МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
41
munosabatlar xorijiy ilmiy adabiyotlarda ancha keng yoritilgan. V.V.Tkachevaning ilmiy
izlanishlarida aqli zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi va shu orqali ularning ijtimoiylashuvida
oila hamda uning a’zolarinig aniq ko‘zlangan maqsadli yondashuvlardan foydalanishi asosiy
omilligi ochib berilgan. Bular qatorida oilalarda bolalar va kattalarning o‘zaro birgalikdagi
faoliyati, ijobiy psixologik muhitni yaratish kabi tavsiyalari alohida ahamiyatga ega.
O. Gavrilushkina nogiron bolalarning uydagi ta’limi va tarbiyasiga e’tibor qaratgan
holda o‘z fikrini quyidagicha bayon etadi. “Agar bola uy sharoitida tarbiyalanayotgan
bo‘lsa, korreksion ishlarni asosiy yo‘nalishi saqlangan holda doimiy ravishda ota – onalar
yoki bu maqsadda taklif qilingan enaga – tarbiyachi tomonidan amalga oshirilishi kerak” .
Birinchi bo‘lib nogiron bolalar ota-onalari uchun ma’ruza zalini A.N. Graborov tashkil
etdi. Olim oila aqli zaif bolalar uchun maqbul rivojlanish shart-sharoitlarini yaratishi
hamda o‘qituvchi bilan xamkorlik o‘zaro munosabatlarini o‘rnatishi lozimligi muhim
omil ekanligini inobatga olgan xolda shunday deydi: “Oilaning bolaga ta’siri nafaqat ota
va onaning ta’siri, balki ota-onalarning bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlarining ta’siridir”.
Ota-onalar nogiron farzandining rivojlanishidagi kamchilik etiologiyasidan hamda uning
keltirib chiqaruvchi oqibatlaridan qanchalik batafsil ma’lumot darajasiga ega bo`lsalar,
to‘g‘ri tarbiyaviy faoliyatni tashkil qilishlari shunchalik darajada samarali kechishini
F.F.Rau va N.F.Slyozinalar o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tganlar.
A.N. Smirnova rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar tarbiyasiga
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotida ota-onalarning nogiron farzandiga bo‘lgan munosabatlarini
quyidagicha turlarini ajratib o‘tadi.
1. Ota-onalar nogiron farzandining kamchiligini juda og‘ir, xattoki fojiali tarzda kabul
qilishlari oqibatida farzandiga ortiqcha g‘amxo‘rlik qiladilar, bolaga xatto qo‘lidan keluvchi
ishlarni xam bajartirmaydilar. Bunday munosabat esa bolani mustakil tarzda xarakatlanish,
qaror qabul qilish va eng asosiysi murakkab xayotiy sharoitlarga moslashishiga imkoniyat
qoldirmaydi.
2. Ota-onalar farzandining nuqsoniga ko‘nikishni xoxlamaydi, farzandining
imkoniyatlariga ortiqcha baho berishadi, ulardagi kamchiliklarini sezishmaydi yoki sezsada
ko‘z yumadi.
3. Ota-ona farzandining nogironligidan uyaladi, farzandini ommadan yashirishga
urinadi, doimi uyida olib o‘tiradi. Natijada farzandini xayotiy tajriba va tasavvurlardan
maxrum qiladi. Bularning oqibatida bolaning rivojlanishi sustlashadi.
4. Nuqsonli bolaga o‘zining oilasida “o`gay” maqomida qaraladi: uni ranjitadilar,
masxaralaydilar, kamchiligini iddao qiladilar. Bunday oila muhitida bola odatda ruhiy
jihatdan depressiya xolatida bo‘ladi, natijada esa u tez arazlaydigan, serjaxl va qaysar bo‘lib
ulg‘ayadi.
5. Ota-ona farzandiga nisbatan bee’tibor bo‘ladi, butun boshli ta’lim-tarbiyani maktab
yoxud maxsus bolalar muassasasining zimmasiga yuklab qo`yadilar.
Amerikalik mashxur bolalar shifokori B.Spok o‘zining kuzatishlari natijasida ota-
onalarning imkoniyati cheklangan farzandiga nisbatan munosabat turlarini quyidagicha
ko‘rsatib o‘tgan.
1. Ota-onalar o‘z bolalarining “boshqacha”ligidan uyaladilar, farzandini ortiqcha
avaylaydilar. Buning natijasida bola o‘zini xavfsiz va xotirjam deb xisoblamaydi, odamovi,
ko‘nglidagini gapirmaydigan, o‘zidan qoniqmaydigan bo‘lib ulg‘ayadi.
2. Ota-onalar bolalarining nuqsoniga doimo o‘zlarini aybdor xisoblaydilar, ayrim
xollarda farzandini og‘ir xolatga olib keladigan, lekin unga aslo yеngillik tug‘dirmaydigan
turlicha, xattoki notog‘ri tarzdagi “davolash” yo‘llarini qo‘llashni talab qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |