanadi.
Bunday madaniy tadqiqotlar kostyumning rangli dizaynini intuitiv emas, balki ilmiy
jihatdan turli davrlar, mamlakatlar va xalqlarning rang madaniyati yutuqlarining
butun yig‘indisidan kelib chiqqan holda harakat qilish imkonini beradi;
►
ikkinchidan, kiyimni ommaviy ishlab chiqarish sharoitida bitta mahsulot noyob
namuna bo‘lib qoladi va hammabop kompleksning elementiga aylanadi; shuning
uchun kostyumning rang idrokining psixofiziologik asoslarini o‘rganib, uning
milliy madaniyatlarning tarixiy rivojlanishi davomida o‘zgarishi, globallashuv
va jamiyatning integratsiyalashuvining hozirgi bosqichida liboslar rangini idrok
etishning eng tipik xususiyatlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu, bir
tomondan, maqbul kiyim rangi bilan bog‘liq jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini
qondirish imkonini beradi va boshqa tomondan murakkab muhitga kiyim rangini
“moslash” adaptatsiya jarayonida faoliyat ko‘rsatishda imkon yaratadi;
► uchinchidan, kostyum shakllari va rangining o‘smir psixofiziologiyasi va idrokiga
ijtimoiy-madaniy asoslarini ilmiy bilmasdan jamiyatning turli guruhlarining rang-
barangligini, shuningdek jamiyatning ijtimoiy tartibini va muayyan hududlar va
mamlakatlarda moda kiyimlarini iste’mol qilish istiqbollarini to‘g‘ri aniqlash
mumkin emas. Kiyim moda sanoatida iste’mol bozorining mintaqaviy xususiyatlarini
hisobga olgan holda ob’yektiv, ilmiy asoslangan koloristik prognozga muhtoj.
Shunday qilib, ko‘k va ma’lum darajada yashil rang tinchlantiruvchi, tasalli beruvchi
rang sifatida qabul qilingan, hamda insonlar tomonidan ma’qul ko‘riladi. Ammo ko‘p vaqt
mana shu ranglar gammasidan foydalanish o‘smir organizmini sokinlikka va hatto ruhiy
tushkunlik olib keladi, qayg‘uli taassurotlarga sabab bo‘ladi.
Qizil va sariq ranglari “faol ranglar” sirasiga kiradi. Bu ranglarning xususiyatlari
rag‘batlantirish sanalib, insonlarning yaxshi dam olishiga ta’sir ko‘rsatadi, kuchga qaytaradi
va o‘z energiyasining namoyon bo‘lishiga intensiv ehtiyojni his qiladi.
MNS faoliyati oq va qora ranglar o‘rtasidagi munosabatlar tabiati o‘xshash: oq tananing
ergotropik tizimini va qora trofotropni rag‘batlantiradi. Rang ta’sirida vegetativ stressning
namoyon bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, jigarrang, to‘q sariq va ayniqsa sariq rang kinetoz
ko‘ngil aynishini rivojlantiradi.
Odamlarga rang ta’sirining klinik kuzatuvlari natijalaridagi ma’lumotlar rang
psixologiyasida quyidagi psixofizik va psixofiziologik ranglarni aniqlash imkonini beradi:
■
qizil rang - ogohlantiruvchi, isituvchi, faollik beruvchi, insonni baquvvat qilishiga
sabab bo‘ladi;
■
sariq rang - tonik, tetiklantiruvchi, isitish, mushaklar faoliyatini oshirishga sabab
bo‘ladigan rang bo‘lib, markaziy asab tizimining faoliyatini rag‘batlantiruvchi,
terapevtik ta’sirga ega. Ovqat hazm qilish trakti, jigar, buyrak, revmatizm va
boshqalar kasalliklarida davolovchi ta’sirga ega sanaladi;
■
yashil rang - qon bosimini pasaytiradi va kapillyarlarni kengaytiradi, tinchlantiradi,
nevralgiya va astma kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi, laringitni yo‘qotadi;
■
ko‘k rang - yurak faoliyatini susaytiradi, sedativ ta’sir ko‘rstadi, tinchlantiruvchi
ta’sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |